Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

endoabdominalis)ning bir qismi bo‘lib, qorinning old-yon devorini ichki tomon-
dan qoplaydi. Qorinning yuqorigi qismida bu fassiya yupqa bo‘lib, pastga tomon
qalinlashib boradi, kindik sohasida qalin bo‘lib, kindik fassiyasi (fascia umbilica-
lis) deb ataladi. O‘zining eng pastki, chov boylami yaqinidagi qismida ko‘ndalang
fastsiya zichlashib, qalinlashadi va yonbosh-qov tizimchasi (tractus iliopubica)
nomini oladi. Yonbosh-qov tizimchasiga chov kanalini plastika qilish chog‘ida
choklar qo‘iladi, chunki u qo‘ndalang fastsiyaning yuqorigi yupqa qismlariga nis-
batan mustahkam bo‘lib, chok qo‘yilganda titilib ketmaydi.
Urug‘ tizimchasining tarkibiy qismi qorin bo‘shlig‘idan chiqib ketadigan
sohada, ko‘ndalang fasotsiyada, voronkasimon chuqurlik hosil bo‘ladi (chov kanali-
171-rasm. Chov kanalining orqa va yuqori devorlari.
a-chov oralig‘ining oval-yoriqsimon shaklida; b-chov oralig‘ining uchburchak
shaklida.
1-tashqi qiyshiq muskul aponevrozi (kesib ochilgan); 2-ichki qiyshiq muskul
aponevrozi (kesib ochib qo‘yilgan); 3-ko‘ndalang muskul; 4-ko‘ndalang
fastsiya; 5-chuqur (ichki) chov halqasi; 6-chuqurchalararo (Gesselbax)
boylam; 7-chov o‘rog‘i; 8-qaytuvchi boylam (chov boylamining chuqur
(uchinchi) oyoqchasi); 9-yuza (tashqi) chov halqasi; 10 - ko‘ndalang
fastsiyaning hech nima bilan qoplanmagan “zaif” joyi.


242
172-rasm. Gipogastral
sohaning
topografiyasi (sxema):
a - sog‘lom odamda
medial chov chuqur-
chasi orqali o‘tkazilgan
sagittal kesim; to‘g‘ri
chov churrasida medial
chov chuqurchasi or-
qali o‘tkazilgan sagittal
(b) va ko‘ndalang (v)
kesimlar.
1-tashqi qiyshiq mus-
kul aponevrozi; 2-ichki
qiyshiq muskul; 3-
ko‘ndalang muskul; 4-
ko‘ndalang fassiya; 5-
pariyetal qorinparda;
6-medial chov churrasi;
7-urug‘ tizimchasi; 8-
chov boylami; 9-churra
darvozasi; 10-churra
qopchasi; 11-tashqi
chov chuqurchasi; 12-
pastki epigastral tomirlar; 13-kindik arteriyasi; 14-obliteratsiyalangan uraxus
(siydik yo‘li); 15-to‘g‘ri muskul g‘ilofi.
ning ichki halqasi), ya’ni moyak pastga tushayotganda xuddi qo‘lqopning
barmog‘iday o‘zi bilan birga ko‘ndalang fassiyani ham chov kanaliga va undan
yorg‘oqqa olib kiradi. Shunday qilib, urug‘ tizimchasining umumiy g‘ilof pardasi
bo‘lgan fascia spermatica interna – ko‘ndalang fassiyaning bo‘rtig‘idir (172 va
168-rasm a,b).
Ko‘ndalang fassiya pastda taroqsimon boylamga (medial tomonda) hamda
yonbosh fassiyasiga birikadi (lateral tomonda), ichkarida qorin to‘g‘ri muskuli
g‘ilofining orqa tomonini (yoysimon chiziqqacha) va to‘g‘ri muskulning orqa yuza-
sini qoplab (yoysimon chiziqdan pastda), oq chiziq bo‘ylab pariyetal qorinparda-
ga yopishadi, tashqarida esa belning chuqur muskullarining fassiyasiga, yuqorida –
diafragma fassiyasiga, pastda tos ichi fassiyasiga davom etadi.
Qorinparda oldi kletchatkasi (tela subserosa) qorinpardaning pariyetal
varag‘ini ko‘ndalang fassiyadan ajratib turuvchi yog‘ qatlami bo‘lib, qorinning
orqa devoridagi qorinparda orti kletchatkasiga, pastda tosning kletchatkasiga
davom etadi. Qorinparda oldi kletchatkasi qorinning oldingi devorida yupqa qat-
lam ko‘rinishida bo‘ladi, oq chiziq va kindikda bo‘lmaydi.
Qorinparda oldi kletchatkasida a.epigastrica inferior et a.circumflexa ilium
profunda va ularning venalari o‘tadi. A.epigastrica inferior tashqi yonbosh ar-
teriyasidan boshlanib, ichki va tashqi chov chuqurchalari orasidan, pastdan yuqo-
riga, tashqaridan ichkariga, kindik tomonga yo‘nalib, to‘g‘ri muskul qiniga kir-


243
guncha qorinparda oldi kletchatkasida joylashadi. Bu arteriya qorinning old-yon
devorida kindikni yonbosh suyagining oldingi-ustki o‘tkir o‘sig‘i bilan tutashtiruv-
chi chiziq – linea spinaumbilicalis–ni uning ichki va o‘rta 1/3 qismlari orasida
kesib o‘tadi. Shu sababli, qorin bo‘shlig‘ini punksiya qilishda troakar linea
spinaumbilicalisning o‘rtasidagi nuqtadan kiritiladi. Bunda, birinchidan, qorin us-
tining pastki arteriyasi shikastlanmaydi, ikkinchidan, troakar asosan, qorin devor-
idagi muskullarning aponevrozlari orqali o‘tadi (ichki qiyshiq muskulning esa
yupqa muskul tolalarini teshib o‘tadi).
Qorinpardaning devor oldi (pariyetal) varag‘i (peritoneum parietale) yu-
qorida diafragma fassiyasiga birikib, oldinda qorinning old-yon devorini ichki
tomondan qoplaydi va pastda chov boylamiga 1 sm yetmasdan orqaga burilib, tos
bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Demak, bu yerda ko‘ndalang fassiya bilan qorinparda
orasidagi yog‘ kletchatkasi bilan to‘lgan oraliq ancha qalin bo‘ladi. Shu yerda
qorinpardani kesmay turib, uni asta surish yo‘li bilan siydik yo‘lining pastki qismini
va siydik pufagini qorinpardadan tashqarida ochish mumkin.
Ushbu kletchatka bo‘shlig‘ida tashqi yonbosh tomirlari (vasa iliaca exter-
na) va ularning shoxlari hamda tashqi yonbosh limfa tugunlari joylashadi.
Qorinparda qorin old-yon devorining ichki tomonini qoplab, qorin devori-
ning ichki yuzasida o‘zining bir nechta hosilalarini hosil qiladi. Ularga kindik
burmalari va chuqurchalar kiradi (166-rasm).
Kindik burmalari 6 ta bo‘lib, bittasi kindikdan yuqoriga, qolganlari kindikdan
pastga yo‘nalgan:
1) jigarning yumaloq boylami, ligteres hepatis obliteratsiyalangan kindik
venasi, v. umbilicalis ustidagi burma bo‘lib, kindik chandig‘idan boshlanadi va
kindik kanali orqali yuqoriga va biroz o‘ngga yo‘nalib, jigarning vistseral yuza-
sidagi incisura lig. hepatisga boradi. Bu boylam bo‘ylab 2 tadan 4 tagacha vv.
paraumbilicales o‘tadi (163-rasm);
2) plica umbilicalis mediana siydik pufagining cho‘qqisini kindik bilan tu-
tashtiruvchi, o‘rta chiziq bo‘ylab joylashgan va obliteratsiyalangan siydik yo‘li,
urachusning ustidagi toq burmadir;
3-4) plicae umiblicales mediales siydik pufagining yon tomonlaridan kindik-
ka boruvchi obliteratsiyalangan aa.umblicalesning ustidagi oraliq kindik burma-
laridir;
5-6) plicae umbilicales laterales - aaet vv.epigastricae inferiores ustidagi
tashqi kindik burmalaridir.
Sanab o‘tilgan burmalar orasida, ularning boshlanish joylarida, 3 juft chu-
qurcha hosil bo‘ladi (166- va 168-a-rasmlar):
1) pufak usti chuqurchasi (fossa supravesicalis) - o‘rta va oraliq kindik bur-
malari orasida, siydik pufagi ustida joylashgan;
2) ichki chov chuqurchasi (fossa inguinalis medialis) - oraliq va tashqi kindik
burmalari orasida joylashgan;
3) tashqi chov chuqurchasi (fossa inguinalis lateralis) - tashqi kindik bur-
masining tashqarisida joylashgan.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish