Mavzu: Son va chov churrasi— alomatlari, tasnifi, tashxislash, operatsiya o’tkazish, asoratlari
Bajardi: Abbosova Maftuna 442 gurux
Tekshirdi:_________________________ 2021 yil
Chov churrasi— chov kanalning bo’shlig’iga qorinpardaning (lot. peritoneum) patologik chiqishidir. Erkaklarda sezilarli darajada ko’proq qayd qilinadi (xavfi erkaklarda 27%, ayollarda esa 3%). Chov kanali uchburchakli kesishish bo’lib, unda ayollarda bachadonning yumaloq boylami, erkaklarda esa urug’ tizimchasi (funiculus spermaticus) o’tadi. Chov churrasi (grijasi) qorin old devorining eng keng tarqalgan churralaridan biridir.
Qisilgan churrada churrali bo’rtma va uning tarkibi fiziologik holatiga qayta olmaydi. Qisilgan bo’lmasa, churra mustaqil ravishda o’z o’rniga qaytishi mumkin.
Bundan tashqari, tug’ma va orttirilgan churralar farq qilinadi. Tug’ma churra (grija) bachadon ichida rivojlanish patologiyalari natijasida yuzaga keladi, orttirilgani esa qorin bo’shlig’ida bosimning ahamiyatli ko’tarilishi epizodlaridan keyin, masalan og’ir yuk ko’tarish va shu kabi harakatlardan so’ng.
ETIOLOGIYASI Turtki bo’luvchi omillar: qorinpardaning qin o’simtasi bitib ketmasligi, tana vaznining pasayishida chov kanali sohasida yog’ to’qimalarining atrofiyasi, semirib ketishda mushaklarning degeneratsiyasi. Rivojlanishning embrional davrida (homiladorlikning 6-8 oyi) chov kanalidan moyak, erkaklarda urug’ tizimchasi va ayollarda bachadonning aylana boylamlari o’tishik anatomik moyillik yaratadi, ular esa turtki bo’ladigan omillar ta’sirida churraga olib kelishi mumkin. Hayotning 7-oyiga kelib qin o’simtasi bitib ketishi 35% hollarda, 12-oyga kelib 41% va kattalarda 90% hollarda qayd qilinadi. Tug’ma churrada urug’ tizimchasi elementlari churra xaltasi bo’ylab (uning orqa devori) yassilangan va u bilan intim bog’liq bo’ladi, moyak churra xaltasining devorida yotadi va uning qobig’i xalta bo’shlig’iga chiqib turadi.
PATOGENEZI Churra yuzaga kelishi mexanizmi nuqtai nazaridan kelib chiqib, churraning ikkita tubdan farq qiluvchi ikkita turi mavjud: elastik va axlatli (fekal).