Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Qorin old-yon devorining qavatlari



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qorin old-yon devorining qavatlari
T e r i s i yupqa, ostidagi to‘qimalarga nisbatan yaxshi siljiydi (kindikdan
tashqari). Qorin bo‘shlig‘idagi ayrim normal (homiladorlik) va patologik holat-
larda (astsit, meteorizm) teri ancha cho‘ziladi. Ba’zan bunday cho‘zilish natijasi-
da, teridagi biriktiruvchi to‘qima tolalari uzilishi va oqish chandiqli yo‘llar – stri-
ae (homiladorlikda - striae gravidarum) hosil bo‘lishi kuzatiladi. Tuk qoplami
ayollarda faqat qov usti sohasida, erkaklarda bundan tashqari oq chiziq bo‘ylab
kindikkacha, ba’zilarda to‘shning o‘rtasigacha davom etadi.
Teri osti yog‘ kletchatkasi har xil odamlarda turlicha taraqqiy etgan bo‘lib,
semiz kishilarda va ayniqsa, ayollarda uning qalinligi 10-15 sm gacha yetishi
mumkin. Teri osti yog‘ kletchatkasi qorinning pastki sohasida yuqoridagiga nis-
batan qalinroq bo‘ladi; uning yuza qavati katakchali strukturaga ega bo‘lib, os-
tidagi qatlamli qavatidan yuza fassiyaning yuza plastinkasi orqali ajralib turadi.
Qorinning oq chizig‘i bo‘ylab teri osti yog‘ qavati kamroq bo‘ladi, kindikda esa
umuman bo‘lmaydi.
Yu z a f a s s i y a 2 ta – yuza va chuqur varaqlarga ajraladi: yuza varaq ancha
yupqa bo‘lib, tananing umumiy yuza fastsiyasining davomi hisoblanadi. Chuqur
varaq (Tompson plastinkasi) esa yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ayniqsa, qorinning
pastki qismida qalinlashib, fibroz plastinka tusini oladi va chov boylamiga yo-
pishadi; qov simfizining usti bo‘ylab esa oraliqning (erkaklarda olat va
yorg‘oqning) yuza fassiyasiga davom etadi. Yuza fassiyaning bunday tuzilishi
amaliyotda katta ahamiyatga ega: agar yiring yoki gematoma yuza va chuqur
varaqlar orasida bo‘lsa, songa tarqalishi mumkin; agar chuqur varaqning ostida
bo‘lsa, chov boylamidan yuqorida to‘planadi. Siydik pufagining jarohatlarida siydik
g‘ovak kletchatka orqali olatga, yorg‘oqqa va oraliqqa tarqalishi mumkin.
Te r i o s t i y o g ‘ q a v a t i d a qorinning yuza qon tomir va nervlari o‘tadi.
Qorinning pastki qismida son arteriyasidan chiquvchi 3 ta arteriya tarmoqlanadi:
qorin tepasidagi yuza arteriya (a.epigastrica superficialis) chov boylamining o‘rta
va ichki qismlari orasidan kindik tomonga yo‘naladi; undan tashqarida yonbosh
suyagini o‘rovchi yuza arteriya (a.circumflexaye ilium superficialis) yonbosh suya-
gining old-ustki o‘tkir o‘sig‘i tomonga chov boylamiga parallel holda yo‘naladi;
tashqi uyatli arteriyalar (aa.pudendae externae) qov usti sohasida tarmoqlanadi.
Qorinning kindikdan yuqori qismida katta kalibrli tomirlar kam bo‘lib, uni aso-
san, segmentar tartibda boruvchi pastki qovurg‘alararo va bel arteriyalarining teshib
o‘tuvchi shoxlari qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyalar bilan birga boruvchi yuza
venalarning soni ko‘p bo‘lib, ular o‘zaro anastomozlashishi natijasida qorinning
yuza venoz to‘ri hosil bo‘ladi. Bundan tashqari yuza venalar chuqur qavatdagi


231
venalar bilan ham tutashadi. Yuza qavatdagi vena to‘ridan qon v.thoracoepigastrica
(bitta yoki bir nechta) bo‘ylab yuqoriga oqadi va qo‘ltiq venas, (v.axillaris) yoki
ko‘krakning tashqi venasi - v.thoracica lateralis-ga quyiladi (yuqori kavak vena
sistemasi), qorinning pastki qismidan esa pastga oqadi va son venasi, v.femoralis
orqali tashqi yonbosh vena - v.iliaca externaga, undan pastki kavak vena - v.cava
inferior-ga quyiladi (pastki kavak vena sistemasi). Bular kava-kaval anastomoz-
lar deb ataladi (160-rasm). Qorinning old-yon devori terisini 5 ta pastki
qovurg‘alararo nervlar, qovurg‘a osti nervi, (n.subcostalis) yonbosh-qorin osti nervi
(n.iliohypogastricus) va yonbosh-chov nervi - n.ilioinguinalis-dan chiquvchi va
qorinning qiyshiq muskullarini teshib, teri ostiga o‘tuvchi lateral teri shoxlari va
oldingi teri shoxlari innervatsiyalaydi.
VII, VIII va IX qovurg‘alararo nervlarning shoxlari epigastral sohaning terisi
ostida, X va XI qovurg‘alararo nervlarning shoxlari mezogastral sohada, qovurg‘a
osti, yonbosh-qorin osti va yonbosh-chov nervlaridan chiquvchi shoxlar gipogas-
tral sohaning terisi ostida tarqaladi.
Teri osti limfa tomirlari qorinning yuqorigi qismidan qo‘ltiq osti limfa tu-
gunlariga, qorinning pastki
qismidan yuza chov limfa tugun-
lariga boradi.
Qorinning qiyshiq mus-
kullarini o‘rovchi chuqur fassiya-
larni bir-biridan g‘ovak kletchat-
ka ajratib turadi, o‘rta qo‘ltiq osti
chizig‘idan orqada bu fassiyalar
o‘zaro birlashib ketadi. Qorin-
ning yassi muskullari
aponevrozga o‘tishi bilan ularn-
ing fassiyalari ham o‘z aponevroz-
lariga, pastda – chov boylamiga
birikib ketadi.
Qorin devorining yon
qismini (juft sohalar) uning ust-
ma-ust joylashgan keng va yassi
160-rasm. Kavak venalar
sistemalari orasidagi
anastomozlar va portokaval
anastomozlar (sxemasi).
1–
v

renalis
sinistra
va
v
.
mesenterica
inferior
sistemasi
orasidagi anastomoz;
2–
v
.
t e s t i c u l a r i s
(
r e s p
.
ovarica
) va 
v

mesenterica
superior
sistema orasidagi
anastomoz;
4–
vv

paraumbilicales
.


232
muskullari bo‘lgan tashqi qiyshiq, ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullar, old
qismini esa (toq sohalar) qorinning to‘g‘ri muskuli egallaydi.
Qorinning oldingi va yon devorlarini hosil qiluvchi muskullar funksional va
anatomik jihatdan o‘zaro uzviy bog‘liqdirlar: ularni bir xil nervlar innervatsiya-
laydi; yon tomondagi keng muskullarning yassi va keng paylari, ya’ni aponevro-
zlari to‘g‘ri muskulning g‘ilofini hamda qorining oq chizig‘ini hosil qiladi.
Qorinning tashqi qiyshiq muskuli (m.obliquus abdominis externus)ning to-
lalari yuqoridan pastga, tashqaridan ichkariga yo‘nalgan bo‘lib, muskul tolalari-
ning aponevrozga o‘tish chizig‘i epigastral va mezogastral sohalarda qorin to‘g‘ri
muskulining tashqi qirg‘og‘iga parallel yoki qiyshiq bo‘ladi, gipogastral sohada
esa muskul tolalari bo‘lmasdan, faqat aponevrozning o‘zi joylashadi. Shu
aponevrozning pastki erkin qirg‘og‘i qalin bo‘lib, ichki tomonga tarnovsimon shakl
hosil qilib qayriladi va yuqorida yonbosh suyagining oldingi-ustki o‘tkir o‘sig‘iga,
pastda qov dumbog‘iga birikib chov boylami (liginguinale)ni hosil qiladi.
Qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozining ostida, ichki qiyshiq muskul-
ning old yuzasida bel chigalidan boshlanuvchi n.iliohypogastricus va nilioin-

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish