271
Oshqozon-chambar boylami
(lig.
gastrocolicum) – katta charvining proksi-
mal qismi bo‘lib, qorinparda duplikaturasidan iborat. U ko‘ndalang
chambar ichak-
ka charvi tasmasi
(taenia omentalis) bo‘ylab yopishgan. O‘zida turli miqdorda
yog‘ kletchatkasi va uncha boy
bo‘lmagan qon tomir kapillarlari
to‘rini tutadi. Shu sababli bu boy-
lamning
chap tomoni qirqilgan-
da deyarli qon chiqmaydi. Boy-
lamning oshqozon katta egriligi
yaqinidagi qismida o‘ng va chap oshqozon-charvi arteriyalari joylashgan.
Oshqozon-taloq boylami
(lig.
gastrolienale) – qorinparda duplikaturasi
bo‘lib, oldingi boylamning chapga va yuqoriga davomi hisoblanadi. Boylamning
varaqlari ikkiga ajralib, taloqni o‘raydi va yuqoriga tomon katta egrilik bo‘ylab
oshqozon-difragma boylamiga davom etib ketadi. Taloqning
yuqori qutbidan tep-
aga davom etuvchi oshqozon-taloq boylami duplikatura holida diafragma-taloq
boylamiga aylanadi. Boylam varaqlari orasida kalta oshqozon arteriyalarining 5-
6 va undan ortiq tarmoqlari shu nomdagi venalar bilan birga joylashgan. Oshqo-
zonni safarbar qilishda (ya’ni ajratib olishda) xuddi shu boylamdagi tomirlarni
bog‘lash kerak, qolgan yuza boylamlarni ularning tomirsiz joylarida kesish
mumkin.
Oshqozon-diafragma boylami
(lig. g
astrophrenicum) - bir
qavat qorinpardadan
iborat bo‘lib, qorinpardaning diafragmadan oshqozon tubi va qisman kardiyasiga o‘tishi
natijasida hosil o‘ladi. Chap tomonda bu boylam, bevosita, oshqozon-taloq boylamin-
ing yuza varag‘iga o‘tadi; o‘ng tomonda qizilo‘ngachni qoplab, diafragma-qizilo‘ngach
boylamini hosil qiladi. Boylam ostida g‘ovak kletchatka joylashadi.
Agar bir qo‘lni oshqozon ortidagi oshqozon-oshqozon osti bezi cho‘ntagiga,
ikkinchisini esa oshqozon tubining orqasiga yuqoridan kiritilsa, ikkala qo‘l bar-
moqlari orasida qorinparda duplikaturasi joylashadi; uning yuqorigi varag‘i oshqo-
zon-diafragma boylami bo‘lib, pastkisi – oshqozon-oshqozon
osti boylamidan ib-
orat. Bu ikkala boylam orasida, oshqozon devorida torgina seroz pardadan holi
bo‘lgan joy bo‘ladi.
Diafragma-qizilo‘ngach boylami
(lig.
phrenicooesophageum) -qorinpardan-
ing oshqozon-diafragma boylamidan jigar-oshqozon boylamiga (o‘ngga) o‘tishi
natjasida hosil bo‘ladi.
Jigar-oshqozon boylami
(lig.
hepatogastricum) - qorinparda duplikaturasi
bo‘lib, kichik egrilik sohasida joylashadi. Uning oshqozon kichik egriligiga o‘tish
192-rasm.
Oshqozonning
boylamlari chizmasi.
1-oshqozon-chambar boylami;
2-oshqozon-taloq boylami;
3 - o s h q o z o n - d i a f r a g m a
boylami; 4-diafragma-
qizilo‘ngach boylami; 5-jigar-
oshqozon boylami.
272
joyida qorinparda bilan qoplanmagan tor yo‘l hosil bo‘lib, uning eni yuqorida 1,3-
3,9 sm ni, pastroqda – 0,2-0,5 sm ni tashkil qiladi. Oshqozonni safarbar qilishda bu
joyni peritonizatsiya qilish, ya’ni qorin (seroz) parda butunligini tiklash kerak.
Jigar-pilorus boylami – jigar darvozasi bilan oshqozonning pilorik qismi
orasida joylashgan. U jigar-oshqozon boylamining o‘ngga davomi hisoblanadi.
Oshqozonning barcha yuza boylamlari frontal tekislik bo‘ylab joylashgan bo‘lib,
bundan faqat chuqurroq joylashgan oshqozon-diafragma boylami mustasnodir.
2) chuqur joylashgan boylamlar – oshqozonning orqa devori bilan qorin de-
vori orasida ko‘ndalangiga tortilgan.
Oshqozon-oshqozon osti boylami
(lig.
gastropancreaticum) -qorinparda
oshqozon osti bezining yuqori qirg‘og‘idan
oshqozonning tanasi, kardiyasi va tu-
biga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Boylamning erkin chekkasida
a.
gastrica sinistra bilan
v.
coronaria ventriculi joylashadi. Boylamning chapdagi 2/3
qismi bir qavatdan, o‘ngdagi 1/3 qismi qorinparda duplikaturasidan tuzilgan. Bu
boylamning uzunligi va kengligi turlicha bo‘lishi mumkin.
Pilorus-oshqozon osti boylami
(lig.
pyloropancreaticum) duplikatura holida
oshqozonning chiqish qismi bilan oshqozon osti bezi tanasining o‘ng qismi
oralig‘ida tortilgan.
Bu ikkala chuqur boylam orasida darcha – oshqozon-oshqozon
osti teshigi
joylashgan. 8 foiz hollarda bu teshik uchramaydi; unda uzluksiz oshqozon-oshqo-
zon osti boylami hosil bo‘ladi. Bunday boylam charvi xaltasini 2 ta alohida
bo‘shliqqa: kichik charvi bo‘shlig‘i va katta charvi bo‘shlig‘iga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: