Kalla skeleti



Download 10,19 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi10,19 Kb.
#762233
Bog'liq
anatomiya 2


KALLA SKELETI

Kalla skeleti yoki kalla suyaklari tuzilishi jihatidan skeletning eng murakkab, ahamiyati jihatidan eng kerakli qismidir. Kalla suyaklarining murakkabligi, uning vazifasiga bogiiq. Uning ichida odam uchun zarur boigan bosh miya joylashgan. Kalla suyagining miya qismi neurocranium deb ataladi. Kalla suyagining ayrim qismlari odam uchun zarur boigan sezgi a’zolarini (eshituvmuvozanat, ko‘ruv va hid sezuv) qoplab, ulami tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Kalla skeletining ikkinchi yuz yoki visseral qismida ovqat hazm qilish va nafas a’zolari tiztmining boshlangich qismlari joylashgan. Yuz qismi yana chaynov apparatiga ham kiradi, chunki bu qism suyaklariga chaynov mushaklari birikkan. Kalla skeletining ikki qismi bir-biridan faqat vazifasiga qarab emas, balki taraqqiyoti jihatidan ham farq qiladi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari mezenximadan taraqqiy etsa, yuz qismi suyaklari mezodermadan taraqqiy etadi.


Kalla suyaklarining taraqqiyoti
Kalla suyaklari homila orqa torining (chorda dorsalis) yuqori uchidan rivojlanadi. U uch taraqqiyot bosqichi: parda, tog‘ay, suyak davrlarini o‘taydi. Parda davri homila hayoti birinchi oyining oxiri va ikkinchi oyi boshlarida o‘tib, bu davrda bosh miya mezenxima pardasi bilan o‘ralib parda yoki biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan paida boshni hosil qiladi.Kallaning yuz qismini hosil qiladigan biriktiruvchi to‘qima homila bosh ichagi devorini o‘ragan boiib, mezodermaning ventral qismidan yoki yon qatlamlardan taraqqiy etadi. Homila taraqqiyotini ikkinchi oyining boshida orqa torning o‘ng va chap tomonlarida ikkita paraxordal tog‘aylar paydo boiadi. Ular dastlab mayda boiaklardan iborat boiib, so‘ngra o‘zaro qo‘shiladi. Shu dovrda orqa torni old tomonida, oxiigi miyaning ostida ikkita bosh trabekullalari vujudga keladi. Shu bilan birga, hid sezuv, ko‘ruv, eshituv va muvozanat a'zolarining ustini qoplagan parda xaltalar ham tog‘ayga aylanadi. Dastlab alohida-alohida boigan tog‘aylar o‘zaro qo‘shilib, bosh miyaga kirayotgan qon tomirlar va chiqayotgan nervlami o‘raydi. Homila hayotining ikkinchi oyi oxiri va uchinchi oyi boshlarida tog‘ay boshning ichki va tashqi asosi V z shaklini oladi.Kalla gumbazi va yuz qismi suyaklari endesmal yo‘l bilan suyaklanadi. Kallaning yuz qismi suyaklari visseral ravoqlardan taraqqiy etadi. Homilada 5 juft visseral ravoqlar boiib, ular boshning yonbosh mezenxima qatlamlaridan bir juftdan paydo boiadi. Ulaming birinchi jufti pastki jag‘ ravogi boisa, ikkinchisi gioid ravoqdir. Qolgan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi juftlari jabra ravoqlari nomi bilan ataladi. Pastki jag‘ ravog‘i ikki: kvadrat tanglay (palatopalatoquadratum) va mekkel tog‘ayi boiaklaridan iborat.
Odamning kalla suyaklari taraqqiyotiga qarab 3 guruhga boiinadi:

I. Bosh miya pardasini (kapsulasini) hosil qiluvchi suyaklar:

a) birlamchi yoki kalla gumbazi suyaklari: ensa suyagining pallasi, chakka

suyagining tanga va nog‘ora qismlari, peshona, tepa suyaklari;

b) ikkilamchi yoki kalla asosi suyaklari: ponasimon suyak, ensa suyagining

asos va lateral qismlari, chakka suyagining toshsimon (piramida) qismi bilan

so‘rg‘ichsimon o‘simtasi.

II. Burun xaltasi (kapsulasi) bilan bogianib rivojlangan suyaklar:

a) birlamchi suyaklar: ko‘z yoshi suyagi, burun va dimog‘ suyaklari;

b) ikkilamchi suyaklar: g‘alvirsimon suyak, burunning pastki chig‘anog‘i.

III. Visseral ravoqlardan rivojlangan suyaklar:

a) harakatsiz suyaklar: ustki jag ‘ suyagi, tanglay va yonoq suyaklari;

b) harakatchan suyaklar: pastki jag‘, til osti suyagi va eshituv suyakchalari

(bolg‘acha, sandoncha, uzangi).

Kallaning miya qismi suyaklari

Bu turkum suyaklar kalla gumbazi suyaklari va kalla asosini hosil qiluvchi

suyaklarga boiinadi. Kalla gumbazini peshona suyagining pallasi, tepa suyagi,

ensa suyagining pallasi, chakka suyagining tanga qismi va ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi (41-, 42-rasm).

Yangi tugilgan chaqaloqda kalla gumbazi asosiga nisbatan katta (43-

rasm). Bola hayotining birinchi yilida kalla gumbazi tez o‘sadi va bola bir yoshga toiganida uning uzunligi katta odam boshining 1/2 ga teng boiadi. Keyinchalik uning o‘sishi sekinlashib 20 yoshda doimiy shaklni oladi. Bir yoshgacha

bo‘lgan bolaning kalla gumbazi suyaklari elastik boiib, ularda zich (kompakt)

qavat yaxshi takomillashgan. Tashqi plastinka, diploe va ichki plastinka o'rtasida maium chegara bo‘lmagani uchun bola kalla suyagi lat yeganda ichki qatlami ko‘chmaydi.

Kalla gumbazi suyaklarining tashqi yuzasi silliq boiib, faqat choklar sohasidagina biroz g‘adir-budurliklar bor. Suyaklaming ichki yuzasi ham tekis bo‘lib, bola 5-6 oylik boiganida miya qattiq pardasi o‘rta arteriyasi egati, vena bo‘shliqlari (sinus) egati paydo boia boshlaydi. Katta bolalarda kalla gumbazi suyaklari tashqi va ichki zich qatlamdan va ular o‘rtasida joylashgan g‘ovak moddadan iborat boiadi. Suyaklami ichki yuzasida suyak usti pardasi boimay, miya qattiq pardasi unga yopishib turadi.

Kalla suyagining miya qismi asosini ensa suyagining asos va lateral qismlari, ponasimon suyak, chakka suyagining toshsimon qismi, g‘alvirsimon suyakning g'alvirsimon plastinkasi hosil qiladi.



Yangi tugilgan chaqaloq kalla suyagining asosi sagittal yo‘nalishda cho‘- zilgan, ko‘ndalangiga toraygan. Bola hayotining birinchi 7 yilida suyakning bu qismi bir tekis o‘sadi va uning uzunligi katta odam kallasi asosini 1/2 ga teng boʻldi.Ensa suyagi Ensa suyagi (os occipitale) kallaning miya qismining orqa pastki sohasini hosil qiladi (44-, 45-rasm). Unda ensa suyagini asos, lateral qismlari va ensa suyagini pallasi tafovut qilinadi. Bu qismlar o‘zaro birikib, kalla bo‘shlig‘ini umurtqa kanali bilan qo‘shuvchi katta teshikni (foramen magnum) hosil qiladi.Ensa suyagining asos qismi (pars basilaris) katta teshikni old tomonida joylashgan bo‘lib, 18-20 yoshlarda ponasimon suyak tanasiga qo‘shilib ketadi Uning miya yuzasi tamov shaklida boiib, ponasimon suyak tanasi bilaii birgalikda yuza nishabni (clivus) hosil qiladi. Uning lateral chekkasida pastki toshsimon sinus egati (sulcus sinus petrosi inferioris), pastki yuzasida halqum do‘mboqchasi (tuberculum pharyngeum) ko‘rinib turad
Download 10,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish