Portlovchi materiallarning yer usti va yarim yer osti qisqa muddatli omborlar
Reja:
1.Doimiy omborlar
2.Vaqtinchalik omborlar
3.Chuqurlashtirilgan omborlar
4.Yer osti omborlari
Omborlar tasnifi
Sanoat portlovchi moddalari saqlanadigan ombor deganda yordamchi
inshootlar bilan umumiy chegaralargan hududda joylashgan bir yoki bir nechta
saqlash binolari majmuasi tushuniladi.
Portlovchi moddalarni saqlash muddati bo‘yicha omborlar
quyidagilarga bo‘linadi:
1.Doimiy omborlar– saqlash muddati 3 yildan ko‘p;
2.Vaqtinchalik omborlar– saqlash muddati 3 yilgacha;
3.Qisqa muddatli omborlar– saqlash muddati 1 yilgacha bo‘lgan omborlar.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar er yuzasiga nisbatan joylashishi
bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1. Er yuzasida joylashgan omborlar - ombor binosining asosi er yuzasida
joylashadi;
2. YArim chuqurlashtirilgan omborlar – ombor binosining ko‘pi bilan
karnizigacha er ostida qolgan qismi esa er yuzasida joylashadi.
3. CHuqurlashtirilgan omborlar – omborxona binosi er ostida joylashib,
bino ustidagi grunt qalinligi 15 m gacha bo‘ladi;
4. Er osti omborlari- ombor binosi ustidagi grunt qalinligi 15 m dan oshadi.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar qanday maqsadda qo‘llanilishi
bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
• 1. Bazis (asosiy) omborlar;
• 2. Sarflovchi omborlar.
Bazis omborlar
Portlovchi moddalar saqlanadigan bazis omborlar sarflovchi omborlarni
portlovchi moddalar bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bazis omborlarda
portlovchi moddalar qadog‘ini buzish va ularni portlatuvchiga tarqatish qat’iy
ta’qiqlanadi. Faqatgina katta hajmdagi portlatish ishlarini olib borish talab etilganda
sarflovchi ombor xodimiga bazis omboridan portlovchi moddalarni portlatish ishlari
bajariladigan joyga olib borishga ruxsat etiladi, bunda ro‘yhatga olish kitobidagi
shakllar bazis omborida rasmiylashtiriladi. Bazis ombori binosi er yuzasida
joylashgan, yarim chuqurlashtirilgan va chuqurlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Har
bir ombor hududida portlovchi materiallarni sinash uchun laboratoriya va poligon
bo‘lishi shart.
Portlovchi materiallar turiga bog‘liq holda bazis ombori alohida binolarida
quyidagi miqdorlarda portlovchi materiallar saqlanishi mumkin: tarkibida suyuq
nitroefirlar 15% dan ko‘p bo‘lgan portlovchi moddalar – 60 t; ammiak selitrali PM
lar, trotil va uning boshqa nitrobirikmalar bilan qorishmalari, tarkibida suyuq
nitroefirlar 15% dan kam bo‘lgan PMlar 240 t; tutaydigan va tutamaydigan
porox – 120 t; DSH va detonatorlar uchun (idishi bilan birgalikda) – 120 t;
portlatgich o‘rnatilgan perforator snaryadlari uchun (idishi bilan birgalikda) – 120
t; OSH – cheklanmagan.
Sarflovchi omborlar
Sarflovchi omborlar portlovchi materiallarni tarqatish uchun xizmat qiladi.
Sarflovchi ombor binosi er yuzasida joylashgan, yarim chuqurlashtirilgan,
chuqurlashtirilgan va er ostida joylashgan bo‘lishi mumkin. Sarflovchi ombor
alohida saqlovchi binosida quyidagi miqdorlarda PMlar saqlanishi mumkin: doimiy,
er yuzasida joylashgan omborlarda 60 t dan oshmasligi, vaqtinchalik omborlarda esa
25 t dan oshmasligi shart.
Doimiy, er yuzasida joylashgan ombor barcha saqlovchi binolarida
quyidagi miqdorlarda PM saqlanishi mumkin: portlovchi modda 120 t gacha;
detonatorlar 250000 tagacha; OSH cheklanmagan va DSH 100000 m. Vaqtinchalik,
sarflovchi ombor barcha saqlovchi binolarida PM – 75 t, detonatorlar 100000 ta,
OSH - cheklanmagan va DSH-50000 m.
Sarflovchi omborlarda o‘quv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun bitta
xonada 10 kg gacha PM, 500 donagacha detonatorlar va shunga mos holda OSH va
DSH larni saqlashga ruxsat beriladi. Bunda yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi PM
va portlatish vositalari bitta xona ichida joylashgan alohida seyflarda sqalanadi.
Bunday xonalar devorlari va tomi yonmaydigan materialdan bo‘lishi, ushbu
xonaning yon toaonlaridagi va usti hamda ostida joylashgan xonada odamlar doimiy
ish joyi bo‘lmasligi lozim. SHuningdek mazkur xonaning eshigi olovga bardoshli
materialdan tayyorlangan bo‘lishi va olovga bardoshliligi 0,75 soat dan kam
bo‘lmasligi zarur.
Omborlarga qo‘yiladigan talablar
Domiy omborlar (er yuzasida joylashgan va yarim chuqurlashtirilgan)
quyidagi bino va inshootlar uchun maxsus ajratilgan hudud (maydon)ga ega bo‘lishi
kerak: PM va portlatish vositalari saqlanadigan bino; I, III va IV guruh PM lari
yashiklari hamda OSH va DSH qiyqimlari uchun bino; ammiak selitrali PMlarni
tayyorlash uchun uchun bino va maydon, qorovul minoralari, qo‘riqlovchi itlar
uchun maxsus budkalar, laboratoriya va poligonlar, yong‘inga qarshi vositalar uchun
saroy, suv havzasi, kirish-chiqishni nazorat qilish uchun budka (qorovulxona
bo‘lmaganda).
Devor tashqarisidan 50 m masofa ta’qiqlangan hudud hisoblanadi va ushbu
hudud engil alangalanuvchi xas-cho‘plardan tozalangan bo‘lishi shart.
PM saqlanadigan bino devorlari yonmaydigan materialdan quriladi.
Bunda ombor binosining ichki tomoni oqlangan bo‘lishi shart. Ombor binosining
poli yog‘ochdan, asfaltdan, betondan va loyli-betondan qilinishi mumkin. Tutovchi
poroxlar saqlanadigan bino poliga mata to‘shalishi shart. Bino oynasi yorqin rangga
bo‘yalgan po‘lat panjara yoki to‘r bilan qoplangan bo‘ladi. Ombor binosiga kirish -chiqish eshiklari soni shundan aniqlanadiki bunda PM saqlanayotgan joydan
eshikkacha bo‘lgan maksimal masofa 15 m dan oshmasligi kerak.
Omborlarda PMlarni joylashtirish tartibi
PMlar omborda quyidagi tartibda joylashtiriladi: YAshiklardagi PM lar, I va
IV guruh PMlari porox bilan birgalikda faqat stellajlarda, bunda stellajlar yoki
shtabellar orasida 1,3 m kenglikda o‘tish yo‘lagi qoldiriladi. Portlovchi modda
yashiklari I, III va IV guruh PM lari bilan birgalikda saqlanganda yashiklarni bir-birining ustiga qo‘yish ta’qiqlanadi. YAshiklar va II guruh MPlari qoplarini
stellajda bir-birining ustiga joylashtirishga ruxsat etiladi.
Bunda stellajdagi polkalar balandligi shunday tanlanishi kerakki yashik
(qop) va yuqoridagi polka orasida 4 sm balandlikdagi bo‘sh joy qolishi kerak.
Polka kengligi bo‘yicha yashiklarni faqat bir qatorga taxlash kerak. Stellaj va
shtabellar devordan 20 sm uzoqlikda joylashishi kerak. Bitta shtabelda faqat bir xil
vazndagi yashiklar yoki qoplarni saqlashga ruxsat etiladi.
I, III va IV guruh PM lari uchun yuqori polka balandligi polga nisbatan
1,7 m dan, boshqa PMlar uchun 2 m dan oshmasligi lozim. Tarkibida suyuq
nitroefirlar 15% dan ko‘p bo‘lgan Pmlar saqlanadigan ombor binosi mahalliy havo
harorati -20
o
S dan pasayganda suv yordamida yoki elektr toki yordamida isitish
moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Omborlarning jihozlanish tartibi
Elektr isitish pechlari PM saqlanadigan xonadan yonmaydigan devor bilan
ajratilgan alohida xonada joylashtirilib bunda isitish xonasi va PM saqlanadigan
xona devorida havo aylanishi uchun tuynukcha qoldiriladi va ushbu tuynukcha
metall to‘r bilan qoplangan bo‘ladi. Suv yordamida isitishda PM yashiklari va
qoplari isitish radiatoridan 1 m uzoqlikda joylashtirilishi shart.
Barcha turdagi doimiy omborlar ikki xil yoritish tizimiga ega bo‘lishi
kerak: ishchi va avariya vaqtidagi yoritish tizimlari. Ishchi yoritish tizizmi 220 V
gacha kuchlanishda ishlaydigan lampalardan tuzilgan bo‘ladi, bunda dugali
lampalardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Avariya holatida ombor binolarini yoritish uchun rudniklarda ishlatiladigan
akkumulyatorli yoritgichlar yoki quruq batareyali fonarlardan foydalanishga ruxsat
etiladi (bunda agar fonar korpusi metall bo‘lsa rezina g‘ilof kiydiriladi).
Omborning barcha binolarida elektr tarmog‘i orqali yonadigan ko‘chma
lampalardan foydalanish ta’qiqlanadi. Er yuzasida joylashgan PM
omborlarida (qisqa muddatli omborlardan tashqari) qorovulxona va qorovul posti
orasida ikki tomonlama telefon aloqasi, yorug‘lik orqali yoki ovozli signalizatsiya
bo‘lishi lozim. Qorovulxona telefoni yong‘in muhofazasi, korxona ma’muriyati va
militsiya bilan aloqada bo‘lib turishi uchun yaqinda joylashgan kommutatorga
ulangan bo‘lishi lozim.
Barcha PM omborlari yong‘inga qarshi suv uzatish qurilmalari va isitgichli
suv havzasi hamda etarli miqdorda yong‘inga qarshi vositalar (nasoslar, o‘t
o‘chirgichlar, suvli bochkalar, qum to‘ldirilgan yashiklar, narvon, chelak va h.k.)
bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. SHuningdek, ombor har bir binosi chaqmoqdan hi
moyalangan bo‘lishi lozim.
Doimiy ishlab turuvchi omborlar uchun PM larni saqlash huquqini beruvchi
hujjat 3 yil muddatga beriladi va omborda saqlanadi. PMlarni qabul qilib olish va
tashish uchun guvohnoma 6 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Sanoat pmlarini ro‘yhatga olish va tarqatish tartibi
Sanoat portlovchi moddalarini ro‘yhatga olish quyidagi 4 ta kitob asosida
amalga oshiriladi:
1.Portlovchi moddalar kirimi va sarfini hisobga olish kitobi;
2.Portlovchi moddalarni tarqatishni va ularning qaytimini hisobga olish
kitobi;
3. Naryad nakladnaya(yuk qog‘ozi);
4.Naryad(yuk) yo‘llanmasi.
Portlovchi modda kirimi va sarfini ro‘yhatga olish kitobi, 1-shakl bo‘yicha
rasmiylashtiriladi, mazkur kitob sahifalari raqamlangan, tikilgan va surguch pechat
yoki plomba yordamida nazorat qiluvchi organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi
shart. Ushbu kitob ombor mudiri tomonidan PM larni miqdor bo‘yicha hisobga
olish uchun bazis va sarflovchi omborxonada yuritiladi.
Har bir turdagi PM uchun alohida raqam ochilib mazkur turdagi PM
kundalik sarfinidan kelib chiqqan holda ma’lum sahifalar qoldiriladi. Har bir PM
turi bo‘yicha qoldiq sutka so‘ngida hisoblanadi.
Portlovchi moddalarni tarqatishni va ularning qaytimini hisobga olish
kitobi, 2-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib uning sahifalari raqamlanib, tikilgan va
nazorat qiluvchi organ tomonidan pechat yoki plomba bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Mazkur kitob sarflovchi ombor mudiri yoki tarqatuvchisi tomonidan
yuritiladi. Har sutka so‘ngida qaysi turdagi PMdan qancha tarqatilgan va qanchasi
qaytarilganligi hisoblanadi. 2-shakl bo‘yicha sutka davomida sarflangan PMlar har
kuni 1-shaklga ham yozib qo‘yiladi. .
Naryad nakladnaya (yuk qog‘ozi), 3-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib PMlarni
bir ombordan ikkinchisiga tashishda rsamiylashtiriladi. Naryad nakladnoy korxona
buxgalteriyasi tomonidan 4 ta nusxada tuzilib, korxona rahbari (bosh muhandisi) va
bosh hisobchi tomonidan imzolanib tasdiqlanadi va korxona hisobxonasidagi
maxsus kitobda tartib raqami, olingan sanasi va PMni qabul qilib oluvchining nomi
ko‘rsatilgan holda ro‘yhatga olinadi.
Naryad nakladnoy (yuk qog‘ozi) PMni qabul qilib oluvchiga beriladi
va omborxonadan PM olingandan so‘ng bir nusxasi Pmni qabul qilib oluvchiga
beriladi, bir nusxasi omborxonada saqlanadi va ikki nusxasi korxona hisobxonasiga
qaytariladi. Bunda korxona hisobxonasiga yuborilgan naryad nakladnaya (yuk
qog‘ozi) bir nusxasi ombordan qancha PM olinganligini hisobga olish uchun xizmat
qilsa ikkinchi nusxasi PMni oluvchiga yuboriladi.
Naryad (yuk) yo‘llanmasi, 4-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib
PMni ombordan portlatish ishlarini olib boriladigan joyga olib ketish uchun portlatuvchi
(portlatish ishlari ustasi) ga beriladi, uchastka boshlig‘i yoki uning yordamchisi, yoki smena
boshlig‘i tomonidan imzolanadi.
Portlatish ishlari ikki va undan ortiq portlatuvchi bilan amalga oshirilsa
naryad yo‘llanmasi katta portlatuvchi (portatish ishglari ustasi) ga rasmiylashtiriladi.
Ish smengasi tugagandan so‘ng portlatuvchi (portlatish ishlari ustasi) naryad
yo‘llanmasiga Pmning sarfini yozib o‘z imzosini qo‘yadi. Portlatish ishlari ustasi
(portlatuvchi) PM ortib qolganda omborga topshirishi shart. Ilgari olingan PM sarfi
bo‘yicha hisobot topshirmagan portlatuvchiga ombordan PM berilmaydi.
XULOSA
Men bu mavzu orqali portlovchi ashyolarni qisqa muddatda saqlash qanday sharoitlada saqlanishi qancha miqdorda bulishi kerakligini bilib ollim . Portlovchi ashyolar qisqa muddatda kamroq miqdorda yoki yoki massiv hajmi kichik buladigan bulsa ushanga ketadigan miqdordagi portlovchi ashyolar saqlanadi.