198
O‘pka venalari va pastki hamda yuqori kavak venalar (2-5 sm uzunlikda) yurak
bo‘lmachalariga quyilish joylarida old va yon tomonlardan epikard bilan qoplangan.
Yurak asosidagi yirik tomirlarning perikard bo‘shlig‘ida yotuvchi, ya’ni
perikard bilan o‘ralgan qismlari turli uzunlikda bo‘lishi mumkin.
Chunonchi, o‘pka
arteriya o‘zani o‘zining o‘ng va chap shoxlariga bo‘linish joyigacha (3-6 sm) bu-
tunlay perikard bilan o‘ralgan, o‘ng va chap o‘pka arteriyalari esa perikard bilan,
faqat, oldindan qoplangan. Ko‘tariluvchi aorta ravoq qismiga o‘tish joyigacha
intraperikardial joylashgan bo‘lib, uning o‘ng tomoni 8-10 sm, chap tomoni esa
2,5-4 sm masofada perikard ostida yotadi (132-rasm).
Epikard bilan qoplanmagan joylarda visseral varaq pariyetal varaqqa o‘tadi.
Shunday qilib, bo‘lmachalarning epikard bilan qoplanmagan joylari
perikard
bo‘shlig‘idan tashqarida qoladi va ko‘ks oralig‘ining orqa qismiga qarab turadi.
Perikardning pariyetal va visseral varaqlari orasidagi bo‘shliqni perikard
bo‘shlig‘i deb ataladi.
Perikardda 4 ta qism farq qilinadi:
1) oldingi yoki to‘sh-qovurg‘a qismi
(pars sternocostalis pericardii), chap
tomondagi V qovurg‘a tog‘ayi, IV-V qovurg‘a oraliqlari va to‘sh suyagi tanasi-
ning pastki yarmi orqasida yotadi. Perikardning ana shu kichik qismi plevra bilan
qoplanmay, to‘sh suyagining ichki yuzasiga va IV-V qovurg‘a oraliqlariga taqalib
turadi. Xuddi shu joyda perikard bo‘shlig‘ini plevrani shikastlantirmasdan ochish
mumkin;
2) pastki –
diafragma qismi (pars diaphragmatica pericardii) - diafragma-
ning pay markazi bilan bitishib ketgan. Diafragma-perikard boylamlari diafrag-
ma pay markazining cheti bo‘ylab perikardga birikadi. Perikardning shu qismi
ikki yon tomonda va orqada uning ko‘ks oralig‘i qismiga; oldingi tomonda to‘sh-
qovurg‘a qismiga davom etadi;
3) yon qismlari yoki plevraga qaragan qismlari –
mediastinal plevraga taqalib
turadi;
4) orqa – ko‘ks oralig‘i qismi
(pars mediastinalis pericardii) – yurakning
yirik tomirlari orasida joylashgan. Perikardning orqa qismida perikard pariyetal
varag‘ining aorta, o‘pka arteriya o‘zani, o‘pka venalari va kavak venalar devorini
qoplovchi visseral varaqqa (epikardga) o‘tish joylarida burmalar vujudga keladi.
Bu burmalar perikardning orqa qismini bir necha ayrim maydonchalarga bo‘ladi.
Perikard bo‘shlig‘ida 3 ta sinus (qo‘ltiq) mavjud bo‘lib, ular pariyetal
perikardning turli qismlari orasida hamda perikard bilan
yurak devori yoki yirik
tomirlar orasida joylashgan.
1. Perikardning oldingi-pastki sinusi (
sinus anterior-
inferior pericardii) pariy-
etal varaqning oldingi qismi pastki qismiga o‘tadigan joyda bo‘lib, yoysimon shakl-
da diafragma bilan to‘sh suyagi oralig‘ida frontal tekislik bo‘ylab joylashgan;
uning chuqurligi bir necha santimetrga boradi.
Yurak jarohatlanganda, kasallanganda bu sinusda qon,
ekssudat va boshqa
suyuqliklar to‘planishi mumkin, shuning uchun ham bu joyda perikardning punk-
siyasi amalga oshiriladi.
2. Ko‘ndalang sinus (
sinus transversum pericardii) – old va yuqori tomonda
ko‘tariluvchi aorta
(aorta ascendens) va o‘pka arteriya o‘zanining (
truncus pul-