Muolaja xonasiga qo’yiladigan talablar.
Muolaja xonasi turli diaginostik va davolash muolajalarini bajaradigan xona xisoblanadi. Muolaja xonasi xizmat ko’rsatish turidan qat’iy nazar barcha zarur bo’lgan jihozlar, mebellar va tibbiy buyumlar bilan to’liq taminlangan bo’lishi kerak. Muolaja xonasida o’zi yurishga ruhsat etilgan bemorlarga, yarim yotish va oiddiy rejim joriy etilgan bemorlarga barcha turdagi ineksiyalar, shu jumladan, vena ichiga, mushak orasiga, teri ostiga qilinishi kerak bo’lgan muolajalar olib boriladi.
Xar kuni ish boshlanishidan oldin xamshira tomonidan muolaja xonasi tayorlanish kerak. Barcha tayorgarlik ishlari hamshira tomonidan ish kuni boshlanishida shprits va rezina qo’lqoplarni dezinfeksiya qilish uchun dezinfeksiya vositalari ishchi eritmalari tayorlanadi. Bundan tashqari, muolajalarda ishlatish uchun paxtalik shariklarni qo’lqoplar tayor qilib olishdan boshlanadi.
Barcha turdagi muolajalar maxsus kiyim boshlarda olib boriladi. Muolajalarda faqat bir martalik shprits va sistemalardan foydalaniladi. Shifoxona ichi infeksiyasi profilaktikasida qo’l yuvish asosiy tadbirlardan biri ekanligini hisobga olgan holda har bir muolajadan olin va muolajadan ketin hamshira qo’l yuvish qoidasi va gigiyenasiga rioya etishi kerak!
Bemorlarga ineksiya qilishdan oldin bir martalik shprits va sistemalar ularning ko’z oldida ochib so’ngra foydalaniladi. Tomir ichiga,mushak orasiga va teri ostiga qilinadigan muolajalarda toza tibbiy paxtadan foydalaniladi. Ineksiya qilinadigan maydon ;(tomir ichiga, mushak orasiga va teri ostiga) ineksiya qilinadigan yoki qon namunalari olinadiga teri qoplami joylari bo’lib, ishlov berish tarkibida spirt bo’lgan anteseptik bilan teri qoplamini zararsizlantirish ko’zda tutadi.
Ampula yoki flakon ochilgandan so’ng zudlik bilan foydalanish zarur
Ko’p marta foydalaniladigan flakonlar rezina qopqoqlariga igna sanchishdan avval qopqoqlarini 70%li spirt eritma bilan zararsizlantiriladi. Infuziyon eritmali flakonlardan foydalanishdan avval loyiqa hosil bo’lmaganligini, ichiga turli yot jismlar tushib qolmagani, flakon yorilib ketmaganligi hamda foydalanish muddati o’tib ketmaganligi ko’zdan kechiriladi. Steril dori vositalari shakllari bir marta foydalanishni hisobini olgan holda kichik xajmlarda tayyorlanishi lozim. Ampula yoki flakon ochilganidan so’ng zudlik bilan foydalanish zarur bo’ladi. Ochilgan ampulalardan qayta foydalanish taqiqlanadi. Flakonda qolgan dori vositalaridan faqat o’sha bemor bemorning o’ziga qayta foydalaniladi.
Ko’p dozali flakonlarda ishlab chiqiladigan (insulin, gensulin, geparin, aktrapid) dori vositalari faqat bir martalik shpritslarda flakondan kerakli dozalarda olinib foydalanishga ruhsat etiladi. Antibiotiklar qo’llanilganda yo’riqnomasi asosida foydalaniladi. Qon va qon preparatlari yoki boshqa biologik suyuqliklar tashqi yuzalariga tushib qolganda tarkibida 00,6%li xlor saqlovchi preparatlar 10 daqiqa quyib quyiladi yoki boshqa turdagi dezinfektantlardan yo’riqnomasi asosida foydalanib zararsizlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |