Respublika Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan 2017 yil 10 yanvarda qabul qilingan ‘’Shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi’’ sanitariya qoida va miyorlari SanQvaM 0342-17-sonli tibbiyot xodimlari, shu jumladan, hamshiralar uchun muhim qo’llanmadir. Shifoxona ichi infeksiyasi profilaktik chora tadbirlari qanday tashkil etiladi Avvalo, bemorlarni yotqizishda amaldagi meyoriy hujjatga muvofiq palatalar maydoni hisobga olishi lozim. Bemor shifoxonaga yotganda o’zi bilan shaxsiy gigiyena buyumlarini olishga hamda o’zining kiyimlarida ruhsat etiladi. Bo’limning ko’rinarli joylari [koridor, daxliz] da bemorlarga shprits va sistemalarni bemor oldida ochilishini eslatib turuvchi yozuvlar bo’lishi kerak. Bemorlarning oziq-ovqat mahsulotlari bo’limda alohida ajiratilgan, ya’ni sut va sut mahsulotlari uchun hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo’ljallangan sovutgichlarda Tovar qo’shnichiligi saqlash qoidalariga amal qilgan holda saqlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari birga saqlaanishi taqiqlanadi. Bolalar bo’limlaridagi barcha palatalar bolalarni oqar suvda orqa peshob va chov sohalarini yuvib turish uchun mahsus bannalar bilan taminlanishi kerak. Markazlashgan vodoprovod tarmog’I bo’lmagan joylarda bolalar ko’zalarga suv quyilib tog’orada yuvintiriladi yoki umivalnikdan foydalaniladi. Bemor uchun qo’yilgan tuvaklar va sudnalar alohida ajiratilgan tuvaklar saqlash xonasida yoki xojatxonada ajiratilgan holda saqlanadi. Foydalanilgan tibbiy asbob-anjomlar o’z vaqtida zararsizlantirilishi kerak Doka niqoblar foydalanib bo’lingandan so’ng, quruq idishga yig’iladi, so’ngra, mahsus ajiratilgan holda hujalik sovunni bilan yuvilib, quritiladi va dazmollanadi. Niqoblarni yuvish xo’jalik bekasi zimmasiga yuklanadi. Bir martalik niqoblar 4 soat foydalanilgandan so’ng o’tilizatsiya qilinadi. Termometrdan foydalangandan so’ng sovunli suvda yuvilib, quruq holatda saqlanadi. Bir marta foydalanilgan shpatillar amvjud bo’lmaganda, ko’p martralik shpatel va boshqa tibbiy anjomlar 0,5 foizli tarkibida xlor saqlovchi dezinfiksiya vositasida 10 daqiqa davomida yoki boshqa turdagi dezinfektatda yo’riqnomasiga muvofiq zarsizlantiriladi va toza suvda chayiladi va stirelizatsiya qilish uchun markaziy stirelizatsiya bo’limiga topshiriladi. O’rta tibbiyot xodimi tomonidan ishlatilgantigan tibbiy asbob-anjomlarni dezinfeksiya ishlari ushbu sanitariya qoida miyorlarining 1-ilovasi asosida rezina qo’lqopdan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak. Davolash bo’limlarida ishlatilgan tibbiy asbob-anjomlar stirilizatsiya oldi tozalash ishlari olib borish man etiladi. Bemorlar tomonidan ishlatilgan choyshab to’plamlarini yig’ish 0342-17-sonli sanitariya qoida va miyorlarining 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bo’limlarda ishlatilgan choyshab to’plamlarining saralanishiga ruhsat etilmaydi. Bo’lim bemorlarining shaxsiy gigiyeniaga rioya qilishi uchun yetarli miqdorda suv bilan taminlanishi lozim. Palatalar, koridorlar va xojatxonalarni joriy, mukammal tozalovlari ushbu sanitariya qoida miyorlariga muvofiq o’tgaziladi.