Peretonit
Qorin pardaning yallig‘anishiga peretonit deyiladi.
Peretonitga
qorin
bo‘shlig‘ining
jarohatlari,
oshqozon-ichak
yara kasalliklari, appendisit, xolesistit
va boshqa kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin.
Ichki
a’zolar yorilganda, avvaliga «xanjarsimon» og‘riq
qayd qi- linadi. Keyinchalik og‘riq
biroz pasayadi,
bemor oyoqlarini qor- niga tortib yotadi, yuz
qiyofasi o‘tkirlashgan, ko‘zlari kirtaygan,
rangi
kulrang-zaxil bo‘lib, «Gippokrat qiyofasi» deyiladi.
Bemor- ning harorati 38–39 °C gacha ko‘tariladi,
keyin normaga tushadi. Haroratning pulsdan orqada
qolishi xarakterli bo‘lib, bu «qaychi simptomi»
deyiladi.
Puls tezlashadi, arterial bosim pasayadi, tili
qurib, karash qoplaydi va ketma-ket qusadi.