Butunlay tilakka berilamiz. Ichki intilish bilan, butun vujudimiz bilan jimirlash holatini o’tkazamiz, o’tkazamiz



Download 34,5 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi34,5 Kb.
#791846
Bog'liq
Oktava mashqi


Oktava mashqi
1-qism:
Butunlay tilakka berilamiz. Ichki intilish bilan, butun vujudimiz bilan jimirlash holatini o’tkazamiz, o’tkazamiz. Buni quvonch hissi bilan, baxt hissi bilan amalga oshiramiz, buni kuchaytiramiz, butun vujudimiz bilan yanada, yanada kuchaytiramiz. Ko’zlarimiz yumilgan holatda butun ichki kuchimiz bilan quvonch o’chog’ini, baxt o’chog’ini, ichki intilish o’chog’ini yaratamiz. Butun ichki intilish o’chog’ini ishga solgan holda salomatlikka intilamiz, go’zallikka intilamiz, navqironlikka, tetiklikka intilamiz. Kuchga, qudratga tomon intilamiz. Ezgulik tomon intilamiz, intilamiz, intilaveramiz......
O’z idealimiz tomon, o’z idealimizni tasavvur qilgan holda shuni his etamiz va buni har bir hujayramizga jo qilamiz. Rezonansga qo’yib bering. To’lqinlangan holda, yaratuvchanlik uchun, quvonch uchun, qat’iyat bilan, o’z ruhiyatimiz kuchi bilan rezonans bilan birgalikda har bir hujayramizga kiritib boramiz. Xuddiki bahor quyoshi kabi, uning nurlari qalbimizga iliqlik olib kirgani kabi, xuddiki, sizning har bir hujayrangiz bahorda ochilayotgan g’uncha kabi kurtak yoza boshlamoqda, ochila boshlamoqda, qalbingiz ochila boshlamoqda. Buyuramiz, amr eta boramiz, hukm chiqaramiz. Xuddi sevib, sevilganimiz kabi, sevgan insonimiz buyurgani kabi, to’lqinni kuchaytiramiz, kuchaytiramiz va yanada o’stirib kuchaytira boramiz. Boshimiz tiniq, butunlay o’zimizni nazorat qilgan holda shu bilan bir vaqtning o’zida yaratib boramiz. Butunlay o’z idealimizni yaratamiz. O’z idealimiz bilan salomatlikka, kuchli irodaga intilamiz, olg’a, o’z idealimizdan kelib chiqqan holda olg’a. ezgulik, soflik, aniqlik, ishonchni, tasdiqni har bir hujayramizga, sochimizning har bir tolasiga, mushagimizga, tanamizning har bir burchagiga yo’llaymiz. Rezonans boshlanishi uchun rezonansning eng yuqori darajasiga yetishi uchun buni his qilamiz. Qayta qurish, asta sekinlik bilan bu holatimizni kuchaytiramiz, yana, yanada, yanada kuchaytiramiz. O’z harakatimizni kuchaytiramiz. Kuchli harakatlarimizni kuchaytiramiz. Tasdiqni kuchaytiramiz.

Men kuchman,


Men qudratman,
Men salomatlik,
Men buyuklik,
Men go’zallikman,
Men mehrman,
Men muhabbatman,
Men yaratuvchanlik kuchiman
Kuchliroq, yanada kuchliroq, o’zimizni tan olgan holda ajib bir mo’jizakor kuch bilan tan olgan holda buyuramiz.

2-qism:
Endi bundanda kuchliroq variantda tasavvur qilamiz. Kuchli xohish, kuchli istak bilan ongingizda qanday bo’lishingizni xohlasangiz xuddi o’shandayligingizni tasdiqlang. Ichki nigohingizni butun tanamizga jo qilamiz. Buyuk yaratuvchanlik kuchi bilan amr qilamiz va buyuramiz. Endi o’z idealimizni yanada tasavvur qilgan holda yana eslaymiz. Xohlang idealingizda siz raqs tushayotgan, xohlang suvda suzayotgan, xoh osmonda uchayotgan va xoh o’rmonda sayr qilayotgan bo’lishingiz mumkin. Benuqson, navqiron idealimizni tasavvur qilamiz. Va buni amalda bo’ysundiramiz. O’z idealimizni butun vujudimiz bilan his etamiz.


Endilikda xotirjam, o’ziga ishongan holda o’z kelajagingizni tasavvur qiling. Ertangi kuningizga ishongan holda o’z idealigingizni ko’ring. Bu ideal albatta ro’yobga chiqadi deng. Ro’yobga chiqadi. O’z qadr-qimmatingizni bilang. Albatta buni amalga oshishini va buni siz amalga oshira olishingizni biling. O’z kuchingizni biling, o’z qudratingizni biling. Siz katta harflarda yoziladigan hazrati insonsiz. Siz buyuk insonsiz. Buyuramiz,
Men salomatlik,
Men quvonchman,
Men mehrman,
Men muhabbatman,
Men baxtman.
Men oilamning tayanchiman.
Shunchaki ertangi kuningizni tasavvur qilgan holda men baxtman, men quvonchman, men salomatlikman deya ta’kidlang. Buni mehr bilan, muhabbat bilan amalga oshiring. O’zingizda kuchni, qudratni his eting. O’zingizda Allohdan ajratilgan kuchni his eting, Allohning bir bo’lagi ekanligingizni his eting. O’zingizni anglaganingiz sari Allohni anglab borasiz. O’zingizga ta’kidlang
Men baxtman,
Men qudratman,
Men kuchman,.
Men buyuk yaratuvchanlikman va shu bilan buyuk yaratilgan narsalarni his eting. Tanangizning har bir hujayrasiga, har bir burchagiga mana shu kuchni, mana shu tasavvurni kirib borayotganligini his eting. Tasavvur qiling, har bir soch tolangizga, har bir hujayrangizga sochib yuboring. Rezonans holati. Tasavvur qiling va tasdiqlang.
Men xushkayfiyat,
Men ezgulikman,
Men kuchman
Men qudratman deb ta’kidlang. Har bir hujayrangizga o’z baxtingizni, salomatligigingizni yo’llang. Kuch-qudratingizni yo’llang va shunday deb ta’kidlang. Siz buni albatta amalga oshirasiz.
Download 34,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish