260
to‘sh oldi chizig‘igacha boradi. Pastki che-
gara ham X qovurg‘aaro sohada boshlanib,
nishab holatda yuqoriga va chapga qovurg‘a
yoyini kesib o‘tadi va VII chap qovurg‘a
tog‘ayi hamda chap V qovurg‘aaro sohada
yuqori chegara bilan tutashadi. Jigarning past-
ki chegarasi ancha o‘zgaruvchan (183-rasm).
Jigar 2 ta:
qabariq diafragmal va botiq
visseral yuzaga ega, keyingisi pastga va orqa-
ga qaragan bo‘lib, boshqa a’zolar hisobiga
hosil bo‘lgan botiqliklari bilan ularga taqalib
turadi. Bu a’zolar pastki o‘tkir qirra orqali bir-
biriga o‘tadi. Yuqori orqa qirg‘og‘i shu dara-
jada silliqlanganki, unga jigar diafragma yu-
zasining orqa qismi deb qaraladi. Jigarda 2
ta: o‘ng va (kichik) chap bo‘laklar bo‘lib, di-
afragmal yuzada jigarning o‘roqsimon boy-
lami yordamida 2 ga ajralgan.
Jigarning vis-
seral yuzasi chap bo‘ylama egat orqali
bo‘lingan bo‘lib, uning old qismidan jigarning yumaloq boylami o‘tadi, orqa qismi-
da esa fibroz tortma (qayish), ya’ni berk venoz yo‘l joylashadi.
Jigar o‘ng bo‘lagining pastki yuzasida chap bo‘ylama egatga parallel rav-
ishda o‘ng bo‘ylama egat joylashadi, uning oldingi bo‘limida o‘t pufagi, orqasida
– pastki kavak vena joylashadi. Ikkala bo‘ylama egatlar orasida chuqur ko‘ndalang
egat – jigar darvozasi joylashadi, undan oldinda kvadrat bo‘lak, darvozadan orqa-
da esa jigarning dumli bo‘lagi farq qilinadi.
Jigarning diafragma yuzasi diafragmaga tegib turadi,
visseral yuzasi turli
a’zolar (o‘ng buyrak va buyrak usti bezi, o‘n ikki barmoq va yo‘g‘on ichaklar,
oshqozon, qizilo‘ngach) ga yopishib turadi (180-rasm), buning natijasida visseral
yuzada shu a’zolardan o‘ymalar hosil bo‘ladi. Jigarga uning darvozasi orqali xusus-
iy jigar arteriyasi va darvoza venasi kiradi, umumiy jigar yo‘li va olib ketuvchi
limfa tomirlari chiqadi (184-rasm).
Jigar qorinparda bilan mezoperitoneal qoplangan: uning diafragmaga qaragan
orqa yuzasi qorinparda bilan o‘ralmagan (180-rasm). Jigarning seroz qobig‘i osti-
da fibroz qavat joylashgan bo‘lib, u Glisson kapsulasi deb ham ataladi. Jigar dar-
vozasi sohasida fibroz parda tomirlar bilan birga jigar
parenximasiga kiradi va
yupqa biriktiruvchi to‘qimali qobiqchalar holida uning bo‘lakchalarini o‘rab turadi.
Hozirgi vaqtda jigar jarrohligining muvaffaqiyatli rivojlanishi bilan jigar-
ning segmentar tuzilishi haqidagi tushunchalar keng tarqaldi.
Segment – jigarning yaqqol, alohida o‘z qon aylanishi, innervatsiya, o‘t va
limfa yo‘llariga ega bo‘lgan sohasidir. Bu jigarning shunday sohalarini qo‘shni
segmentlarga zarar yetkazmasdan jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashga imkon be-
radi. Segment – faqat fazoviy tushunchagina emas. U darvoza sistemasining tar-
moqlanish xususiyatlarini ham o‘zida aks ettiradi: segmentga darvoza venasining
yirik shoxi jigar arteriyasining shoxi bilan birga kiradi, o‘t yo‘li
hamda limfa
tomirlari esa segmentdan chiqadi. Darvoza venasining tarmoqlanishi doimiy (bir
183-rasm. Jigar va o‘t
pufagining
skeletotopiyasi.
261
xil) bo‘lmaganligi sababli, ilmiy izlanuvchilar jigar segmentlarining sonini turli-
cha keltiradilar.
Hozirgi vaqtda qon bilan ta’minlanish, o‘t va limfa oqish sohalariga mos
keluvchi jigarning segmentar bo‘linishining bir qancha sxemalari taklif etilgan.
Lekin eng tarqalgani Kuino sxemasi bo‘lib, unga ko‘ra, jigarda 8 segment farq
qilinadi (185-rasm). Bu sxemaga muvofiq jigarning o‘ng bo‘lagida V (parame-
diokaudal) va VII (paramediokranial) segmentlardan tashkil topgan o‘ng parame-
dian sektor hamda VI (laterokaudal) va VII (laterokranial) segmentlardan tashkil
topgan o‘ng lateral sektor farqlanadi. Jigarning chap bo‘lagida III (laterokaudal)
va IV (paramediokaudal) segmentlardan tashkil topgan chap paramedian sektor
hamda II (laterokranial) segmentdan iborat bo‘lgan chap lateral sektor tafovut
qilinadi. I (paramediokranial) segment chap dorsal segmentni hosil qiladi.
Jigarning boylam apparati massasi o‘rtacha 1,5 kg ga yetuvchi bu yirik a’zoni
yetarlicha mahkamlovchi baquvvat boylamlardan iborat. Jigarning toj boylami
uning orqa-yuqori yuzasini diafragmaning pastki yuzasiga frontal tekislik bo‘yicha
184-rasm.
Oshqozonning
qon bilan ta’minlanishi.
1–o‘t pufagi; 2–pufak yo‘li;
3–jigar o‘t yo‘li; 4–xususiy
jigar arteriyasi; 5–pastki
kavak vena; 6–pastki
diafragma arteriyalari; 7–
qorin arteriya poyasi; 8–
taloq; 9, 11– chap
oshqozon-charvi arteriyasi;
10–chap oshqozon
arteriyasi; 12–tushuvchi
chambar ichak; 13–chap
chambar arteriya; 14–
yuqori tutqich arteriyasi
va venasi; 15–o‘ng
chambar arteriya; 16–
ko‘tariluvchi chambar ichak; 17 - o‘ng oshqozon-charvi arteriyasi; 18–o‘ng
oshqozon arteriyasi; 19–oshqozon-o‘n ikki barmoq arteriyasi; 20–umumiy
o‘t yo‘li; 21–darvoza venasi.
185-rasm. Jigarning segmentli tuzilishi (Kyuneo chizmasi).
A–jigarning diafragma yuzasi; B–visseral yuzasi; V–darvoza venasining
segmentar shoxlari (visseral yuzadagi aks-tasviri).
262
mustahkam fiksatsiya qiladi. Jigarning o‘ng va chap tomonlarida boylam o‘ng va
chap uchburchak boylamlarga davom etadi. O‘roqsimon boylam sagittal tekislik
bo‘yicha diafragma va jigarning qavariq diafragma yuzasi orasida, uning o‘ng va
chap bo‘laklari chegarasida joylashadi.
Jigarning yumaloq boylami kindik bilan jigar darvozasi o‘rtasida, uning chap
bo‘ylama egatida joylashadi. Boylam o‘zida qisman
obliteratsiyalangan kindik
venasini tutadi. Jigarning oldingi qirg‘og‘ida o‘roqsimon va yumaloq boylamlar
o‘zaro qo‘shiladi.
Jigarning visseral yuzasidan pastga tomon jigar-oshqozon, jigar-o‘n ikki bar-
moq va jigar-buyrak boylamlari ketadi.
Jigarning fiksatsiyasida,
pars nuda va aytib o‘tilgan boylamlardan tashqari,
o‘ziga jigar venalarini qabul qiluvchi pastki kavak vena, shuningdek, qorinning
ichki bosimi, diafragma va qorinning old-yon devori muskullarining tonusi ma’lum
rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: