O’zingizni baholang
Hurmatli ota-onalar, hayot sur’atlari juda tezlashib ketgan davrda yashayapmiz. Tabiiyki, bunday sharoitda odam kundalik turmush tashvishlari bilan yashab, bir kunda 2-3 kunlik ishlarni qilishga harakat qiladi. Natijada uzoq muddatdan keyin natija beradigan ishlarga ba’zan yetarli e’tibor bermaydi. Lekin katta maqsaddar katta natijalarga aylanishi, ro’yobga chiqishi uchun katta vaqt ham kerak bo’ladi. Tarbiya ana shunday katta, ulkan maqsad va natijalarga eltadi. Shunday ekan, tarbiya har kuni qilinadigan kichik-kichik aniq ishlar yig’indisiga aylanishi uchun biz har kuni ishlashimiz kerak.
Quyidagi savollar ana shu ulkan maqsad yo’lida siz qilayotgan ishlarni baholashingizga yordam berish maqsadida tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |