www.ziyouz.com kutubxonasi
47
(U) ikki dengizni bir—biriga oqizdi, oralarida to‘siq bor, qo‘shilolmaydilar.
Oyatda Kusto aniqlagan to‘siq haqida xabar borligi va bu o‘n besh asr oldin bayon qilinganligini
mashhur olimni hayratga soldi va u: "bu oyat ilmiy bir mo‘jizadir va Qur’on mutlaq Olloh kalomidir"
deb, islom diniga kirdi.
Bu ikki oyatdan so‘ng
"Rahmon"
surasida:
"yaxruju minhumal lu’lu’u val marjon"
(22-oyat), ya’ni
"bu ikki dengizdan inju va marjon chiqur"
degan oyat keladi. Bu oyatning muhimligi shundaki, Olloh
har dengizning boyligi o‘zgachadir, ularda yashovchi jonlilar ham turlicha, go‘zallik darajasi ham har
xil, shuning uchun ularning har biri o‘z ilohiy boyligini muhofaza qiladi, bunda ularga bo‘g‘oz yordam
beradi, degan fikrni bayon etgandir. Zero, inju dengizning ayricha sharoitlarida va tutashgan yerlarida
vujudga keladi. Inju qiluvchi shulluk (ustritsa)ning marjon qoyaliklari, to‘g‘rirog‘i shu qoyaliklarning
yonboshidagi bog‘lar ichida istiqomat qilishi hikmatini bizga uqtirib, Olloh surayotir:
Ey Odamzod! Men ilohiy san’atimning muhtasham bir muhrini, qara, dengiz tubiga qanday urib
qo‘yganman! Bu manzarani yaratmoq uchun bo‘g‘ozlarning tubidan suvlarni sharqiratib oqizdimu,
bir—birlariga qo‘shmay o‘z hikmatimni namoyon qildim. Men va mening son—sanoqsiz hikmatlarimni
qanday in’kor qilasiz?!
Ha, muhtaram bir olim bu manzarani tomosha qildi va oyat amriga bo‘ysunib, musulmon bo‘ldi.
Oyati karimada amr qilingan to‘siq haqiqatdan ham ilmiy mo‘jizadir. Yerning yaratilishini "ko‘r-
ko‘rona tasodif" deb bilgan ko‘zi ojizlarning ko‘ziga davolovchi nashtarday uriladi, bu oyat...
Suv ostida yuzlarcha oqimlar bir-biriga yuzma-yuz kelib, taralib oqib yotadi va 45 daraja qiyalik
bilan qarshilik sistemasi barpo etadi. Va ikki dengiz, ikki davlatday, bir-biriga qo‘shilmaydi. Bu geofizik
mo‘jizaning sababi nima? Bu - Ollohning ilohiy san’at ihtishomini (hashamatini) ko‘rsatish uchundir...
Zero, oyati karima Ollohning ilohiy san’at shoh asarlarini bir-bir sanab ko‘rsatuvchi "Rahmon"
surasida keltirilgandir. Ha, o‘sha ilohiy ohang mo‘jizasi bo‘lgan surada...
6. QUR’ONNING BOShNI AYLANTIRUVChI IChIMLIKNI MAN ETGANLIGI MO’JIZASI
Spirtli ichimlik butun ko‘hna tarix davomida jamiyat boshiga qanchadan-qancha balolar keltirgani
yaxshi ma’lum. Ammo, afsuski, na bir tuzum, na bir yasoq va na el aro uyushtirilgan bos-bos
buyruqlar - hech qanday kuch spirtli ichimlikka qarshi kurashib, biron natijaga erisholgan emas.
Qur’on har xil tashvishli xodisalar qatorida ilohiy amr bilan spirtli ichimlikni ham taqiqlagandir.
Faqat shunisi bilan ham Qur’on mashhur psixoterapevt olim, tibbiyotfanlari doktori, professor Hich
aytganiday, asrlar davomida million-million odamlarni tubanlashishdan saqlab qoldi.
Keyingi o‘n yillarda G’arb olamida bo‘lib o‘tgan faqat psixiatriya, psixo-sotsiologiya va rak
kongresslarida kun tartibiga chiqqan asosiy masalalardan biri-algogolizmdir. Ayniqsa, sotsial-ruhiy
sohalarda olib borilgan tadqiqiotlar taraqqiyotning eng katta dushmani-algololizm borgan sari
kengayayotganini ko‘rsatmoqda.
Mayxo‘rlik balosi bir shaxs masalasi bo‘lmay qoldi, taraqqiyotga, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishga
xalaqit berayotgani, jamiyatlarga ochiqdan-ochiq tahdid solayotgani olimlarni tashvishga ko‘mmoqda.
So‘nggi o‘n yillar ichida alkogolizmga qarshi yana jang boshlandi. Agar bu jang kerakli saviyada olib
borilmasa, G’arb dunyosi yo‘qlik qa’riga cho‘ka boshlashi ma’lum qilinmoqda.
Spirtli ichimlik tarafdorlari necha-necha yillar davomida uning zararlarini xaspo‘shlab keldilar,
endilikda na mayxo‘rligu, na nashavandlikning biron-bir yoqlanadigan joyi qolmadi.
Biz o‘zimiz yashab, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan shu so‘nggi yillarda alkogolizmdan ko‘rilgan
zararlar, uning og‘ir asoratlari tasdiqlandi va e’lon qilindi:
1. Spirtli ichimlik jigar xujayralarini tinimsiz ishlatadi va vujudda qoidali kimyoviy harakat
bo‘lishini ta’minlovchi markaz, ya’ni jigarda har turli kor-hollarni yuzaga chiqaradi;
a) ayniqsa, qonda va xujayrada yog‘ kimyosi kerakli darajada tartibga solinmaganligi uchun lipid
va hollestrol chiqishi majburiy bo‘lib qoladi, bular turli tomir xastaliklari va qon bosimining oshishiga
asos, sabab bo‘lmoqda;
b) uzluksiz ravishda suyak iligiga asosiy jitobiologik moddalar tayyorlovchi jigarning bu vazifasi
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |