Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

monalis) orqa yuzasi bilan; orqa tomonda – o‘ng o‘pka arteriyasi (a.pulmonalis
dexter) va perikardning orqa devori bilan; pastki tomonda yurakning chap qorin-
chasi va bo‘lmachalari orasidagi tarnovsimon chuqurcha bilan chegaralangan.
3. Qiyshiq sinus (sinus obliuus pericardii); yurakning orqasida joylashgan
bo‘lib, u – oldingi tomonda chap bo‘lmachaning epikard bilan qoplangan orqa
yuzasi bilan, orqa tomonda perikardning orqa devri bilan, chapda – o‘pka ve-
nalari, vv.pulmonalesning perikard bilan qoplangan oxirlari bilan; o‘ngda epikard
bilan qoplangan pastki kavak vena (v.cava inferior) bilan chegaralangan. Qiyshiq
sinusga kiraverish qismi yurak cho‘qqisini oldiga va yuqoriga ko‘targanda ko‘rinadi
va uning o‘lchamlari 4,5-5 sm atrofida bo‘ladi.
Ushbu sinuslardan tashqari, perikard bo‘shlig‘ida, epikarddan pariyetal
perikardga o‘tish burmalari bo‘ylab kichikroq yoriqsimon cho‘ntaklar bor. Ular-
ga oldingi arterial cho‘ntak (recessus arteriosus anterior), aorta orqasidagi
cho‘ntak, recessus postaorticus, yuqori kavak vena cho‘ntagi (recessus v.cava
inferiores), o‘pka tomirlarining chap cho‘ntagi (recessus vasae pulmonales) va
chap bo‘lmacha cho‘ntagi, recessus atrii sinistra kabi doimiy va yana bir nechta
doimiy bo‘lmagan cho‘ntaklar kiradi.
Perikardning yon qismlari bilan mediastinal plevralar oralig‘ida, o‘pka ildi-
zlaridan oldinda diafragma tomonga tushuvchi diafragma nervlari hamda ular
bilan birga perikard-diafragma arteriyasi va venalari joylashgan (137-rasm).
Perikardning oldingi (to‘sh-qovurg‘a) qismi o‘ng va chap plevraning oldin-
gi chegaralari bir-biridan uzoqlashgan joyda uchburchak shaklidagi maydoncha
(Voynich-Syanojenskiy xavfsizlik uchburchagi) hosil qiladi (121-rasm). Perikard-
ning shu maydonchaga mos keluvchi qismi plevra bilan qoplanmagan bo‘lib, to‘sh
orti – fascia retrosternalis va ko‘krak ichi ( fascia endothoracica) fassiyalari hamda
bu fassiyalar orasidagi to‘sh orti kletchatkasi bilan qoplangan; u to‘sh suyagining
ichki yuzasiga va chapdagi V-VII qovurg‘a tog‘aylarining ichki tomonlariga taqalib
joylashadi. Perikardning ana shu qismi ko‘krak jarrohligida katta ahamiyatga ega
bo‘lib, plevra bo‘shlig‘ini ochmasdan turib perikard bo‘shlig‘iga ochib kirishga
yoki uni punktsiya qilishga imkon beradi. Perikardning orqa devori qizilo‘ngachga,
undan chaproqda ko‘krak aortasi (aorta thoracica) ga tegib turadi. Ularni bir-
biridan kletchatka qatlami ajratib turadi.
Perikardning pastki devori deyarli butunlay diafragmaning pay markazini
qoplaydi. Perikard xaltasi pastki devorining chetlari diafragmaga zich birikkan, bi-
roq uning o‘rta qismi diafragma bilan zaif bog‘langan bo‘lib, ular bir-biridan g‘ovak
kletchatka yordamida ajralib turadi. Ko‘ks oralig‘ining orqa bo‘limidagi a’zolarga
transdiafragmal (qorin bo‘shlig‘i tomonidan diafragma orqali) ochib kirishda xuddi
shu kletchatkaga shpris yordamida novokain eritmasini yuborib, perikardni diafrag-
madan deyarli butunlay, osonlik bilan ajratib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu
kletchatkada perikard pastki devorining limfa tomirlari to‘ri joylashgan bo‘lib, bu
to‘r diafragma, plevra va qorinpardaning limfa tomirlari bilan anastomozlashadi,
shuningdek, tomirlarning bir qismi diafragma orqali jigar, o‘t pufagi, oshqozon osti
bezi hamda oshqozonning kichik egriligiga boradi. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘ks
oralig‘idagi o‘smalarning qorin bo‘shlig‘iga metastaz berishiga sabab bo‘lishi
mumkin.


200
Perikarddan ko‘krak ichi fassiyasiga perikardoldi kletchatkasi bo‘ylab yu-
qori va pastki to‘sh-perikard boylamlari (ligg.sternopericardiaci) boradi. Perikard-
oldi kletchatkasida perikardoldi limfa tugunlari va ko‘ks oralig‘i oldingi qismin-
ing limfa tugunlari joylashadi.
Perikardni, asosan, ko‘krak ichi arteriyasi hamda ko‘krak aortasining shox-
lari qon bilan ta’minlaydi. Ularga perikard-diafragma, ko‘ks oralig‘i, bronxial,
qizilo‘ngach, qovurg‘a oralig‘i hamda ayrisimon bez arteriyalari kiradi. Vena
tomirlari to‘r hosil qiladi va perikard-diafragma, bronxial, mediastinal, qovurg‘a
oralig‘i, yuqori diafragmal hamda ayrisimon bez venalari bo‘ylab oqib ketadi.
Perikardni adashgan va simpatik nervlar hisobiga hosil bo‘lgan yuza va chu-
qur ekstrakardial, aorta, qizilo‘ngach, oldingi va orqa o‘pka chigallari hamda chap
qaytuvchi hiqildoq va qovurg‘a oralig‘i nervlari innervatsiyalaydi.
Limfa oldingi ko‘ks oralig‘ining yuqorigi va pastki, qizilo‘ngach atrofidagi,
o‘pka ildizidagi hamda bifurkatsiya limfa tugunlariga oqadi.
Yurak
Yurak (cor) noto‘g‘ri konus shakliga ega bo‘lib, uning quyidagi qismlari:
yuqoriga va birmuncha orqaga yo‘nalgan asosi (basis) hamda oldinga, pastga va
chapga yo‘nalgan cho‘qqisi (apex) farq qilinadi. Yurakning asos qismida uning
negizini (ildizini) tashkil etuvchi yirik qon tomirlar joylashgan.
Yurak 2 ta: chap va o‘ng tomonlarga ega.
Yurakning 3 ta yuzasi bor: 1) old (to‘sh-qovurg‘a) yuzasi (facies sternocos-

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish