Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

tiones tendineae) bo‘lib, ular-
ning 2 tasi kindikdan yuqori-
da, bittasi kindik sathida,
to‘rtinchi – doimiy bo‘lmagan
belbog‘ kindikdan pastda joy-
lashadi (165-rasm).
Belbog‘lar to‘g‘ri
muskul g‘ilofining oldingi de-
voriga yopishgan bo‘lib, ular-
da tomirlar va nervlar o‘tadi.
Qorinning yon devoridagi keng
mus-kullar qisqarganda ular-
ning tortish kuchi, avvalo, to‘g‘ri
muskulning g‘ilofiga va unga
yopishgan pay belbog‘lariga,
undan keyingi navbatda qorin-
ning oq chizig‘iga tushadi.
Qorinning yon va to‘g‘ri musk-
ullari bir vaqtda qisqarganda
to‘g‘ri muskulning kuchi yon
muskullarning tortish kuchini
muvozanatlaydi va shuning bi-
lan qorinning oq chizig‘ini
cho‘zilib kengayib ketishdan
saqlaydi. To‘g‘ri muskulning
tonusi va kuchi kamaygan ho-
latlarda oq chiziqning kengayi-
shiga sharoit tug‘iladi. Bu esa,
o‘z navbatida, to‘g‘ri mus-
kullarning diastaziga (bir-biridan uzoqlashuviga) olib keladi.
Qorin to‘g‘ri muskuli g‘ilofining orqa devori bilan muskulning orqa yuzasi
orasida g‘ovak kletchatka bor. Unda chuqur, bo‘ylama yo‘nalgan arteriyalar joy-
lashgan: yuqori qorin ustki arteriyasi (a.epigastrica superior) ko‘krak ichi arteri-
yasining oxirgi shoxlaridan biri bo‘lib, yuqoridan kindikka tomon tushib,
qovurg‘alararo arteriyalarning oxirlari bilan hamda pastki qorin ustki arteriyasi
(a.epigastrica inferior) bilan anastomozlashadi (161-rasm). Pastki qorin usti ar-
teriyasi tashqi yonbosh arteriyasidan chiqib, tashqaridan ichkariga, pastdan yu-
qori tomonga qorinparda oldi kletchatkasi bo‘ylab yo‘naladi va yarim aylana yoki
yoysimon chiziq (Duglas chizig‘i) sathida ko‘ndalang fassiyani teshib, qorin to‘g‘ri
166-rasm. Qorin oldingi devorining orqa
yuzasidagi burma va chuqurchalar.
1–qorinning to‘g‘ri muskuli; 2–qorinning
qiyshiq va ko‘ndlang muskullari; 3–qorin
oldingi devorining pariyetal qorinpardasi; 4–
plica
umbilicalis
media
(
BNA

lateralis
); 5–
plica
umbilicalis
mediana
(
BNA

media
); 6–
ductus
deferens

a

testicularis
; 7–
a

et
v
.
iliaca
externa
; 8–son churrasi (churra
xaltasi); 9–yopqich churrasi (churra xaltasi);
10–
a

epigastrica
inferior
–dan chiquvchi 
a
.
obturatoria
; 11–
membrana
obturatoria
; 12–
fossa
supravesicalis
; 13–siydik pufagi; 14–
fossa
inguinalis
medialis
; 15–
a

obturatoria
;
16–qov suyagining qirrasi; 17–
lig

lacunare
;
18–
v a s a
e p i g a s t r i c a
inferiora
; 19–
m
.
i l i o p s o a s
; 20–chov boylami; 21–
f o s s a
inguinalis
lateralis
; 22–
plica
umbilicalis
lateralis
(
BNA

epigastrica
).


237
muskulining g‘ilofiga orqadan kiradi va
kindik atrofida yuqori qorin ustki arteriya-
si hamda bel arteriyalarining tarmoqlari
bilan anastomozlashadi (161-rasm).
Aytib o‘tilgan arteriyalar shu nomda-
gi venalar bilan birga joylashgan. Yuqori
qorin ustki venasi (v.epigastrica superior)
ko‘krak ichi venasi orqali o‘mrov osti ve-
nasiga, undan yelka-bosh venasi bo‘ylab yu-
qori kavak venaga boradi; pastki qorin ust-
ki venasi (v.epigastrica inferior)dan qon
tashqi yonbosh venasiga, undan pastki ka-
vak venaga boradi. Ularning o‘zaro bel ham-
da qovurg‘alararo venalar bilan qo‘shilishi
natijasida kava-kaval anastomozlar vujud-
ga keladi. Bundan tashqari, chuqurda (jigar-
ning yumaloq boylamida joylashgan) kindik
atrofi venalari (vv.paraumbilicales) orqali
(163-rasm) darvoza venasi (v.portae) bilan,
yuzada qorinning kindik atrofidagi yuza ar-
teriya to‘ri bilan tutashgan. Ular portokaval
anastomozlar deyiladi. Uning amaliy aha-
miyati shundaki, portal gipertenziyada venoz qon shu anastomozlar orqali qorin
devoridagi venalarga, undan kavak venalarga boradi. Buning oqibatida kindik atro-
fidagi teri osti venalarining kengayib, ilon izi shaklida bo‘rtib chiqishi yaqqol ko‘zga
tashlanadi (“meduza boshi”).
Nervlar 6 ta pastki qovurg‘alararo nervlar hamda n.iliohypogastricus va
n.ilioinguinalisning oxirgi tarmoqlari bo‘lib, to‘g‘ri muskul g‘ilofiga orqadan kiradi
va muskul bilan uning g‘ilofini teshib, pay belbog‘lari orqali qon tomirlar bilan
birga teri ostiga chiqib tarqaladi.
Qorinning yuqori qismidagi chuqur limfa tomirlari qorinning ustki va oldin-
gi ko‘ks oralig‘i limfa tugunlariga, qorinning o‘rta va pastki qismlaridan bel, yon-
bosh va chuqur chov limfa tugunlariga oqadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish