Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


I bob. TOPOGRAFIK ANATOMIYANING UMUMIY



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

9
I bob. TOPOGRAFIK ANATOMIYANING UMUMIY
MASALALARI
ASOSIY ATAMALAR VA TUSHUNCHALAR
Inson tanasi (corpus humanis) - gavda (truncus) hamda unga bo‘yin (cervix)
orqali birikkan bosh (caput) va tana oxirlari – qo‘l-oyoqdan (membrum) tuzilgan.
Qo‘l (membrum superius) gavdaga yelka kamari (cingulum membri superioris)
orqali; oyoq (membrum inferius) esa gavdaga tos kamari (cingulum membri
inferioris) orqali birikadi.
Odam gavdasi, o‘z navbatida, ko‘krak (pectus), qorin (abdomen) va tos
(pelvis)dan iborat.
Tananing har bir bo‘limi amaliy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda hamda
anatomik tuzilishini hisobga olib yana bir qancha alohida sohalarga ajratib
o‘rganiladi.
S o h a (regio) deb, tananing bir-biridan tabiiy yoki sun’iy (ya’ni shartli)
ravishda o‘tkazilgan chiziqlar orqali chegaralangan muayyan bir bo‘lagiga aytila-
di. Tanani bunday sohalarga bo‘lib o‘rganish patologik jarayon (o‘choq) ning loka-
lizatsiyasini (ya’ni joylashgan o‘rnini) aniq ifodalab berish, tomir-nerv tutamlari
va ichki a’zolarning aks tasvirlarini aniqlash hamda shundan kelib chiqqan holda ular-
ga operativ ochib kirish yo‘llarini belgilash kabilarni ko‘zda tutadi.
“Topografik anatomiya” fani muayyan sohaning chegaralarini, qavatma-qavat
tuzilishini, shu sohada joylashgan ichki a’zolar, tomir-nerv tutamlari, kletchatka
bo‘shliqlarining topografiyasini o‘rganadi.
Biror sohaning chegaralarini o‘tkazish uchun tana sathida joylashgan
tabiiy tuzilmalar – tashqi mo‘ljallardan foydalaniladi.
T a sh q i m o‘ l j a l l a r deganda teri orqali bo‘rtib yoki, aksincha, botib,
ko‘zga ko‘rinib turadigan yoxud paypaslab aniqlanadigan doimiy (muqim) tuzil-
malar tushuniladi. Tashqi mo‘ljallar, asosan, suyaklarning qirralari, o‘siqlari,
do‘mboqlari, tepachalari, o‘yiqlari (masalan, umurtqalarning o‘tkir o‘siqlari, yon-
bosh suyagi qirrasi, to‘sh o‘yig‘i, qovurg‘a suyagi va h.k.), ayrim yaxshi rivojlan-
gan yuza muskullarning konturlari (yelkaning ikki va uch boshli muskullari,
ko‘krakning katta va qorinning to‘g‘ri muskullari kabi), muskul paylari (son to‘rt
boshli, yelka ikki boshli muskulining paylari, axill payi) dan iborat bo‘ladi.
Tashqi a’zolar (ko‘z, og‘iz yorig‘i, quloq chig‘anog‘i, tashqi burun, jinsiy
olat, sut bezi, orqa chiqaruv teshigi) va tuzilmalar (kindik, ko‘krak so‘rg‘ichlari,
chov va dumba burmalari), tomir “urish” nuqtalari (masalan, bilak arteriyasining
urishi, yurak cho‘qqisining tepkisi) ham tashqi mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
Tashqi mo‘ljallardan nafaqat soha chegaralarini aniqlashda, balki tomir va
nervlarning tana terisidagi aks-tasvir chiziqlarini o‘tkazishda, ichki a’zolarning
konturlarini (chegaralarini) aniqlashda, ularga operativ ochib kirish uchun kesish
chiziqlarini o‘tkazishda ham foydalaniladi.
Operatsiya paytida ayrim tuzilma va a’zolarni to‘g‘ri hamda tez topish uchun
ichki mo‘ljallardan foydalaniladi. I ch k i m o‘ l j a l l a r to‘qimalarni kesib
ochish jarayonida ko‘rinuvchi turli-tuman tuzilmalar bo‘lishi mumkin. Masalan,
tomir-nerv tutamlari va muskul oraliqlariga mos keluvchi bilak fassiyasida ko‘rinib


10
turuvchi oqimtir yo‘llar (Pirogov bo‘yicha) yoki botallo arteriya yo‘lini topishda
chap adashgan va diafragma nervlari ichki mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir sohaning tuzilishini qavatma-qavat o‘rganish topografik anatomiyani
o‘rganishning asosiy usullaridan biridir. Qo‘l-oyoqda to‘qimalarning suyakkacha
bo‘lgan qatlamlari, gavdaning boshqa bo‘limlarida esa biror bo‘shliqqacha (qorin,
ko‘krak bo‘shliqlari, kalla qutisi) bo‘lgan qoplovchi to‘qimalarning qatlamlari
o‘rganiladi.
Tananing barcha sohalarining qatlamli tuzilishi o‘xshash bo‘lib, yuzadan
chuqurga qarab quyidagi qavatlardan tuzilgan bo‘ladi:
- teri (cutis);
- teri osti kletchatkasi (tela subcutis) yoki teri osti yog‘ kletchatkasi (pan-
niculus adiposus);
- yuza fassiya ( fascia superficialis);
- chuqur (xususiy) fassiya (fascia propria);
- muskul-aponevroz qatlami hamda fassiyalararo kletchatka bo‘shliqlari;
- suyak usti pardasi (periosteum);
- suyak (os).
Tana bo‘shliqlari sohalarida bu qavatlardan keyin fibroz kletchatka qatlami
va seroz parda bo‘ladi.
Tana bo‘shlig‘idagi ichki a’zolarning topografiyasi uch xil parametr bilan
tavsiflanadi:
1) golotopiya - a’zoning tana va uning sohalariga nisbatan joylashuvi;
2) skeletotopiya - a’zoning skelet suyaklariga nisbatan tutgan o‘rni;
3) sintopiya - a’zoning tevarak-atrofdagi qo‘shni a’zo va tuzilmalarga nis-
batan joylashuvi. Masalan, taloq golotopik jihatdan chap qovurg‘a osti sohasida,
qorin bo‘shlig‘ining yuqori qavatida, skeletotopik jihatdan chap IX-XI qovurg‘alar
ro‘parasida; sintopik jihatdan: tashqi tomondan diafragmaga, ichkari va oldindan
– oshqozonga, ichkari va orqa tomondan – chap buyrak va buyrak usti beziga,
ichkari va pastdan – oshqozon osti beziga yondosh joylashadi.
Ichki a’zoning shakli va joylashuvi (tikka yoki gorizontalga yaqin) turli
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin; bu ko‘p jihatdan, qomatning tuzilishiga (habitus)
bog‘liq bo‘ladi.
V.N.Shevkunenko gavdaning nisbiy uzunligiga qarab, qomatning uzun va
ingichka – dolixomorf, kalta va keng – braximorf hamda o‘rtacha – mezomorf
shakllarini ajratadi. Qomatning shakli quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
gavda balandligi* x 100
bo‘y uzunligi
* Gavdaning balandligini topish uchun to‘sh suyagining bo‘yinturuq o‘yig‘ini
qov simfizining yuqori qirg‘og‘i bilan tutashtiruvchi masofani o‘lchash lozim
Braximorf qomatning belgilari: o‘rta yoki past bo‘ylilik, kalta va yo‘g‘on
bo‘yin, keng ko‘krak qafasi, katta epigastral burchak, nisbatan uzun gavda (31,5
dan katta), kalta oyoqlar bo‘lib, bunday kishilar uchun diafragmaning yuqori turi-
shi, yurak-ning ko‘ndalang joylashishi, oshqozonning yuqori va qiyshiq joylashi-
shi, jigardagi qorinpardadan tashqari maydonning keng bo‘lishi, ko‘r ichakning


11
yuqori turishi xos bo‘ladi. M.V.Chernorutskiy tasnifi bo‘yicha braximorf qomat
giperstenik konstitutsiyaga to‘g‘ri keladi (1-2b-rasm).
Dolixomorf qomatning belgilari: baland bo‘ylilik, uzun bo‘yin, tor ko‘krak
qafasi, kichik epigastral burchak, uzun oyoqlar, gavdaning nisbatan katta o‘lchamli
(28,5 dan kam) bo‘lib, bunday kishilar uchun diafragmaning pastroq joylashishi,
jigardagi qorinpardadan tashqari maydonning tor bo‘lishi, ko‘r ichakning pastda
turishi xos bo‘ladi. Dolixomorf qomat astenik konstitutsiyaga mos keladi (1-2a-
rasm).

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish