22
nn.
cutaneus brachii yotadi. Xususiy fassiya
(fascia axillaris), markazda g‘ovak
bo‘lib, oldinda – ko‘krak fassiyasiga, orqada – ko‘krak-bel fassiyasiga (
fascia
thoracolumbalis), medial tomonda – oldingi tishli muskulning fassiyasiga davom
etadi. Xususiy fassiyaning ostida yog‘ kletchatkasi va qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ini
hosil qiluvchi muskullar joylashadi. Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘i kesik to‘rt qirrali pira-
mida shaklida bo‘lib, uning pastga va tashqariga qaragan asosi xususiy fastsiya
bilan qoplangan. Konusning uchi esa yuqori va ichkariga qaragan bo‘lib,
o‘mrovning o‘rtasi, I qovurg‘a va o‘mrov
osti muskuli (m.
subclavius) bilan che-
garalanadi.
Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ining oldingi devorini
fascia clavipectoralis,
ko‘krakning katta va kichik muskullari; orqa devorini – kurak osti va katta yumaloq
muskullar hamda orqaning serbar muskuli; lateral devorini – yelka suyagining
ichki yuzasi va uni qoplovchi
tumshuqsimon-yelka muskuli (m.
corasobrachialis)
hamda yelka ikki boshli muskulining kalta boshchasi
(caput brevis m.
bicipitis
brachii); medial devorini – oldingi tishli muskul bilan qoplangan ko‘krak devori
hosil qiladi (10-rasm).
Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ining oldingi devorida uchburchak shaklidagi 3 ta bo‘lim
farq qilinadi:
1) o‘mrov-ko‘krak uchburchagi
(trigonum clavipectorale) – o‘mrov suyagi-
ning pastki qirg‘og‘idan kichik ko‘krak muskulining yuqorigi qirg‘og‘igacha
bo‘lgan joyni egallaydi; uchburchakning asosi to‘sh tomonga qaragan.
Bu uch-
burchak o‘mrov osti sohasiga tegishli;
2) ko‘krak uchburchagi
(trigonum pectorale) - kichik ko‘krak muskulining
turgan o‘rniga (ya’ni uning yuqorigi qirg‘og‘idan pastki qirg‘og‘igacha) to‘g‘ri keladi;
3) ko‘krak osti uchburchagi
(trigonum subpectorale) - kichik ko‘krak
muskulining pastki qirg‘og‘idan katta ko‘krak muskulining pastki qirg‘og‘igacha
davom etadi; uchburchakning asosi tashqariga qaragan.
Ma’lumki, qo‘ltiq arteriyasi
(a.
axillaris) o‘mrov
osti arteriyasining bevosita
davomi bo‘lib, yelka arteriyasiga davom etadi. Uning davomiyligi o‘mrov suyagi-
ning pastki qirg‘og‘i (yuqorida) yoki I qovurg‘aning tashqi qirg‘og‘i (pastda)
10-rasm. Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘i
(yelka suyagi boshchasi orqali
o‘tkazilgan ko‘ndalang kesim).
1-qirra osti fassiyasi; 2-kurak
osti muskuli; 3-kurak suyagi;
4-qirra osti muskuli;
5-deltasimon muskul;
6-yelka suyagining boshchasi;
7-yeltasimon
fastsiya; 8-yelka
ikki boshli muskulining payi;
9-tumshuqsimon-yelka muskuli;
10-bosh vena; 11-qo‘ltiq osti
arteriyasi va venasi; 12-katta ko‘krak
muskuli va ko‘krak fastsiyasi; 13-yelka chigali
tutamlari; 14-qo‘ltiq osti bo‘shlig‘i kletchatkasi; 15-oldingi
tishli muskul;
16-ikkinchi qovurg‘a.
23
sathidan, katta ko‘krak muskulining (oldinda) yoki orqaning serbar muskuli (orqa-
da) pastki qirg‘oqlari sathigacha deb qabul qilingan.
Qo‘ltiq arteriyasining topografiyasini yuqorida keltirilgan 3 ta bo‘limda
o‘rganish maqsadga muvofiqdir (11-rasm).
1-bo‘limda qo‘ltiq arteriyasining oldida
Do'stlaringiz bilan baham: