123-rasm. Qorinpardaning
ayollar qorin bo‘shlig‘ida
yo‘nalishi. Sagittal kesma:
1–jigarning
tojsimon
boylami; 2–jigar;
3–jigar-oshqozon
boylami;
4–charvi qop- chasi; 5–
oshqozon osti
bezi;
6–
ko‘ndalang chambar ichak
tutqichi; 7–o‘n ikki barmoq
ichak; 8–ingichka ichak
tutqichining ildi-
zi; 9–to‘g‘ri ichak; 10–
bachadon; 11–to‘g‘ri ichak-
bachadon chuqurchasi; 12–
siydik qo- pi; 13–to‘g‘ri
ichak-qovuq chuqurchasi;
14–yonbosh ichak; 15–och ichak;
16–katta charvi; 17–parietal qorinparda;
18–ko‘ndalang chambar ichak;
19–qorin parda bo‘shlig‘i;
0–oshqozon; 21–diafragma.
Qorinparda ko‘tariluvchi chambar ichakni old va
ikki yon to- mondan o‘rab, o‘ng buyrakning pastki
qismining oldingi yuzasi- dan o‘tadi. So‘ngra ichki
tomonga yo‘nalib, belning kvadrat mu- shagi va
siydik yo‘lining oldidan o‘tib, ingichka ichak
tutqichi ildizi oldida tutqichning o‘ng varag‘iga
aylanadi. Tutqich ildi- zida uning chap varag‘i qorin
devorining orqa tomonini qopla- gan qorinpardaga
o‘tadi. Ingichka ichak tutqichi yuqoridan past- ga,
chapdan o‘ngga II bel umurtqasi sohasidan
dumg‘aza-yon- bosh bo‘g‘imigacha qiya joylashgan.
Uning uzunligi 15–18 sm, tutqichning erkin qismi
ildizga baravarlashish uchun 18–20 ta qo- vuzloq hosil
qiladi. Tutqichning ikki varag‘i o‘rtasidan qon, lim-
fa tomirlar va nervlar o‘tadi. So‘ngra qorinparda
chapga tomonga chap buyrak pastki qismining
oldingi yuzasidan o‘tib, pastga tu- shuvchi chambar
ichakni uch: old va ikki yon tomondan qoplaydi.
Uning pastki qismi sigmasimon ichakni hamma
tomondan o‘rab uning tutqichini hosil qiladi. Keyin
qorinparda qorinning yon de- voridan oldingi devoriga
buriladi. Qorinning orqa devoridan past- ga yo‘nalgan
qorinparda to‘g‘ri ichakning yuqori qismini o‘rab
qolmay, uning o‘rta qismini va siydik-tanosil
a’zolarini ham qis- man o‘raydi. Erkaklarda to‘g‘ri
ichakni oldingi yuzasini o‘ragan qorinparda to‘g‘ri
ichak-qovuq chuqurchasini hosil qilib, qovuq- ning
orqa, keyin ustki yuzasidan o‘tib, qorinning oldingi
devorini qoplagan qorinpardaga davom etadi (122-
rasm).
Ayollarda (123-rasm) qorinparda to‘g‘ri
ichakning oldin- gi yuzasidan qinning yuqori qismi
orqa devoriga, undan yuqoriga ko‘tarilib, bachadonni
orqasidan, so‘ngra oldidan qovuqqa o‘tadi. Bunda
to‘g‘ri ichak bilan bachadon o‘rtasida to‘g‘ri ichak-
bacha- don chuqurchasi, bachadon bilan qovuq
o‘rtasida esa qovuq-ba- chadon chuqurchasi hosil
bo‘ladi.
Qorinparda bo‘shlig‘i shartli ravishda ikki: yuqori
va pastki qa- vatga bo‘linadi. Yuqori qavat yuqori
tomondan diafragma bilan, pastdan ko‘ndalang
chambar ichak va uning tutqichi bilan che-
garalanadi. Yuqori qavatda oshqozon, jigar, o‘t
pufagi, taloq va o‘n ikki barmoq ichakning yuqori
qismi hamda oshqozon osti be- zi joylashadi.
Qorinparda bo‘shlig‘ining yuqori qavati uchta qop-
chaga bo‘linadi.
Jigar qopchasi o‘roqsimon boylamdan o‘ng tomonda
joylashib, unda jigarning o‘ng bo‘lagi joylashadi. Bu
qopchani yuqoridan diafragma, oldindan va yon
tomondan qorin devori chegaralaydi.
Oshqozon oldi qopchasi oshqozon oldida
joylashib, yuqori- dan diafragma, o‘ng tomondan
o‘roqsimon boylam, oldindan qo- rinning oldingi
devori bilan chegaralangan. Unda jigarning chap bo‘lagi
va taloq joylashadi.
Charvi qopchasi oshqozon va kichik charvi
orqasida yotadi. Uni yuqori tomondan jigarning dumli
bo‘lagi, pastdan ko‘ndalang chambar ichak tutqichi
va uning chap bo‘lagi, oldindan oshqo- zonning orqa
devori, kichik charvi, oshqozon-chambar ichak va
oshqozon-taloq boylamlari, orqadan chap buyrak usti
bezi, chap buyrak, oshqozon osti bezining oldingi
yuzasi, pastki kavak vena va aortani qoplagan parietal
qorinparda chegaralaydi. Chap to- mondan charvi
qopchasi taloq darvozasigacha borib, taloq chu-
qurchasini hosil qiladi. Charvi qopchasi o‘ng
devoridagi 2–3 sm kattalikdagi charvi (Vinslov) teshigi
va dahlizi vositasida jigar qop- chasi bilan qo‘shilib
turadi. Bu teshik yuqoridan jigarning dumli bo‘lagi,
pastdan o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qismi,
oldin- dan kichik charvi va orqadan pastki kavak
venani
qoplagan
parie-
tal
qorinparda
bilan
chegaralanadi.
Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki qavati
ko‘ndalang cham- bar ichak va uning tutqichidan
pastda joylashib, kichik chanoq bo‘shlig‘iga o‘tib
ketadi. Bu qavatda ingichka va yo‘g‘on ichak, siydik
va tanosil a’zolari joylashadi.
Qorinparda qorin bo‘shlig‘i a’zolarini turlicha
o‘raydi. Agar qorinparda a’zolarni har tomondan
o‘rasa, ularni intraperitoneal a’zolar deb ataladi.
Bunday a’zolarga: oshqozon, och va yonbosh ichak,
ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simta, o‘n ikki
barmoq ichakning boshlang‘ich qismi, ko‘ndalang
chambar ichak, sig- masimon ichak, to‘g‘ri ichakning
yuqori qismi, taloq va bacha- don kiradi.
Agar qorinparda a’zolarni uch tomondan o‘rasa,
ularni mezo- peritoneal a’zolar deb ataladi. Bunday
a’zolarga: ko‘tariluvchi va tushuvchi chambar ichak,
jigar, to‘g‘ri ichakning o‘rta qismi va to‘lgan
holatdagi qovuq kiradi.
Qorinparda a’zolarni bir tomondan o‘rasa bunday
a’zolarni ekstraperitoneal a’zolar deb ataladi. Ularga:
oshqozon osti bezi, o‘n ikki barmoq ichakning pastga
tushuvchi qismi, to‘g‘ri ichak- ning oxirgi qismi,
buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo‘li kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |