Qorinparda
Qorinparda
(peritoneum)
qorin bo‘shlig‘i
devorini va uning ichida joylashgan a’zolarni
qoplagan seroz pardadir (122-, 123- rasm). U ikki:
qorin bo‘shlig‘i devorini qoplagan parietal qo-
rinparda va ichki a’zolarni o‘ragan visseral
qorinpardadan ibo- rat. Bu ikki varaq bir-birining
uzluksiz davomi bo‘lib erkaklarda tashqi muhit bilan
aloqasi bo‘lmagan (ayollarda bachadon nayi- ning
qorin teshigi orqali tashqi muhit bilan qo‘shiluvchi)
qo- rinparda bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Bu bo‘shliq
parietal va visse- ral qorinpardaning o‘rtasida tor
yoriq shaklida joylashadi. Uning ichida qorinparda
yuzasini namlab, a’zolarning erkin haraka-tini
ta’minlab turuvchi oz miqdorda- gi seroz suyuqlik
bo‘ladi. Qorinpar- daning umumiy sathi 1,71 m2 ga
teng bo‘lib, ust tomondan mezoteliy hu- jayralari bilan
qoplangan. Qorinparda bilan qorin devori o‘rtasida
tarkibida yog‘ to‘qimasi bo‘lgan seroz osti asosi bor.
Uning qalinligi hamma yerda bir xil emas. Diafragma
sohasida bu qat- lam bo‘lmay, qorinning orqa
devorida yaxshi rivojlanib buyrak, buyrak usti bezi va
boshqa a’zolarni o‘rab tura- di. Qorinparda qorin
bo‘shlig‘i devo- ridan a’zolarga yoki a’zolardan
a’zo- larga o‘tish joylarida burmalar, boy- lamlar,
chuqurchalar va tutqichlar hosil qiladi.
122-rasm. Qorinpardaning
erkaklar
qorin
bo‘shlig‘ida
yo‘nalishi.
Sagittal kesma:
1–jigarning
tojsimon
boyla- mi; 2–jigar; 3-
jigar-oshqozon
boylami;
4–charvi qopchasi;
5–oshqozon osti bezi;
6–ko‘ndalang
chambar
ichak tutqichi; 7–o‘n ikki
barmoq ichak; 8–ingichka
ichak tutqi- chining ildizi;
9–och ichak;
10–to‘g‘ri ichak; 11–to‘g‘ri ichak-qovuq chuqurchasi;
12–prostata; 13–siydik qopi;
14–yonbosh ichak; 15–katta charvi; 16–parietal
qorinpar- da; 17–qorin parda bo‘shlig‘i;
18–ko‘ndalang chambar ichak; 19–oshqozon;
20–diafragma.
Qorinning oldingi devorini qop- lagan parietal
qorinparda yuqoriga diafragmaning pastki yuzasiga
o‘tadi. Diafragmaning pastki yuzasidan qo- rinparda
o‘roqsimon boylam
,
tojsi- mon boylam, o‘ng va
chap uchbur- chakli boylamlarni hosil qilib jigarga
o‘tadi.
burma: toq o‘rtadagi kindik burmasi, juft medial
va lateral kindik burmala- rini hosil qiladi. O‘rtadagi
Qorinparda old tomondan jigarning o‘tkir qirrasini,
orqa tomondan orqa qirrasini aylanib o‘tib, uning
visseral yuzasini qoplaydi. O‘ng bo‘lakdan qo-
rinparda o‘ng buyrakning yuqori uchi- ga jigar-buyrak
boylamini hosil qilib o‘tadi. Jigar darvozasidan esa
qorin- pardaning ikki varag‘i-duplikatura- si
(bittasi darvozaga jigarning pastki yuzasini
old
tomonidan, ikkinchisi orqa qismidan) oshqozonning
kichik egriligiga jigar-oshqozon boy- lamini va o‘n
ikki barmoq ichakning yuqori qismiga jigar-o‘n ikki
barmoq ichak boylamini hosil qilib o‘tadi.
Bu ikkala boylam bir- birining davomi bo‘lib,
birgalikda kichik charvi deb ataladi. Oshqozonning
kichik egriligida jigar-oshqozon boylami ikki varaqqa
bo‘linadi. Uning oldingi va orqa devorini qoplab
oshqozonning katta egriligida ular yana birikadi.
So‘ngra ko‘ndalang chambar ichak va ingichka ichak
qovuzloqlari oldidan pastga tushib katta charvining
oldingi qatlamini hosil qiladi. Uning oshqozon katta
egriligi bilan ko‘ndalang chambar ichak o‘rtasidagi
qismi oshqo- zon-chambar ichak boylami deb ataladi.
Katta charvining oldingi qatlami ma’lum sohada
orqaga qayrilib, uning orqa qatlamini ho- sil qiladi.
Ko‘ndalang chambar ichakka yetib borgach, katta
char- vining orqa qatlami
ko‘ndalang chambar
ichakning charvi tasmasi va uning tutqichiga birikadi.
Ko‘ndalang chambar ichakning tut- qichidan
yuqorida bu qatlamlar parietal qorinpardaga o‘tib,
osh- qozon osti bezini old tomondan qoplaydi va
qorin bo‘shlig‘ining orqa devoriga o‘tib ketadi. Katta
charvining oldingi va orqa qat- lamlari o‘rtasida yog‘
kletchatkasi bo‘ladi. Qorinpardaning oshqo- zon katta
egriligidan chiqqan ikki varag‘i chapga
taloq
darvozasi- ga yo‘nalib, oshqozon-taloq boylamini,
oshqozonning kardial qis- mi bilan diafragma o‘rtasida
oshqozon-diafragma boylamini hosil qiladi. Qorinning
oldingi devorini qoplagan parietal qorinparda kindik
bilan qov simfizi o‘rtasida 5 ta
kindik bur- masida homilada qovuqning uchidan
kindikkacha boruvchi bitib ketgan siy dik yo‘li yotadi.
Medial kindik burmasida bitib ketgan kindik ar-
teriyasi, lateral burmada esa pastki qorin usti arteriyasi
joylashadi. Qovuq ustida o‘rta kindik burmasining
yon tomonlarida o‘ng va chap qovuq usti chuqurchasi,
medial va lateral burmalar o‘rtasida medial chov
chuqurchasi joylashadi. Lateral burmadan tashqari-
da lateral chov chuqurchasi bo‘lib, unga chov
kanalining chuqur teshigi to‘g‘ri keladi. Qorinning
old devorini qoplagan qorinpar- da yon tomonga
yo‘nalib o‘ng tomondan qorinning orqa devoriga o‘tib,
ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simtani hamma
tomon- dan o‘rab uning tutqichini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |