Она тили 7-синф 1-вариант (оддий) Qaysi qatorda o‘rin-payt kelishigi noto‘g‘ri qo‘llanilgan?



Download 18.42 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi18.42 Kb.

Aim.uz

Она тили 7-синф 1-вариант (оддий)
1. Qaysi qatorda o‘rin-payt kelishigi noto‘g‘ri qo‘llanilgan?

A. Senda biror kishining haqqi yo‘q. B. Betga aytganning zahri yo‘q.

C. Yosh ko‘nglimga orzularim ko‘p. D. Kutubxonadan keldim.

2. Bizning uyimiz juda katta. Ushbu gapda qanday qo‘shimchalar ishtirok etgan?

A. egalik, kelishik B. egalik, shaxs-son

C. kelishik, kesimlik shakli D. shaxs-son, murakkab qo‘shimcha

3. Orqa, old, ost, ust so‘zlari qaysi yordamchi so‘z o‘rnida qo‘llanilishini mumkin?

A. bog‘lovchi B. yuklama C. ko‘makchi D. undalma



4. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarning qaysi turi gap bo‘laklarini va gaplarni tobelantirib bog‘laydi?

A. chunki, negaki B. agar C. ya’ni D. basharti



5. Julqunboy, ya’ni Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisidir. Ushbu gapda bog‘lovchilarning qaysi turi ishtirok etgan?

A. shart bog‘lovchisi B. sabab bog‘lovchisi

C. aniqlovchi bog‘lovchisi D. A va C javoblar

6. Qaysi qatorda Saida Zunnunova qalamiga mansub pyesalar berilgan?

A. “Do‘stlik”, “Qanot” B. “Ko‘chalar charog‘on”, “Gulxan”

C. “Ona”, “Ko‘zlar” D. “Gullar vodiysi”, “Xayrixon”

7. Shuhratning qaysi romani vafoti sababli tugallanmay qoldi?

A. “Mashrab” B. “Oltin zanglamas” C. “Raymonda” D. “Ona va farzand”



8. Mirmuhsin 1963-1971-yillarda qaysi jurnalning bosh muharriri lavozimida ishladi?

A. “Mushtum” B. “Sharq yulduzi” C. “Guliston” D. “Qizil O‘zbekiston”



9. Yurtimizning qaysi hududida xalq dostonlari tor jo‘rligida aytiladi?

A. Surxon vohasida B. Qashqadaryo hududida

C. Farg‘onada D. Xorazmda

10. “Ravshan” dostonida Shirvon bozorining tasviriga bag‘ishlangan tasvir necha misrani tashkil etadi?

A. 150 misra B. 145 misra C. 125 misra D. 100 misra



11. Badiiy asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos xususiyatni orttirib ko‘rsatishga ....... deyiladi.

A. mubolag‘a B. obraz C. timsol D. sujet



12. Qaysi shoirning otasi o‘z davrining iste’dodli shoiri bo‘lib, Ozodiy taxallusi bilan qo‘shiq va g‘azallar yozgan, turkman adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan edi?

A. Berdaq B. Maxtumquli C. Turdi Farog‘iy D. Abay



13. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?

A. –chi, -a, -li, -ser B. –lar, -cha, -choq, -roq

C. –ser, -a, -cha, -li D. –cha, -choq, -li, -ser

14. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping.

A. olmosh, sifat, son, atoqli gap B. arra, randa, qo‘shish

C. gavra, beshik, belanchak. D. paranji, qumg‘on

15. Qaysi qatorda belgilash olmoshi qatnashgan gap berilgan?

A. Dunyoda nima kuchli?

B. O‘z yurtimda ozod farzandman.

C. Butun xalq yopirilib, masalaga oydinlik kiritishdi.

D. Kimdir bu boylikka ko‘z tikkan edi.

16. Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbat yasalmaydi?

A. qiynamoq B. kavshamoq C. yayramoq D. so‘kmoq



17. O‘qigan maqsadiga yetadi. Ushbu gapdagi sifatdosh gapning qaysi bo‘lagi vazifasida kelgan?

A. ega B. kesim C. hol D. ravishdosh



18. Ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda o‘zgarishiga nima deyiladi?

A. tuslanish B. turlanish C. otlashish D. birikish



19. “Oq kema” qissasidagi qaysi obraz toʻkislik, mehr-oqibat, diydor ramzi sanaladi?

20. “Kuzning birinchi kuni”, “Arizasiga ko‘ra”, “Yer yonganda” dramalari muallifi kim?

21. Alisher Navoiy qaysi shaharni o‘z asarlarida “firdavsmonand” (jannatmisol) deb ta’riflaydi?

22. Olmoshlarning qaysi turiga egalik va kelishik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush tushishi va orttirilishi yuz beradi?

23. Qaysi kelishik shakli o‘timli fe’l bilan bog‘lanib keladi?

24. Takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchilarida tinish belgisi qay tartibda qo‘llaniladi.

25. Ismlarning ko‘plik, kichraytirish, erkalash ma’nosini bildiruvchi qo‘shimchalari qo‘shimchaning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?


7-sinf ona tili 2 вариант
1.Olmoshlar ma’nosiga ko’ra necha turga bo’linadi?

A.8 B.5 C.6 D.7

2.Kishili olmoshlarini belgilang.

A.u, bu, biz, kim

B.men, sen u

C.kimdir, allakimdir

D.hamma barcha

3.Kelishik qo’shimchasi qo’shilganida bir n tovushi ortirilib talaffuz qilinadigan olmoshlar qatorini toping.

A.men, sen

B.shu, bu

C.biz, siz

D.qancha, qalay

4.Mustaqillik bizga milliy ma’naviyat olamini ochib berdi. Ushbu gapdagi olmosh turini aniqlang

A.ko’rsatish

B.belgilash

C.kishilik

D.gumon

5.Har, so’zi orqali qaysi olmosh turi yasaladi



A.bo’lishsizlik

B.belgilash

C.kishilik

D.gumon


6.Olmoshlar tuzilishiga ko’ra necha turli?

A.4 B.3 C.2 D.7

7.Har kim bilganicha maslahat bera boshladi.

Gapda qo’lanilgan olmoshning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang

A.sodda, olmosh

B.qo’shma olmash

C.juft olmosh

D.takror olmosh

8.Nuqtalar o’rniga mos munosabat shaklini yasovchi qo’shimchalar qo’ying.

Dono….. koptok…..

A.san, dir C.ning, i

B.man, siz D.im, ingiz

9.Undosh bilan tugagan ismlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi

A.-im, -imiz C.-I, -si

B.-m, -imiz D.-im, -ngiz

10.Gaplardan ot kesimli gapni aniqlang

A.u she’rni yod oldi

B.qo’shiq ijro etildi

C.Toshkent bunchalar go’zalsan

D.Tong otdi

11.O’zbek tilida nechta kelishik bor

A.5 B.6 C.7 D.8

12.Betda aytganning zahri yo’q

Qo’llanilgan kelishik qo’shimchalarini belgilang

A.tushum, jo’nalish

B.jo’nalish, chiqish

C.qaratqich, jo’nalish

D.jo’nalish, o’rin-payt

13.Bosh kelishik shakli qanday qoshimchaga ega

A.maxsus qo’shimchaga ega emas

B.qo’shimchaga ega

C.-ning, -ni

D.-ga, -da

14.Kitob o’qidim. Gapda qaysi kelishik qo’shimchasi tushib qolgan

A.jo’nalish

B.tushum


C.qaratqich

D.chiqish

15.Yordamchi so’zlar qatorini belgilang

A.ot, sifat

B.fe’l, olmosh

C.ko’makchi, bog’lovchi

D.yuklama, son

16.Sof ko’makchilarni aniqlang

A.bilan, uchun

B.sayin, orqa

C.singari, so’ng

D.kabi, keyin

17.Takror qo’llanadigan bog’lovchilarni toping

A.va, ammo

B.yo-yo, goh-goh

C.lekin, biroq

D.ammo, dam…dam

18.Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra necha turga bo’linadi

A.2 B.3 C.4 D.5

19.Bo’lishsizlik olmoshi qanday hosil qilinadi?

20.Fonetika nimalar haqida maslahat beradi?

21.Olmoshning atash ma’nosi bo’ladimi?

22.Orfografiya nimani o’rgatadi?

23.Qadimda so’zlar qanday guruhlarga bo’lingan?

24.Ismlar deganda qaysi so’z turkumlari tushuniladi?

25.Turlanish nima?




Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa