Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

 Traxeya va bosh bronxlar
Traxeya (kekirdak) ko‘krak bo‘limining uzunligi 6-8 sm bo‘lib, tananing
o‘rta chizig‘i bo‘ylab to‘sh suyagining bo‘yinturuq o‘yig‘i (orqada Sh ko‘krak
umurtqasining tepasiga to‘g‘ri keladi) sathida boshlanib, IV yoki V ko‘krak
umurtqasi ro‘parasidagi o‘zining o‘ng va chap asosiy bronxlariga bo‘linish joyi-
gacha boradi. Traxeyaning bu qismi bo‘yindagi kabi kletchatka bilan o‘ralgan, bu
esa uning yon tomonlarga ko‘zg‘alishini ta’minlaydi. Traxeyaga orqa tomondan
qizilo‘ngach yopishib turadi, old tomondan qaralsa, traxeyaning orqasidan
qizilo‘ngachning chap yoni bir oz chiqib turganini ko‘rish mumkin. O‘ng tomon-
da traxeyadan kletchatka qatlami orqali chegaralangan plevraning o‘ng mediasti-
nal varag‘i joylashgan. O‘ng bronxning joyida uning orqa devorining yuqori qismi
bo‘ylab toq vena o‘tadi va yuqori kavak venaga quyiladi.
Traxeyaning o‘ng yuzasi bo‘ylab, traxeya atrofidagi kletchatkada o‘ng sayyor
nerv joylashgan. Traxeyaga oldingi tomondan aorta ravog‘i va chap yelka-bosh
venasi, undan ichkariroqda — yelka-bosh arteriya o‘zani taqalib turadi (138-rasm).
Yuqori kavak vena traxeyaning pastki qismidan hamda uning bifurkatsi-
yasidan bir oz oldinroqda va o‘ngroqda joylashgan.
Traxeyadan chapda plevraning chap mediastinal varag‘i bilan qoplangan aorta
ravog‘i, chap umumiy uyqu arteriyasi (acarotis communis sinister) hamda chap
o‘mrov osti arteriyasi (asubclavia sinistra) joylashgan.
145-rasm. Botallo yo‘li turlari.


212
Chap qaytuvchi xiqildoq nervi (nlaryngeus recurrens sinister), traxeya va
qizilo‘ngachning chap tomonlari orasidagi egatda yotadi.
Asosiy bronxlar (bronchii principales) traxeyaning bo‘linish qismidan
boshlanib, turlicha burchak ostida o‘pkalarning darvozalari tomonga yo‘naladi.
O‘ng asosiy bronx, bronchus principalis dexter diametriga ko‘ra chap bronxdan
kattaroq bo‘lib, uzunligi 2-3 sm cha keladi. U o‘ng tomonga biroz qiyalab pastga
tushadi va deyarli traxeyaning yo‘nalishini davom ettiradi. Shu sababli ham traxeya-
ga tashqaridan tushgan yot jismlar deyarli 70 foiz hollarda o‘ng bronxga tushadi.
Chap asosiy bronx (bronchus principalis sinister) o‘ng bronxga nisbatan
ingichkaroq hamda uzunroq bo‘lib, uzunligi 4,5-6 sm cha keladi. U o‘tmas bur-
chak ostida chap tomonga yo‘naladi.
Ikkala bronxning orqa yuzalariga qizilo‘ngach taqalib turadi, chap bronxga
yana — tushuvchi aorta, o‘pka darvozalari yaqinida esa o‘pkalarning orqa tomon-
lari tegib turadi. Chap bronxning orqasida chap sayyor nerv o‘tadi va
qizilo‘ngachning oldingi yuzasiga yo‘naladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish