301-GURUH JO‘RAYEVA BAXTIGUL
1-Amaliy topshiriq.
1.Quyidagi savollarga javob yozing:
-Gap bo`lagi deb nimaga aytiladi?
Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’z birikmasiga gap bo’lagi deyiladi.gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi.gapdagi barcha bo’laklar kesimga qarab aniqlanadi
- Gap bo`laklari tuzilishiga ko`ra necha xil bo`ladi?
Gap bo’laklari gap tuzilishidagi vazifasiga ko’ra ikki guruhga, ikki darajaga bo’linadi:
1. Bosh bo’lak: kesim, ega
2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol
-Ega va uning ifodalanishi haqida gapiring.
Gapda kesim bilan bog’lanib , shu kesimdagi qo’shimcha ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi.
- Ot bilan ifodalangan ega ishtirokida gaplar tuzing.
Shamol gullar hidini atrofga taratdi.
- Olmosh bilan ifodalangan ega ishtirokida gaplar tuzing.
Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.
- Harakat nomi bilan ifodalangan ega ishtirokida gaplar tuzing.
O’qish tugadi.
- Ibora bilan ifodalangan ega ishtirokida gaplar tuzing.
Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi.
2. Quyidagi mashqlarni bajaring.
330-mashq. O’qing. Gaplarning ega va kesimini topib, qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini yozing.
Ega
Kesim
1. Ko’z(ot) qo’rqoq(sifat), qo’l(ot) botir(sifat).(Maqol.) 2. Ishlagan(feʼl) yerni yashnatar(feʼl). (Maqol.) 3. Aqlli(sifat) ozini ayblar(feʼl), aqlsiz(sifat) dostini. (Maqol.) 4. U(olmosh) kunduzi ustaga qarashar(feʼl), damni bosar(feʼl), chogda toblangan temirlarni sandonga qoyib, ogir bosqon bilan usta xohlagan shakllarga keltirib berar(feʼl),qozon-tovoq, choydish va qumgonlarni tuzatar, qozon qaynatar(feʼl), xullas, bir amallab kun otkazar edi(feʼl).(O. Yo.) 5. Oqsoy vodiysi boylab pastga tomon yurishning ham gashti bor(feʼl).(A. Kolbintsev.) 6. Bu shovqinlarga Bashorat(ot) kopdan konikib ketgan.(feʼl).(S. Ahm.) 7. Bu yer(ot) toxtash va dam olish uchun juda qulay(sifat).(A. Qolbintsev.)
331-mashq. Kochiring. Eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki togri chiziq chizing; kesimning tuzilish jihatdan turlarini izohlang.
Ega
Kesim
1. Ana shu saksovullar, ana shu barxanlaru, qoy-qozilar mening odamligimni tanitdi(sodda). (M. Salom.) 2. Bu yer xuddi qalaning devoriday tik(sodda). (H. G.) 3. Fonarь ko’targan to’rt qiz ichkari kirishdi(sodda). (S. Ahm.) 4. Endi ishimiz — besh(sodda).Endi sen bilan biz g’olib chiqdik(murakkab). (Yu. Semyonov.) 5. Ikki yuzga yaqin kursantlar o’rtasida eng yoshi men bilan Oqil edi(murakkab). (N. S.) 6. Bu odamdan juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni talab qiladi(murakkab). (O.SHarafiddinov) 7. Adolatsizlnk gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq — ulug’ baxt!(sodda)(SH.) 8. Kitob o’qimaydigan boshliq — sho’rimiz(sodda), u na san’atning, na adabiyotning, na ilmning qadriga yetadi(murakkab). (Mirm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |