O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaygan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida aytildi.
2021 yilning yanvar-sentabr oylarida mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,6 mln kishini tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kishiga) oshgan
Do'stlaringiz bilan baham: |