Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qon bilan ta’minlanishi. Jigar qon tomir sistemasining xususiyati shunda-
ki, unga qon 2 ta tomir: xususiy jigar arteriyasi va darvoza venasi orqali keladi.
Xususiy jigar arteriyasi qorin o‘zanining shoxi bo‘lgan umumiy jigar arteri-
yasining tarmog‘idir. Arteriya jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami varaqlari orasida
umumiy o‘t yo‘lidan chapda joylashib, jigar darvozasiga yo‘naladi. Bu yerda u
o‘ng va chap shoxlarga bo‘linadi. O‘ng shox o‘t pufagiga pufak arteriyasini bera-
di va jigarning o‘ng bo‘lagini qon bilan ta’minlaydi, chap shox jigarning chap,
kvadrat va dumli bo‘laklarini qon bilan ta’minlaydi, biroq boshqa variantlar ham
bo‘lishi mumkin (184-rasm).
Jigarga qon olib keluvchi ikkinchi qon tomir darvoza venasi bo‘lib, u qorin
bo‘shlig‘ining hamma toq a’zolaridan venoz qonni olib ketadi.
Darvoza venasining yirik vena poyasi oshqozon osti bezi boshchasidan orqa-
da, ko‘pincha, 3 ta asosiy venadan: oshqozon va oshqozon osti bezidan olib ketuv-
chi taloq venasi, chambar ichakning o‘ng yarmi va ingichka ichakning hammasidan
venoz qonni olib ketuvchi yuqori tutqich venasi hamda chambar ichakning chap
yarmidan qon olib ketuvchi pastki tutqich venasidan tarkib topadi. Darvoza vena-
si hosil bo‘lishining boshqa variantlari ham bo‘lishi mumkin.
Jigar innervatsiyasida qorin chigalidan, sayyor va o‘ng diafragmal nervlar-
dan boruvchi nerv tolalari qatnashadi. Jigar darvozasi oldida ko‘rsatib o‘tilgan
manbalardan oldingi va orqa jigar chigallari shakllanadi, undan boshlanuvchi nerv
tolalari biriktiruvchi to‘qima qatlamlari orqali butun a’zoga tarqaladi.
Limfaning oqib ketishi. Jigarda yuza va chuqur olib ketuvchi limfa tomirlari
farq qilinadi. Jigar yuqori yuzasining yuza olib ketuvchi limfa tomirlari va jigar
venalarini kuzatib boruvchi chuqur tomirlar asosan ko‘krak bo‘shlig‘idagi limfa
tugunlariga, jigarning boshqa olib ketuvchi tomirlari esa qorin bo‘shlig‘idagi tu-
gunlarga quyiladi. Jigarning ko‘krak bo‘shlig‘iga kiruvchi limfa tomirlari diafrag-
mani teshib o‘tadi va diafragmadagi yoriqlar (diafragmaning to‘sh va qovurg‘a
qismlari orasida) va tomirlar teshiklari (aorta teshigi, pastki kavak vena teshigi)
orqali o‘tadi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida jigarning olib ketuvchi limfa tomirlari
qovurg‘aaro, diafragma (perikard oldi) va orqa ko‘ks oralig‘i (qizilo‘ngach oldi) tu-
gunlariga quyiladi.
Qorin bo‘shlig‘idagi tugunlarga quyiluvchi jigarning olib ketuvchi limfa


263
tomirlari uchun I bosqichdagi regionar tugunlar quyidagilardir: 1) umumiy va
xususiy jigar arteriyalari bo‘ylab joylashgan jigar tugunlari; 2) chap oshqozon
arteriyasi yo‘li bo‘ylab joylashgan tugunlar; 3) aorta va pastki kavak vena atrofi-
da joylashgan tugunlar (166-rasm).
Jigar, oshqozon va oshqozon osti bezi limfa tomirlari uchun II bosqichdagi
asosiy regionar tugunlar qorin arteriyasiga yaqin yotuvchi qorin tugunlaridir. Ji-
gar va qorin limfa tugunlarining qorin bo‘shlig‘idagi boshqa tugunlar bilan
bog‘lanishi 2 tomonlama limfaning oqib ketishiga imkon beradi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish