246
sim oshib ketganda (tinch holatda 4 mm suv ust.ga teng, qorin ichki bosimi osh-
ganda 80 dan 150 mm suv ust. gacha ko‘tarilishi mumkin) qorin ichki a’zolarining
chov kanali bo‘ylab chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Chov oralig‘ining bu shakli ayol-
larda va qorinning ayollar shaklida ko‘p uchraydi;
2) oval-oraliq (o‘tish) shakli, bunda ichki qiyshiq muskul pastki chekkasi chov
boylamining lateral qismidan yuqorida boshlanib, gorizontal yo‘nalishda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muskulning g‘ilofiga o‘tib ketadi; ko‘ndalang
muskul aponevrozining pastki
qirg‘og‘i esa yakka holda yoysimon egilib, chov o‘rog‘ini hosil qiladi va qov suyagi
hamda do‘mbog‘iga birikadi (169-rasm, b). Qov oralig‘ining bu shaklida “muskul
klapani” nisbatan kuchsiz bo‘ladi, chunki klapan vazifasini ko‘ndalang muskulning
yakka o‘zi bajaradi. Bunday qov oralig‘i oldingisiga nisbatan bir necha marta kam,
erkaklarda va qorinning erkakcha shaklida ayollarga nisbatan ko‘p uchraydi;
3) uchburchak shakli, asosan, qorinning erkakcha shaklida bo‘lib, eng kam
uchraydi. Bunda ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullarning pastki qirg‘oqlari
yanada yuqoriroqdan boshlanib, gorizontal yo‘naladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qorin
to‘g‘ri muskulining g‘ilofiga o‘tadi (169-rasm, v). Chov oralig‘ining ushbu shakli
deyarli faqat erkaklarda uchraydi. Qorinning muskullari qisqarganda chov kanalini
bekitmaydi, muskul klapani ishlamaydi.
Yosh o‘tishi bilan keksalarda muskul tolalarining yog‘ to‘qimasiga qisman
almashinishi chov oralig‘i muskul klapanining zaiflashuviga olib keladi.
Chov oralig‘ining o‘lchamlari faqat qorin yon devori muskullarining pastki
chegaralari joylashgan sathning baland yoki pastligigagina emas, balki qorinning
to‘g‘ri va piramidasimon muskullarining qay darajada
taraqqiy etganligiga ham
bog‘liq. To‘g‘ri va piramidasimon muskullarning eni qancha keng bo‘lsa, chov
oralig‘i shuncha ensiz bo‘ladi.
Har xil shakl va kattalikdagi chov oraliqlarida chov kanali devorlarining
tuzilishi ham turlicha bo‘ladi.
Chov oralig‘ining yoriqsimon-oval shaklida chov kanalining oldingi devor-
ini hosil qilishda tashqi qiyshiq muskulning aponevrozidan tashqari ichki qiyshiq
muskul ham ishtirok etadi: kanalning lateral qismida u urug‘ tizimchasini oldin-
dan bekitadi. Keyin ko‘ndalang muskul aponevrozi bilan birga (chov o‘rog‘i) yoy
shaklida urug‘ tizimchasining ustidan o‘tib (kanalning yuqorigi devorini hosil
qilgan holda), uning orqasiga o‘tadi va qov suyagiga yopishadi, ya’ni kanalning
orqa devorini hosil qilishda ishtirok etadi.
Chov kanalining orqa devorini pastki tomoni qalinlashgan ko‘ndalang fassiya
hosil qiladi (170-rasm). Uni quyidagi tuzilmalar mustahkamlaydi:
1) chuqurchalararo boylam
(lig.
interfoveolare) tashqi va ichki chov chu-
qurchalari orasida joylashib, yuqoriga va ichkariga yo‘naladi. Bu boylam
ko‘ndalang muskul aponevrozi tolalaridan yoki ko‘ndalang fassiyaning qalinlashi-
shi hisobiga hosil bo‘ladi va chuqur chov xalqasini
pastdan hamda ichkaridan
o‘rab, uning medial tomonga kengayishiga yo‘l bermaydi (171-rasm);
2) chov o‘rog‘i
(falx inguinalis) chov oralig‘ining yoriqsimon-oval hamda oval-
oraliq shakllarida uchraydi. Ko‘ndalang fassiya chov o‘rog‘iga yopishib ketadi;
3) qaytuvchi boylam
(lig.
reflexum) chov kanali orqa devorining medial qismi-
ni mustahkamlaydi;
247
4) ichki qiyshiq va kam hollarda ko‘ndalang muskullardan chiquvchi tolalar
ko‘ndalang fassiyani qoplab, mustahkamlaydi.
Ko‘ndalang muskul qisqarganda chuqurchalararo boylam taranglashib past-
dan va ichkaridan, ko‘ndalang muskul aponevrozi hamda ichki qiyshiq muskul-
ning pastki chetlari yuqori va tashqaridan chuqur chov halqasini qisib toraytiradi
va qoplaydi.
Demak, yoriqsimon-oval shaklli chov oralig‘ida chov kanalining oldingi de-
vorini tashqi qiyshiq muskulning aponevrozi va ichki qiyshiq muskul,
yuqorigi
devorini ichki qiyshiq (kam masofada) va ko‘ndalang muskullar, orqa devorini
yuqorida sanab o‘tilgan tuzilmalar, pastki devorini chov boylami tashkil qiladi.
Oval-oraliq shaklli chov oralig‘ida kanalning oldingi devorini tashqi qiy-
shiq muskul aponevrozi, yuqori devorini ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullarn-
ing pastki cheti, orqa devorini ko‘ndalang fassiya, ko‘ndalang aponevrozdan tashkil
topgan chov o‘rog‘i va qaytuvchi boylam, pastki devorini chov boylami hosil
qiladi. Chov o‘rog‘i bilan qaytuvchi boylam orasida ko‘ndalang fassiyaning zaif
joyi bo‘ladi.
Chov kanalining uchburchak shaklli baland chov oralig‘ida oldingi devorni
tashqi qiyshiq muskul aponevrozi, yuqori devorni ichki qiyshiq va ko‘ndalang mus-
kullar,
pastki devorni chov boylami, orqa devorni yaxshi mustahkamlanmagan
ko‘ndalang fassiya hosil qiladi. Chov o‘rog‘i bo‘lmaganligi sababli ko‘ndalang
fastsiyaning chuqurchalararo (tashqarida) va qaytuvchi (ichkarida) boylamlari orasida
mustahkamlanmagan qismi bo‘ladi. Ko‘ndalang fassiya, ayniqsa, keksa odamlarda
bo‘shashib, oson cho‘ziladi. Natijada, chov oralig‘i yuqori bo‘lganda, qorinning
ichki bosimiga dosh berolmay tashqariga qorinning ichki a’zolari va pariyetal qorin-
parda bilan bo‘rtib chiqa boshlaydi. Agar qorinparda va a’zolar ichki chov chuqur-
chasi orqali kirib chov kanalining yuza halqasidan chiqsa, to‘g‘ri chov churralari
hosil bo‘ladi (172 va 173-rasmlar). To‘g‘ri chov churrasi deb atalishiga sabab, ichki
chov chuqurchasi bilan yuza halqa bitta sagital tekislikda joylashganligi uchun churra
173-rasm. Chov
churralarining
turlari.
1 –
f a s c i a
transversalis
;
2–
lig
.
reflexum
;
3, 8, 12–
m
.
obliquus
externus
abdominis
–
ning aponevrozi;
4 –
h e r n i a
supravesicalis
;
5 –
f u n i c u l u s
spermaticus
; 6–
plica
umbilicalis
media
;
7–
hernia
inguinalis
m e d i a l i s
; 9–chov
boylami; 10–
hernia
inguinalis
lateralis
; 11–
m
.
cremaster
; 13–
m
.
obliquus
internus
abdominis
;
14–
n
.
ilioinguinalis
; 15–
vasa
epigastrica
inferiora
; 16–pariyetal qorinparda.
248
xaltasining yo‘li ichkaridan tashqariga to‘g‘ri yo‘nalgan. Bunda churra xaltasi
yorg‘oqqa
tushmaydi, sababi, yuza fassiyaning chuqur varag‘i chov boylami va
qov suyagiga birikib ketganligidir.
Agar pariyetal qorinpardaga o‘ralgan a’zolar tashqi chov chuqurchasi so-
hasida chov kanalining chuqur halqasi orqali chov kanaliga kirib, yuza chov
halqasidan chiqsa, chov kanalining yo‘lini takrorlab qiyshiq yo‘naladi. Bunga qiy-
shiq chov churrasi deb ataladi (168 va 173-rasmlar). Qiyshiq chov churrasi urug‘
tizimchasining ichi bo‘ylab yorg‘oqqa, ayollarda tashqi uyatli lablar ichiga tush-
ishi mumkin. Agar churraning o‘lchami katta bo‘lsa, uning yo‘li to‘g‘rilanib to‘g‘ri
chov churrasiga o‘xshab qoladi. Ularning differensial tashxisida ichki va tashqi
chov chuqurchalari orasidan o‘tuvchi pastki epigastral tomirlarning pulsatsiyasi-
ni aniqlash katta yordam beradi (168 va 173-rasmlar). Agar tomir urishi churra
darvozasining ichki tomonida aniqlansa, demak bu qiyshiq chov churrasi bo‘ladi.
Qiyshiq chov churrasining kelib chiqishiga qorin devori tuzilishidagi quyi-
dagi kamchiliklar sabab bo‘ladi: baland uchburchak chov oralig‘ida kengaygan
chuqur chov halqasining muskullar bilan berkitilmasligi va tashqi qiyshiq muskul
aponevrozining zaiflashishi (174-rasm).
Tug‘ma chov churralarining kelib chiqish sabablarini
tushunish homilada
moyakning yorg‘oqqa tushishi jarayonini bilishni talab etadi.
Moyakning tushishi
(descensus testis). Homila taraqqiyotining 3-oyida
moyak qorinparda orti bo‘shlig‘ida birlamchi buyrakning yonida joylashgan bo‘lib,
qorinparda uni uch tomondan o‘rab, bevosita oqsil qavatiga yopishadi (175-rasm).
Shu davrda chov sohasidagi qorinparda bo‘rtib g‘ilof o‘simtasini hosil qiladi, qorin-
ning old devoridan yorg‘oq hosil bo‘la boshlaydi. Moyakning pastki qutbiga yo‘l
boshlovchi
(gubernaculum testis) yopishgan bo‘lib, u IV oydan boshlab pastga
tusha boshlaydi va VII oyda chov kanalining bo‘lajak ichki halqasi sohasida
ko‘ndalang fassiyani oldinga surib, unga o‘ralgan holda qorinpardaning g‘ilof (qin)
o‘simtasi
(processus vaginalis peritonei) bilan birga yorg‘oq tomonga boradi.
So‘ngra moyak VIII-IX oyda chov kanalini hosil qilib qorinning oldingi devori
orqali o‘tib, yorg‘oqqa tushadi. Go‘dak tug‘ilganda moyaklar yorg‘oqda bo‘ladi,
Do'stlaringiz bilan baham: