1-mavzu:Asalari tanasining ichki tuzilishi mavzusidagi laboratoriya ishining (2 soat)
P A S P O R T I
Asalari bosh qismining tuzilishi
Asalarining boshi xitin moddadan iborat bo‘lib, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan uchburchak shaklda (ishchi asalarida) bo‘ladi. Tanasi gorizontal holatda bo‘lganda, uchburchakning tubi yuqoriga qaragan bo‘lib, uch tomoni pastga qaraydi. Boshining ikki yon tomonida murakkab yoki fasetkali ko‘zlari joylashgan. Boshining ustki qismida uchburchak shakldagi uchta oddiy ko‘zi, old qismida mo‘ylovlari bor.
Ensa. Asalari boshining orqa tomonida teshigi joylashgan bo‘lib, u orqali ko‘krak qismidan boshga qizilo‘ngach, asab zanjirining iplari, traxeya naychalari, aorta o‘tadi. Ensa teshigidan pastroqqa chuqurcha bo‘lib, unda xartumi joylashgan. Boshining pastki qismida, xartumining oldida ikkita yuqorigi jag‘ va yakka ustki lab birikkan. Asalari boshida sezgi organlari hisoblangan, ko‘rish, hid bilish, sezish organlari va og‘iz apparati joylashgan. Boshining ichki qismida yuqori darajada tuzilgan barcha hayvonlarga xos bo‘lgan eng muhim qismi – bosh miya yoki halqum usti gangliysi joylashgan. U asalarilarning butun xatti - harakatini tartibga solib turuvchi asosiy markazdir.
Asalarining boshi juda pishiq xitin qoplamdan iborat, uning ichida joylashgan organlarni, avvalo, markaziy asab sistemasining asosiy qismini himoya qilishdan iborat. Bundan tashqari, boshqa vazifalarni ham bajaradi, masalan: ishchi asalari o‘z iniga qo‘yilgan gulchangini boshi bilan shibbalab qo‘yadi. Boshining mexanik mustahkamligini faqat ustki xitin qoplam emas, balki ichki devorlaridagi xitin o‘simtalaridan hosil bo‘lgan sklet ham ta’minlaydi. Bu o‘simtalar butsimon shaklda, boshining oldingi va orqa qismlarini birlashtiradi. Erkak va ona asalarilarning boshi, ishchi asalari boshidan biroz farq qiladi. Ona asalarining boshi biroz kattaroq va enli bo‘lib, ustki yuzasi yumaloq ; uning oddiy ko‘zlari boshining o‘rta chizig‘idan ikki tomonga surilgan va bir-biriga juda yaqin bo‘lib, peshonada joylashgan.
Erkak asalarining boshi sharsimon, bu murakkab taraqqiy etgan ko‘zlari nihoyatda rivojlanganligiga bog‘liq. Oddiy ko‘zlari esa peshonasining yuqorisida bo‘ladi.
Bosh qismi mustahkam, pishiq kalla qutisi yoki bosh qalpog‘idan tashkil topgan, u boshning tashqi skletini hosil qiladi. Unda og‘iz organlari, bir juftdan mo‘ylov, va murakkab yoki fasetkali ko‘z va uchta oddiy ko‘z yoki ko‘zchalar o‘rnashgan (3 rasm).
3-rasm. Asalarining bosh qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |