Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


KO‘KRAK DEVORI VA KO‘KS ORALIG‘I KLETCHATKASI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

KO‘KRAK DEVORI VA KO‘KS ORALIG‘I KLETCHATKASI
Ko‘ks oralig‘i a’zolari biriktiruvchi to‘qimali yog‘ kletchatkasi bilan o‘ralgan.
Ko‘krak ichi fassiyasidan a’zolarga tizimchalar ketadi. Bu tizimchalar birinchidan,
a’zolarni va ularni o‘rab turuvchi kletchatkalarni bir-biridan chegaralaydi va shu-
ning bilan ko‘ks oralig‘ida bir qancha kletchatka bo‘shliqlarini hosil qiladi;
Ikkinchidan, bu tizimchalar a’zolarni o‘z joyida tutib turuvchi vosita hisoblanadi.
Ko‘krak devorining ichki yuzasini qoplab turuvchi kletchatka pariyetal (de-
voriy) kletchatka deb yuritiladi. Bu kletchatka joylashgan o‘rniga qarab uchga
bo‘linadi.
1. Ekstraplevral kletchatka – pariyetal plevra bilan qovurg‘alarni qoplovchi
ko‘krak ichi fassiyasi oralig‘ida joylashgan.
2. To‘sh orti kletchatka bo‘shlig‘i – oldinda ko‘krak ichi fassiyasi, orqada
to‘sh orti fassiyasi, fascia retrosternalis bilan chegaralangan. To‘sh orti fassiyasi
yuqoridan pastga – diafragma tomon yo‘nalib, oldingi plevralararo oraliqlarni old
tomondan bekitadi. Yon tomonlarda bu fassiya ko‘krak ichi fassiyasiga tizimcha-
lar yordamida birikadi (bu tizimchalar o‘z navbatida plevralarning oldingi bur-
malariga birikib, ularni ko‘krak devorlariga mahkamlaydi). Shunday qilib, yopiq
to‘sh orti kletchatka bo‘shlig‘i vujudga keladi.
Sun’iy qizilo‘ngach qo‘yish operatsiyasida shu bo‘shliq orqali ingichka ichak
yuqoriga tomon olib o‘tiladi.


224
Bu bo‘shliqda yiring to‘planganda u ko‘ks oralig‘ining oldingi qismiga tar-
qalmay, shu bo‘shliqning o‘zida qoladi.
3. Umurtqa pog‘onasining oldingi kletchatka bo‘shlig‘i ko‘krak ichi fassiyasi-
ning oldida, umurtqa pog‘onasining ko‘krak bo‘limi sohasida joylashib, yon tomonlar-
da ekstraplevral kletchatka bilan chegaralanadi. Ekstraplevral kletchatka ko‘ks oralig‘i
orqa qismining fassiya plastinkalari orqali ajralib turadi. Bu fassiya plastinkalari me-
diastinal plevradan boshlanib, ko‘krak umurtqalari tanalarining yon yuzalariga bir-
ikadi va plevra-umurtqa boylamlari (ligg.pleuro-vertebrale) deb yuritiladi.
Ko‘ks oralig‘ida joylashgan asosiy (visseral) kletchatka bo‘shliqlari quy-
idagilardir:
1) perikard oldi kletchatka bo‘shlig‘i (spatium prepericardiale) to‘sh orti
fassiyasining orqasida joylashgan. Bu bo‘shliqning orqa devorini ayrisimon bez
va traxeyadan oldinda joylashgan tomirlarning fassiyalari hamda perikard hosil
qiladi. Perikard oldi bo‘shlig‘i yuqori tomonda bo‘yinning kletchatkasidan fassiya
tizimchalari orqali ajralib turadi. Bu tizimchalar ayrisimon bezning fassiyasidan
boshlanib, o‘mrov suyagi va to‘sh suyagi dastasining suyak usti pardasiga, yelka-
bosh venalarining fastsiya g‘iloflariga hamda traxeya oldi fassiyasi (fascia pre-
thracheale) ga birikadi. Perikard oldi bo‘shlig‘i pastda diafragma fassiyasi bilan
chegaralangan;
2) traxeya oldi kletchatka bo‘shlig‘i (spatium pretracheale) chapda aorta
ravog‘i va uning shoxlarining boshlanish qismi bilan, o‘ngda mediastinal plevra
hamda toq venaning ravog‘i bilan chegaralangan. Bo‘shliqning oldingi devorini
ayrisimon bezning fassiyasi, tomirlar oraliqlaridagi fassiya va perikardning orqa
devori hosil qiladi. Bo‘shliqning orqa devorini qizilo‘ngach-traxeya fassiyasining
oldingi plastinkasi va bronxlar orasidagi fassiya hosil qiladi.
3) qizilo‘ngach atrofidagi bo‘shliq (spatium paraoesophagei) ko‘ks
oralig‘ining yuqorisida yon hamda orqa tomonlardan mediastinal plevraga taqa-
lib turuvchi ko‘krak ichi fassiyasining mediastinal varaqlari orqali qo‘shni
bo‘shliqlardan ajratilgan hamda qizilo‘ngach-traxeya fassiyasining orqa plastinkasi
va umurtqa oldi fassiyasi, fascia prevertebralis bilan chegaralangan. Qizilo‘ngach
o‘zining old tomoni bilan traxeyaga taqalib turadi. Bu a’zolarning ikkalasi bitta
umumiy fassiya bilan o‘ralgan.
Qizilo‘ngach atrofidagi bo‘shliq ko‘ks oralig‘ining pastki qismida perikard-
ning orqa devori bilan aorta fassiyasining oldingi varag‘i oralig‘ida joylashgan.
O‘pka ildizlaridan pastroqda, qizilo‘ngach fastiyasining yon devorlarini medias-
tinal plevra bilan tutashtiruvchi zich fassial tizimchalar qizilo‘ngach atrofidagi
bo‘shliqni oldingi va orqa bo‘limlarga bo‘ladi.
Diafragma va plevra varaqlarining harakatchanligi (doimiy harakatda bo‘lib
turishi), shuningdek, ko‘ks oralig‘i a’zolari hajmining doimo o‘zgarib turishi
ko‘krak qafasining ichida yiringli infeksiyaning tarqalishiga sababchi bo‘ladi.
Ko‘ks oralig‘i a’zolarini bir-biridan ajratib turuvchi fassiya to‘siqlari ham yiring-
li yallig‘lanish jarayonining ko‘ks oralig‘i bo‘ylab tarqalib ketishiga to‘sqinlik
qila olmaydi. Bu to‘siqlar, shuningdek, havoning ko‘ks oralig‘i bo‘ylab tarqalib
ketishiga ham to‘sqinlik qila olmaydi. Shuning uchun ham tashxis qo‘yish maqsa-
dida yuborilgan havo ko‘ks oralig‘iga bir xilda tarqaladi. Bunday muolajani pnev-


225
momediastinum deb ataladi. Bo‘yinning tomirlar joylashgan kamgagi (spatium
vasonervorum) hamda previsseral bo‘shlig‘i (spatium previscerale) ko‘ks
oralig‘ining oldingi qismi bilan tutashgan. Bo‘yinning retrovisseral bo‘shlig‘i
(spatium retroviscerale) ko‘ks oralig‘ining orqa qismi bilan tutashgan. Shuning
uchun ham bo‘yindagi flegmonalar ko‘ks oralig‘iga tarqalib, ikkilamchi yiringli
mediastinitga (ko‘ks oralig‘ining yallig‘lanishiga) olib kelishi mumkin. Ko‘ks
oralig‘ida boshlangan yiringlash markazidan yallig‘lanish jarayoni turli yo‘nalishlar
bo‘yicha tarqalishi mumkin. Masalan, oldingi mediastinitda yiring qovurg‘a
oralig‘idagi to‘qimalarni eritib, tashqariga ochilishi mumkin, yoki boshqa hollar-
da plevra yoki perikard orqali o‘tib, yiringli perikardit yoki plevra empiyemasini
keltirib chiqarishi mumkin.
Orqa mediastinitlarda yiring ekstraplevral kletchatkaga o‘tishi, u yerdan
yallig‘lanish jarayoni qorinparda ortidagi kletchatkaga diafragmaning muskul
tutamlari orasidagi kamgaklar yoki diafragmaning qizilo‘ngach va aorta teshiklari
orqali o‘tishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish