Hozirgi kunda yurtimizda yashayotgan quyi qatlam aholini to`liq ish bilan ta`minlangan deb ayta olmaymiz.chunki bugungi kunda jahon miqiyosida yechimini topmay kelayotgan muammolardan biri bu-ishsizlik.Butun dunyo miqiyosida to`htalmay turib buni o`zimizning o`zbekiston misolida ham ko`rishimiz mumkun.Ko`pgina quyi qatlam aholining bandligi asosan hududlarda joylashgan “ishchi kuchi bozori” qo`polroq qilib aytganda “Mardikor bozor”larida bo`lmoqda.Bu hududlar asosan noqonuniy hududlar hisoblanadi.Ish izlab chiqqan aholining esa aksariyatigina ish topib ketishi mumkin.Qolganlari esa ish yo`qligidan majbur uylariga ketib qolishadi.keyin esa uzoq muddat ish topilmaganligi sababli o`z yurtini tashlab boshqa yurtlarga ish izlab ketishga majbur bo`lishadi.Natijada migratsiyaning o`sishi kuzatiladi.Bu esa davlatga ma`lum miqdorda zarar keltiradi.
Hozirgi kunda O`zbekistonda ish bilan band bo`lgan va ish bilan ta`minlanmagan qismi.
O`zbekistonda 2019-yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faol aholiga naisbatan ishsizlik darajasi 9,1 % ni etdi.Qashqadaryo,Sirdaryo, va Farg`ona viloyatlarida eng yuqori ishsizlik darajasi qayd etdi -9,4%.
Ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1342,6 ming shaxsdan iborat bo`lib,yoshlar orasidagi (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,1 foizni,15-25 yoshdagilar o`rtasida-16,8 foizni,ayollar orasida esa 12,7 foizni tashkil etdi
Chet elga Ishlash uchun chiqib ketayotgan aholi.
Bugungi kunda O`zbekiston fuqarolarining ishlash uchun xorijga ketayotganiga guvoh bo`lib turibmiz.Ko`pgina erkaklar qisman ayollar va balog`at yoshiga yetgan yoshlar chet elga ishlash uchun ya`ni “mardikorlikka” ketishmoqda.Bu esa ayanchli holat.Buning sabablaridan biri esa shubhasiz ishsizlikdir.Hududlarda ish o`rinlarining kamligi ayrim bir hududlarde esa deyarli yo`qligi sababli aholi xorijga Ishlash uchun ketmoqda.Natijada esa “MEHNAT MIGRATSIYASI” vujudga kelmoqda.
Loyihaning nazariy jihatdan foydali tomonlarini ko`rsatish.
Loyihamizning asosiy maqsadi bu-ish bilan band bo`lmagan quyi qatlam aholini ish bilan ta`minlashga qaratiladi.Bunda ish bilan band bo`lmagan aholini bir tashkilot asosida birlashtirish va ularni ishga jalb qilish mehnat daftarchasini joriy etishdan iborat.Ya`ni bir tashkilot asosida birlashgandan keyin har bir fuqaro ish bilan ta`minlanish ehtimoli juda yuqori,bunda vaqtinchalik ish beruvchilar online tarzda yoki bolmasa telefon qilish orqali ish taklif etishlari mumkin bo`ladi.Kuniga o`rtacha 60-70% kishilar “Mardikor bozor”larida ish bilan ta`minlansa, bizning loyihamiz orqali esa bu ko`rsatkich maksimal darajada bo`lishi mumkin.Telegram tarmog`ida va boshqa ko`pgina ijtimoiy tarmoqlarda bu jarayon ma`lum qilinsa ish taklif etuvchi aholi ham, Ish izlab yurgan aholi ham mardikor bozorlariga borishiga hojat qolmaydi va birqncha noqonuniy holatlarning oldi olinadi.
Loyihaning ishlash prinspi.
Bunda uyda o`tirgan holatda ishchi kuchini jalb qilish,noqonuniy “Mardikor bozor”lariga chek qo`yishga qaratilgan.Ish beruvchi mehnat bozoriga bormastan turib telefon orqali ishchi kuchini jalb qiladi.Bu orqali esa vaqt tejaladi,hamda ish izlab yurgan aholining ham mushkuli bir oz bo`lsada yengillashadi.
Misol:
O`rtacha tashkilotda 100 kishi ishlaydigan bo`lsin,Bir kishi ishga jalb qilinganligi uchun o`rtacha 50 000 so`m miqdorida kunbay ish haqi olgan bo`lsin,Shu tashkilot a`zosi sifatida va ishga doimiy ravishda jalb qilinayotganligi uchun bir kunlik kunbay ish haqining 15% miqdorida tashkilotga pul to`lasin.Bunda bitta ishchining kunlik ish haqqi 50 000 so`m bo`ladigan bo`lsa uning 15% I
7 500 so`mni tashkil qiladi.Buni 100 kishi misolida ko`radigan bo`lsak kuniga o`rtacha 750 000 so`m daromad bo`ladi.Buni bir oy misolida ya`ni 31kunda ko`radigan bo`lsak 23 250 000 so`mni tashkil qiladi.Bitta operator va bitta ish boshqaruvchiga o`rtacha miqdorda 2 000 000 so`m miqdorda oylik maosh beriladigan bo`lsa va komunal va boshqa turdagi soliqlar bilan sof foyda bir oyga 18 000 000 so`mni tashkil etmoqda.Bir yil misolida ko`radigan bo`lsak bu ko`rsatkich 216 000 000 so`mni tashkil qiladi.
Jamiyat uchun foydali tomonlari.
Bugungi kunda asosiy muammolardan biri bo`lgan ishsizlik ko`pgina davlatlarda ham haligacha yechimini topib ulgurgancha yo`q. Ishsizlik asosan aholining quyi qatlamida kuzatilmoqda.Bizning loyiha esa bunga qisman bo`lsada kamaytirishga va aholi daromadlarini oshirishga yordam va Shu bilan birgalikda Ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi.Ishsizlik darajasining pasayishi esa davlat rivojlanishiga ijobiy ta`siz ko`rsatadi. Eng kata foydali tomonlaridan biri bu loyihani amalga oshirish uchun kata miqdordagi xarajat sarf qilinmaydi.