Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Ko‘krak limfa yo‘li
Qo‘krak limfa yo‘li (ductus thoracicus) uzunligi 30-35 sm, diametri 2-4 mm li
naycha bo‘lib, qorinparda orti bo‘shlig‘ida, belning o‘ng va chap limfa poyalari (trun-
ci lumbales dexter et sinister) ning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Ichak o‘zani (truncus
intestinalis) 3-4 ta tarmoqlardan iborat bo‘lib, ko‘pincha chap yoki o‘ng bel limfa
poyasiga quyiladi. Ko‘krak limfa yo‘lining hosil bo‘lish joyi har xil odamlarda turli-
cha bo‘lib, II bel umurtqasidan XI ko‘krak umurtqasigacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib
turadi. Ko‘krak limfa yo‘lining boshlanish qismida ko‘pincha kengaygan joyi – sutsi-
mon limfa qopchasi (cisterna chyli) bo‘ladi. Ko‘krak limfa yo‘li ko‘ks oralig‘ining
orqa qismiga diafragmaning aorta teshigi orqali kirib, uning pastki qismida, IV ko‘krak
umurtqasigacha o‘rta chiziqdan o‘ng tomonda, ko‘krak aortasining orqasida, uning
o‘ng tomonida yotadi. Keyin chap tomonga siljiy boradi va aortaning orqasidan chi-
qib, uning o‘ng devori bo‘ylab yuqori tomonga yo‘naladi va o‘z yo‘lida o‘ng
qovurg‘alararo arteriyalarga nisbatan old tomonda yotadi (133-rasm).
Ko‘krak limfa yo‘lining ko‘ks oralig‘idan o‘tuvchi bo‘limini ikki qismga
ajratish mumkin (D.A.Jdanov): 1) pastki – toq vena va aorta orasida joylashgan
qismi; 2) yuqorigi – aortadan yuqorida joylashgan qismi.
Ko‘krak limfa yo‘li yuqoriga ko‘tarilib, chapga buriladi va IV ko‘krak
umurtqasi ro‘parasida aorta ravog‘i va qizilo‘ngachning orqasida yotadi; III ko‘krak
umurtqasi sathida esa aorta ravog‘ining tepasida, o‘rta chiziqqa nisbatan chaproqda
joylashadi. Ko‘krak limfa yo‘lining aortadan yuqorida joylashgan qismining to-
pografiyasi quyidagicha: uning old tomonida chap sayyor nerv va chap umumiy
uyqu arteriyasi, orqasida – bo‘yinning uzun muskuli ( m.longus colli), medial
tomonida – qizilo‘ngach va chap qaytuvchi nerv, lateral tomonida – chap plevra
va chap o‘mrov osti arteriyasi joylashadi (103-rasm).
Ko‘krak limfa yo‘li sistemasida ko‘pgina uzun va qisqa kollateral yo‘llar


222
bor. Ular ko‘krak limfa yo‘lini va tananing o‘ng va chap tomonlaridagi yirik limfa
kollektorlarini bir-birlari bilan bog‘laydi. Ko‘krak limfa yo‘li bilan ko‘krak
bo‘shlig‘i va unga chegaradosh bo‘lgan sohalarning limfa sistemalari orasidagi
bunday o‘zaro bog‘liqlik ko‘krak limfa yo‘lini bog‘lab qo‘yishda, sil kasalining
va xavfli o‘sma xujayralarining tarqalishida yetakchi rol o‘ynaydi.
Ko‘ks oralig‘idagi limfa tugunlari oldingi va orqa guruhlarga bo‘linadi (154-rasm).
1. Ko‘ks oralig‘i oldingi qismining limfa tugunlari ( lnn.mediatinalis ante-
riores) o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:
a) yuqorigi limfa tugunlari – ko‘ks oralig‘idan yirik tomirlarning old to-
monida joylashadi;
b) pastki limfa tugunlari – diafragma va perikard atrofida joylashgan.
2. Ko‘ks oralig‘i orqa qismining limfa tugunlari (lnn.mediastinalis posteri-
ores) traxeya va yirik bronxlar yaqinida joylashadi va quyidagilarga bo‘linadi:
a) traxeya atrofidagi (paratraxeal yoki traxeobronxial) limfa tugunlar – trax-
eya ko‘krak bo‘limining yon tomonlari bo‘ylab joylashadi;
b) bifurkatsiya limfa tugunlari – traxeyadan pastda, asosiy bronxlar oralig‘ida yotadi;
v) parabronxial limfa tugunlari – asosiy bronxlarning yon tomonlari bo‘ylab yotadi;
g) o‘pka ildizi sohasida yotuvchi o‘pka-bronx limfa tugunlari.
Ko‘ks oralig‘i limfa tugunlarining barchasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan.
Ulardan limfani olib ketuvchi tomirlar qisman ko‘krak yo‘liga, qisman – o‘ng
bo‘yinturuq va o‘mrov osti limfa yo‘llariga quyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish