256
Qorinparda boylamlari
Qorinparda boylamlari deb qorinpardaning qorin bo‘shlig‘idagi bir a’zodan
ikkinchi a’zoga o‘tish qismi yoki qorinpardaning qorin bo‘shlig‘i bir a’zosidan
qorin devoriga o‘tish qismiga aytiladi.
B.V.Ognev (1960) quyidagilarni farq qiladi: a) boylam–duplikaturalar, qorin-
pardaning 2 ta varag‘idan iborat; b) yakka boylamlar – qorinparda bir varag‘ining
qorin bo‘shlig‘i bir a’zosidan ikkinchi a’zosiga oddiy o‘tishi; v) qorinpardadan
iborat bo‘lmagan boylamlar – bular obliteratsiyaga uchragan tomirlar yoki birik-
tiruvchi to‘qima, muskul to‘qimasidan iborat tortmalar (jigarning yumaloq boyl-
ami va boshq.).
Boylam-duplikaturalarga quyidagilar kiradi: 1)
oshqozon-chambar boyla-
mi, uning ichida oshqozon-charvi qon tomirlari yotadi; 2) oshqozon-taloq boyla-
mi, unda taloq va kalta oshqozon qon tomirlari yotadi; 3) oshqozon-jigar boyla-
mi, o‘zida o‘ng va chap oshqozon arteriyasi va venalari hamda
n.
vagusning shox-
larini saqlaydi; 4)
lig.
hepatopyloricum – kichik charvining
jigar-oshqozon qismi-
ni ajratib turadi; 5)
lig.
pyloropancreaticum,
lig.
gastropancreaticum,
lig.
hepatoduodenale, jigarning o‘roqsimon boylami
(lig.
fals
iforme) va uchbur-
chak (o‘ng va chap) boylamlar.
181-rasm. Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki bo‘limidagi a’zolar.
1-
colon
ascendens
; 2-
caecum
; 3-
plica
ileocaecalis
superior
; 4-
recessus
ileocaecais
superior
- dagi zond; 5-
intestinum
ileum
; 6-
radix
mesenterii
;
7-
colon
sygmoideum
; 8-
mesocolon
sygmoideum
; 9-
colon
descendens
;
10-
plica
rectovesicalis
; 11-
rectum
; 12-
vesica
urinaria
; 13-
cavum
pelvis
;
14-
appendix
vermiformis
; 15-
mesoappendix
; 16-
recessus
ileocecalis
inferior
-dagi zond; 17-
plica
ileocecalis
inferior
.
257
Yakka boylamlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) oshqozon-diafragma
boylami – diafragma va oshqozon tubi orasida tortilgan bo‘lib, qizilo‘ngachdan
chap tomonda yotadi; 2) diafragma-qizilo‘ngach boylami –
diafragma va oshqo-
zonning kardial qismi orasida tortilgan bo‘lib, qizilo‘ngachning oldingi yuzasida
joylashgan; 3) oshqozon-oshqozon osti boylami – qorinparda varag‘ining oshqo-
zon osti bezi yuqori qirrasidan oshqozonning orqa devori, kardial qismi va tubiga
tortilgan qismi; 4) jigarning toj boylami frontal tekislikda joylashib, jigarning
orqa yuzasidan difragmaga o‘tadi (o‘ng va chap boylamlarga bo‘linadi); 5)
jigar-
buyrak boylami – jigar darvozasidan o‘ng buyrakning yuqori qutbiga cho‘zilgan
bo‘lib, charvi teshigini orqa tomondan chegaralaydi; 6) o‘n ikki barmoq-buyrak
boylami va boshq.
Charvilar.
Qorin bo‘shlig‘ida 2 ta: katta va kichik charvilar farqlanadi.
Tutqichlar
Tutqich (mezo) deganda ichakni tutib turuvchi qorinparda duplikaturasi tushu-
niladi. U seroz pardaning 2 ta varag‘idan iborat bo‘lib, o‘zida ko‘pdan-ko‘p qon va
limfatik tomirlarni, limfatik tugun va nervlarni tutadi. Tutqichlarning quyidagi turlari
farq qilinadi:
ingichka ichak tutqichi; chuvalchangsimon o‘simta, ko‘ndalang-cham-
bar ichak, S-simon ichak, to‘g‘ri ichakning ampula usti qismi tutqichlari.
Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki qavati ko‘ndalang chambar ichakning tut-
qichi bilan tos chanog‘i bo‘shlig‘i orasidagi bo‘shliqni egallaydi. Ko‘tariluvchi
va tushuvchi chambar ichaklar hamda ingichka ichakning tutqichi ushbu bo‘shliqni
to‘rtta bo‘lak: o‘ng va chap yon kanallar hamda o‘ng va chap tutqich qo‘ltiqlari
(sinuslari) ga bo‘ladi.
O‘ng yon kanal
(canalis lateralis dexter) - qorinning o‘ng yon devori bilan
ko‘tariluvchi chambar ichak orasida joylashgan bo‘lib, bu kanal pastda o‘ng yon-
bosh chuqurchasi (
fossa iliaca dextra) ga, so‘ngra tos bo‘shlig‘iga, yuqorida esa
o‘ng diafragma osti bo‘shlig‘iga davom etadi (179-rasm).
Chap yon kanal
(canalis lateralis sinister) – tushuvchi
chambar ichak bilan
qorinning chap yon devori orasida joylashadi. Kanal pastda chap yonbosh chuqurcha-
si orqali tos bo‘shlig‘i bilan tutashadi, yuqorida esa chap diafragma–chambar boylami
(lig.
phrenicocolicum sinistra) vositasida taloq ko‘r xaltasidan chegaralangan.
Gavdaning gorizontal holatida yon kanallarning eng chuqur qismlari ularning
yuqorisida bo‘lib, tananing tik holatida yallig‘lanish suyuqliklari (yiring) yon kanallar
bo‘ylab yonbosh chuqurchalariga, ulardan tos chanog‘i bo‘shlig‘iga tushadi.
O‘ng tutqich qo‘ltig‘i
s (inus mesentericus dexter) - o‘ngda ko‘tariluvchi
chambar ichak, chapda va pastda
ingichka ichakning tutqichi, yuqorida ko‘ndalang
chambar ichakning tutqichi bilan chegaralangan uchburchak shaklidagi bo‘shliq
bo‘lib, undagi ingichka ichak qovuzloqlarini oldindan katta charvi berkitib turadi.
Qo‘ltiqni pastda, tos bo‘shlig‘idan yonbosh-ko‘r ichak burchagi (ileotsekal bur-
chak) ajratib turadi (179-rasm).
Chap tutqich qo‘ltig‘i
(sinus mesentericus inister) – o‘ngda ingichka ichak
tuqichi, chapda tushuvchi chambar ichak, yuqorida ko‘ndalang chambar ichakning
tutqichi bilan chegaralangan va o‘zida ingichka ichak qovuzloqlari tutuvchi bo‘shliq
258
bo‘lib, oldindan katta charvi bilan bekilib turadi. Bu qo‘ltiq bevosita tos chanog‘i
bo‘shlig‘iga davom etadi.
Tutqich qo‘ltiqlarining eng chuqur bo‘limlari ularning yuqori tomonlarida
joylashgan. Ikkala qo‘ltiq ko‘ndalang chambar ichak tutqichi bilan o‘n ikki bar-
moq-och ichak burilmasi (egriligi) orasidagi yoriq orqali o‘zaro tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: