Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qon bilan ta’minlanishi. O‘t pufagi pufak arteriyasi (acystica) orqali ar-
terial qon oladi. U esa o‘ng jigar arteriyasidan boshlanadi. O‘ng jigar arteriyasidan
boshlanadigan joyida pufak arteriyasini qidirib topishda ichki mo‘ljal bo‘luvchi
Kalo uchburchagi ajratiladi. Bu uchburchakning yon devorlarini jigar o‘t yo‘li va
o‘t pufagi yo‘li, asosini o‘ng jigar arteriyasi hosil qiladi. Uchburchak ichidan o‘ng


264
jigar arteriyasidan boshlanuvchi pufak arteriyasi o‘tadi (186-rasm).
Limfa o‘t pufagidan yig‘iladi va o‘t pufagi bo‘yinchasi sohasida joylashgan
limfa tugunidan o‘tadi. Bu tugundan limfa o‘n ikki barmoq ichakning yuqori
qirg‘og‘i yaqinida, jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami asosiga, uning yonida
joylashgan boshqa yirik kollektorga qarab oqib boradi.
O‘t yo‘llari. O‘ng bo‘lakning ichki o‘t yo‘llari o‘ng jigar yo‘lini, chap
bo‘laginiki – chap jigar yo‘lini hosil qiladi. Bu o‘t yo‘llarining o‘zaro qo‘shilishi
natijasida umumiy jigar yo‘li ( ductus hepaticus) hosil bo‘ladi.
O‘ng jigar yo‘li, ko‘pincha, jigar darvozasida, ba’zan jigar parenximasida
joylashadi. Odatda u o‘ng darvoza venasidan yuqorida va orqada joylashadi. O‘ng
jigar arteriyasiga nisbatan u yuqorida, ba’zan undan orqada yotadi.
O‘ng jigar o‘t yo‘li o‘t pufagi bo‘yinchasidan 1-2 sm orqada joylashgan.
O‘ng jigar o‘t yo‘lining uzunligi o‘rta hisobda 0,7 sm ni, diametri 0,2-1,2 mm ni
tashkil qiladi.
Chap jigar o‘t yo‘li jigar to‘qimasidan tashqarida joylashib, aksari hollarda
ko‘ndalang egatda, jigarning kvadrat bo‘lagi orqa qirg‘og‘ining orqasida yotadi. Dar-
voza venasining chap tarmog‘iga nisbatan u oldinda va ustida joylashadi. Uning uzunligi
va diametri o‘ng jigar yo‘lnikidan kattaroq bo‘lib, ko‘proq magistral tuzilishiga ega.
Umumiy jigar o‘t yo‘li darvoza venasi bifurkatsiyasi oldida o‘ng va chap
jigar yo‘llarining qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Umumiy jigar yo‘lining
boshlanishi jigar kvadrat bo‘lagining pastki qirg‘og‘i o‘rtasidan 1-1,5 sm distal
va 1 sm o‘ngda joylashadi.
186-rasm. Jigar-o‘n ikki barmoq
boylamining tarkibi.
A (jigar-o‘n ikki barmoq
boylamining oldingi varag‘i olib
tashlangan):
1–
ductus
hepaticus
; 2–
a

hepatica
propria
; 3–
v

portae
; 4–
a

hepatica
comminis
; 5–
a

gastrica
dextra
; 6–
p a n c r e a s
; 7–oshqozon; 8–
duodenum
; 9–
a

gastroduodenalis
;
10–
ductus
c h o l e d o c h u s
; 11–
foramen
epiploicum
(
Winslowi
);
12–
ductus
cysticus
; 13–xususiy
jigar arteriyasining o‘ng shoxi va
undan boshlanuvchi pufak
arteriyasi; 14–o‘t pufagi (unda
pufak arteriyasi va uning shoxlari
ko‘rinib turibti); 15–jigar.
B (charvi teshigiga barmoq
kiritilgan):
1–chap buyrak; 2–chap buyrak usti
bezi; 3–qorin aortasi; 4–jigar; 5–
pastki kavak vena; 6–jigar
arteriyasi; 7–darvoza venasi; 8–
umumiy o‘t yo‘li.


265
Umumiy o‘t yo‘li (ductus choledochus) pufak yo‘lining umumiy jigar yo‘liga
quyiladigan joydan pastda boshlanib, o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi
qismiga, ko‘pgina hollarda uning o‘rtasiga yoki undan pastroqqa quyiladi. Uning
uzunligi o‘rta hisobda 5-8, diametri 0,5-0,7 sm dir.
Ductus choledochus o‘rta chiziqdan 3-4 sm tashqarida joylashib, o‘n ikki
barmoq ichak bilan kesishgan joyida yoy hosil qiladi va tepadan pastga yo‘naladi.
Umumiy o‘t yo‘lini 4 qismga bo‘lish ma’lum ahamiyatga ega. 1-qismi – pars
supraduodenalis, o‘n ikki barmoq ichakning yuqori gorizontal qismining tepasida,
jigar-o‘n ikki barmoq boylami ichida (uning o‘ng qirg‘og‘ida) joylashgan (186-rasm).
Umumiy o‘t yo‘li bu qismining uzunligi 0,3 dan 3,2 sm gacha bo‘lib, xususiy jigar
arteriyasining o‘ng tomonidan o‘tadi. Jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami ushlan-
ganda, o‘t yo‘lini bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan osongina palpatsiya qilish
mumkin. Umumiy o‘t yo‘lining 2-qismi - pars retroduodenalis, o‘n ikki barmoq ichak
yuqori gorizontal qismining orqasida va pylorusdan 3-4 sm tashqarida o‘tadi. Bu yer-
da o‘t yo‘lidan chapda darvoza venasi, o‘ngda oshqozon-o‘n ikki barmoq arteriyasi
joylashadi. 2-qismning uzunligi o‘rta hisobda 1,8 sm ga teng. Umumiy o‘t yo‘lining
3-qismi – pars retropancreatica oshqozon osti bezi boshchasining orqasidan yoki uning
parenximasi orqali o‘tadi. Pars retropancreatica pastki kavak venaning o‘ng yon-
boshiga tegib turadi. U esa o‘t yo‘lidan chapda va orqada joylashgan. Bu yerda umumiy
o‘t yo‘lini qiyshiq yo‘nalishda darvoza venasi kesib o‘tadi. 3-qismning uzunligi 2,9
sm. Umumiy o‘t yo‘lining 4-qismi o‘n ikki barmoq ichakning ichida joylashib, uzun-
ligi 1,6 sm ga teng. U qiyshiq yo‘nalishda o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi
qismining orqa medial devorini uning o‘rta 1/3 ida teshib o‘tadi va o‘n ikki barmoq
ichakning shilliq qavatidagi bo‘ylama burmaga ochiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish