10-amaliy mavzu: Bosh va aldingi ichak tuzilishi. Qizilóngach, oshqozon, jigar va oshqozon osti bezining tuzilishi Darsning maqsadi



Download 85,89 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi85,89 Kb.
#325770
Bog'liq
10-amaliy ish


10-amaliy mavzu: Bosh va aldingi ichak tuzilishi.

Qizilóngach, oshqozon, jigar va oshqozon osti bezining tuzilishi
Darsning maqsadi: qishloq xójalik hayvonlarida qizilóngach, bir va kóp kamerali oshqozonni tuzilishi, oshqozon tiplari va topografiyasini rasm, mulyaj va hól preparatlardan foydalangan holda turli hayvonlardagi tafovutini, kóp kamerali oshqozonda qat qorinni tuzilishi hamda qizilóngach ariqchasini órganish, jigar va oshqozon osti bezining tuzilishi órganish.

Kórgazmali qurollar: rasm, mulyajlar va hól preparatlar.

Darsning mazmuni: Qizilóngach – oesophagus - uzun nay shaklidagi organ bólib, halqum va oshqozon orlaǵida joylashadi hamda ovqatni oshqozonga ótkazib beradi. Qizilóngach bóyin, kókrak va qorin bólimlariga bólinadi. Qizilóngachni devori 3 qavatdan iborat: ichki shilimshiq – kóp qavatli yassi epiteliy tóqimasi bilan qoplangan; órta muskul – kavshovchi va itlarda kóndalang-tarǵil, ot va chóchqada qisman silliq muskul tóqimasidan tuzilgan; tashqi zardob qatlam – bóyin qismi biriktiruvchi tóqima – adventiciya, kókrak - qorin qismi zardob parda bilan qoplangan.

Oshqozon – ventriculus, gaster s. stomachus - ichak nayini kengayishidan hosil bóladi. Oshqozon bir va kóp kamerali bóladi.

Bir kamerali oshqozon - oddiy xaltachadan iborat bólib, chóchqa, ot, it, yirtqich hayvonlar, laboratoriya hayvonlari va odamlarda uchraydi. Bir kamerali oshqozon devori boshqa naysimon organlar singari uch qavatdan iborat. Ichki shilliq pardasini tóqimalari va bezlariga kóra 3 xil tipda bóladi: qizilóngach tipidagi (bezsiz) oshqozon - devori kóp qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, bezlar bólmaydi, exidna va órdakburunda bóladi; ichak tipidagi (bezli) oshqozon – ichki devori silindirsimon epiteliy bilan qoplangan bólib, devorlarida kóp miqdorda bezlar bóladi, góshtxór hayvonlar - it, yirtqich hayvonlar va odamlarda bóladi; aralash (qizilóngach – ichak) tipidagi oshqozonni yarmida bezlar mavjud, yarmi bezsiz –qishloq xójalik hayvonlari va ótxór hayvonlarda uchraydi.

-Kóp kamerali oshqozon – kavsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydi va tórtta kameradan iborat bóladi: katta qorin, tór qorin, qat qorin va shirdon qorin.

Katta qorin - rumen - juda hajmdor bólib, yuqorigi va pastki yarim xaltalar - saccus rumenis dorsalis et. ventralis dan iborat. Bu xaltalar bir – biridan chuqur burmalar bilan chegaralanib turadi.

Tórqorin – reticulum – yumaloq bólib, katta qorinning kardiya qismiga yaqin turadi. Tórqorin katta qorindan ariqcha orqali ajralib turadi, uning ichki tomonida katta qorin va tórqorin tasmasi – sulcus et pile rumino reticularis bóladi. Tórqoringa katta qorindan teshik – ostium ruminoreticularis ochiladi. Qizilóngachdan tórqorin tomon qizilóngach ariqchasi – sulcus oesophageus ótadi.

Qatqorin – omasum – tórqorindan keyin joylashgan kamera bólib, u katta yoshdagi kavsh qaytaruvchi hayvonlarda sharga óxshash, lekin ikki tomoni silliq, mayda kavsh qaytaruvchilarda esa oval shaklda bóladi. Qatqorinning shilimshiq pardasida qavat – qavat bir qancha varaqchalar bor, ular uzun, órtacha, kalta va juda kalta bóladi. Bu varaqchalar muguzlashgan mayda tuk bilan qoplangan. Varaqchalar oraliǵida bóshliqlar bólib, ular doim harakatlanib turishi natijasida ovqat eziladi.

SHirdon – abomasum - kóp kamerali oshqozonning tórtinchi bólimi va asosiy oshqozondir. Bu kameraning shilimshiq pardasida juda kóp bez bóladi, ular ferment va kislotalar ishlab chiqarib, ovqatni shimilishga tayyorlaydi

Jigar – hepar - organizmdagi eng katta bez bólib, ovqat hazm qilishda ishtiroq etadigan murakkab organdir. Uning rangi qizil – qónǵir, tuzilishi murakkab – naycha shaklda, tiǵiz konsistenciyali bóladi. Jigar qorin bóshliǵining órta qismida, diafragma bilan oshqozon oraliǵida joylashadi. Uning ikkita yuzasi, ya'ni oldingi qavariq, diafragmaga qaragan – facies diaphragmatica va orqaga bukilgan, oshqozon – ichak tomonga qaragan visseral yuzasi – facies visceralis bóladi.

Hayvonlar jigari bir necha bólakka: óng bólak – lobus hepatis dextra va chap bólak – lobus hepatis sinistra ga bólinadi, bu bólaklarni uzunasiga ótgan óyiq ajratib turadi. Har ikkala bólak órtasida oraliq bólak – lobus medius joylashadi. Bir tuyoqlilar va tuyalarda ót pufagi bólmaydi. Ót pufagiga jigardan doim ót suyuqligi tushib turadi. Qopqa venaning pastki tomonida umumiy jigar yóli – ductus hepaticus hosil bóladi, ót pufagidan ót yóli – ductus cysticus boshlanadi, bu har ikkala yól qóshilib, umumiy ót yóli – ductus choliductus ni hosil qiladi.

Jigarning deyarli órtasida jigar qopqasi bólib, unga qopqa vena - vena portae, undan bir oz yuqoriga jigar arteriyasi– a. hepatica kelib quyiladi.

Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning jigari óng kovurǵalar ostida 7-nchi qovurǵa orasidan boshlab, oxirgi qovurǵalar róparasigacha, pastki tomonda esa 10-nchi qovurǵa róparasida diafragma birlashgan joygacha etib boradi. Jigarnng oǵirligi bóqalarda 4,5 – 10 kg, sigirlarda 3,4 – 9,2 kg, otlarda 1,5 – 5 kg, chóchqalarda 2,5 kg gacha, qorakól qóylarda 725 g gacha bóladi.

Oshqozon osti bezi – pancreas - sólak beziga óxshash tuzilgan bólib, ilgari uni qorin sólak bezi deb atashgan. Bu bez kópchilik hayvonlarda kókimtir – qizǵish yoki sariq – qizǵish bólib, jigarning ustroǵida, 12 barmoq ichakning «S» shaklli burmasida joylashadi. Uning fermenti ba'zi hayvonlarda ót yóli bilan birgalikda, ba'zi hayvonlarda (qoramollarda) esa ayrim holda ón ikki barmoq ichakka ochiladi.





Jigar. A-qoramol, B-kavsh qaytaruvchi, V-otlar, G-chóchqalar jigari: 1-chap yon tomon bólagi, 2-chap tomon órta bólagi, 3-dum qismi, 4-dum ósimtasi, 5- kvadrat qism, 6-óng tomon yon bólagi, 7-óng tomon órta bólagi, 8-ót xaltasi, 9-xalta yóli, 10-ót yóli, 11-qopqa vena

Topshiriq va savollar:

Qizilóngachni tuzilishi, qavatlari,qismlari va funkciyasi.

Bir kamerali oshqozonni tuzilishi.

Bir kamerali oshqozon qavatlari va qismlari.

Bir kamerali oshqozon tiplari.

Qaysi hayvonlarda bir kamerali oshqozon mavjud.

Bir kamerali oshqozon topografiyasi.

Bir va kóp kamerali oshqozon qaysi hayvonlarda uchraydi.

Kóp kamerali oshqozon qismlari va tuzilishi.

Katta qorinni tuzilishi va topografiyasi.



Tór va qatqorinni tuzilishi va topografiyasi.
Download 85,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish