Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

QORINNING OLD-YON DEVORI
Qorinning old-yon va orqa (bel) devorlari orasidagi
chegara shartli bo‘lib, XI qovurg‘a oxirini yonbosh suya-
gining qirrasi bilan tutashtiruvchi vertikal chiziq (Lesgaft
chizig‘i) o‘tkazib yoki o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘ini pastga
davom ettirib aniqlanadi.
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: qovurg‘a ravog‘i (uni
VII, VIII, IX va X qovurg‘alarning tog‘aylari hosil qila-
di), xanjarsimon o‘siq, ikkala qovurg‘a ravog‘ining xan-
jarsimon o‘siq yonida to‘sh suyagiga birikishi natijasida
hosil bo‘lgan to‘sh osti burchagi (angulus infrasterna-
lis), X qovurg‘alarning eng pastki nuqtalarini xanjarsi-
mon o‘siqning asosi bilan tutashtiruvchi ikkita chiziq
orasidagi burchak – epigastral burchak (157-rasm), yon-
bosh suya-ining qirrasi va oldingi ustki o‘tkir o‘sig‘i,
qov do‘mbog‘i va simfizi, chov burmasi (ozg‘in odam-
larda chov boylamiga to‘g‘ri keladi, semiz odamda chov
burmasi chov boylamiga nisbatan pastga siljigan bo‘ladi),
ozg‘in erkaklarda va sportchilarda qorin to‘g‘ri muskulin-
ing relyefi, shu muskulning ichki qirg‘oqlari bo‘ylab
uzunasiga joylashgan va qorinning oq chizig‘iga mos
keluvchi bo‘ylama egat, shu egatning, ya’ni xanjarsimon o‘siq bilan qov simfizi
orasidagi masofaning o‘rtasida kindik joylashgan.
Qorinning old-yon devori qorindagi turli
kasalliklarni aniqlashda, tashxis qo‘yishda kat-
ta ahamiyat kasb etadi, chunki uning orqasida
ko‘p sonli ichki a’zolar joylashgan. Shu bilan
birga, devor faqat yumshoq to‘qimalardan
tashkil topgan bo‘lib, undagi tashqi mo‘ljallar
yetarli darajada ko‘p emas. Bundan tashqari,
qorinning ichki a’zolarining tutgan o‘rni mu-
qim emas va ko‘p jihatdan qomatning tuzil-
ishiga, yoshga, a’zolarni o‘rab turuvchi yog‘
kletchatkasining ko‘p-ozligiga, ichki
157-rasm. Qorinning old-yon devoridagi
tashqi mo‘ljallar.
A–A
1

d i s t
.
c o s t a r u m
; B–B
1

d i s t
.
spinarum
; B–V–chov boylami uzunligi;
V–V
1
–qov kengligi; G–D–qorin devorining
balandligi; G–E–epigastral balandlik; J–
D–gipogastral balandlik;
Z–D–gavdaning balandligi; alfa–to‘sh osti
burchagi; beta–epigastral burchak;
gamma–chov boylamining qiyalik
burchagi.


228
a’zolarning funksional holatiga
(masalan, oshqozonning yoki siy-
dik qopining to‘la yoki
bo‘shligiga), ichak tutqichlari va
boylamlarining uzun-qisqaligiga
bog‘liq. Shu boisdan, muayyan a’zoning aniq va o‘zgarmas topografiyasini tas-
virlash mushkul. Shunga qaramasdan, amaliyotda biror a’zoning konturlarini ifo-
dalash, og‘riqning lokalizatsiyasini yoki o‘smalarning chegaralarini aniqlash, jaro-
hatning o‘rnini tasvirlash va h.k. zaruriyati tug‘iladi. Bularning hammasi qorin-
ning old-yon devorini shartli ravishda o‘tkaziladigan chiziq bilan ayrim sohalarga
bo‘lish, ularni nomlash va shuningdek, ichki a’zolarning shu sohalardagi aks-tas-
virini berishni taqozo etadi. Shu maqsadda qorin devorida 2 ta ko‘ndalang va 2 ta
bo‘ylama chiziqlar o‘tkaziladi. Yuqorigi ko‘ndalang chiziq X qovurg‘alarning eng
pastki nuqtalarini tutashtirib o‘tkaziladi (orqada III bel umurtqasi tanasining yu-
qorisiga to‘g‘ri keladi) va linea bicostarum deb ataladi. Pastki ko‘ndalang chiziq
- linea bispinalis tos suyagining oldingi-ustki qirralarini tutashtiradi (orqada II
dumg‘aza umurtqasining yuqorisiga to‘g‘ri keladi). Natijada qorinning old-yon
devori ustma-ust joylashgan 3 ta sohaga: yuqorigi – qorinning ustki sohasi (epi-
gastrium), o‘rtadagi – qorin o‘rta sohasi (mesogastrium) va pastdagi – qorinning
pastki sohasi, hypogastrium-ga bo‘linadi. Ushbu uchala sohaning har biri qov
do‘mbog‘idan qorin to‘g‘ri muskulining tashqi qirg‘og‘i bo‘ylab qovurg‘a yoyiga
o‘tkazilgan o‘ng va chap bo‘ylama chiziqlar orqali yana 3 tadan sohalarga ajrati-
ladi: yonbosh qismida juft sohalar – o‘ng va chap qovurg‘a osti (regio hypochon-
drica dextra et sinistra), yon (regio abdominalis lateralis dexter et sinister) ham-
da yonbosh-chov sohalari (regio ilioinguinalis dexter et sinister), ularning orasi-
da esa toq – xususiy epigastral - regio epigastrica propria, kindik - regio umbili-
calis, hamda qov - regio suprapubica sohalari o‘rin oladi (158-rasm).
158-rasm. Qorin oldingi-
yon devorining
sohalarga bo‘linishi.
I - epigastral soha;
II - mezogastral soha;
III - gipogastral soha.
1-o‘ng qovurg‘a osti
sohasi; 2-xususiy
epigastral soha; 3-chap
qovurg‘a osti sohasi;
4-o‘ng yon soha; 5-kindik
atrofi sohasi; 6-chap yon
soha; 7-o‘ng yonbosh-
chov sohasi; 8-qov usti
sohasi; 9-chap yonbosh-
chov sohasi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish