DARS ISHLANMA
Fan: Ona tili
Sinf: 5
Mavzu: “Tilning ijtimoiy ahamiyati” Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga tilning ijtimoiy ahamiyati haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarga hamkorlikda ishlash orqali o‘zaro hurmat, bir-birini tinglash xususiyatlarini tushuntirish;
c) rivojlantiruvchi: o‘quvchilar nutqini yaxshilash orqali ularning imloviy savodxonligini oshirish;
Dars turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi: ijodiy izlanuvchanlik
Darsning usuli: tushuntirish, suhbat, tezkor savol-javob, munozara va boshqalar. Darsning jihozlanishi: darslik, taxta, bor, tarqatma material, video proektor, elektron materiallar. Darsning borishi: tashkiliy qism(5 minut), o'tilgan mavzuni so'rash(10 minut), yangi mavzu bayoni(15 minut), yangi mavzuni takrorlash(5 minut), yakuniy qism( 5 minut), uyga vazifa(5 minut). I. Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomat; c) o‘quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. II. O‘tilgan mavzuni so‘rash: 1. Tilning ijtimoiy ahamiyati qanday? 2. “Tilga e’tibor - elga e’tibor” hikmatini sharhlang. 3. Til haqida maqollar keltiring. 4. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan? 5. O‘zbek tilining nufuzini ko‘tarish uchun yurtimizda olib borilayotgan ishlarga misollar keltiring.
III. Yangi mavzu bayoni:
Til kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv qurolidir. Shunga
ko‘ra u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til vositasida fi krlaymiz va
boshqalarga fi krimizni uzatamiz. Tilni xalq yaratadi va unga
sayqal beradi. 1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab jamiyatimizda ona tilimizning obro‘yi oshdi.
Majlislar, ish yuritish, asosan, o‘zbek tilida olib boriladigan
bo‘ldi. Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi. Milliy qadriyatlarimizni,
tariximizni o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. O‘zbek tilining xalqaro nufuzini ko‘tarish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Til – millatning ko‘zgusi, deydilar. Bu ko‘zguni gard-g‘ubor lardan,
chang-to‘zonlardan soniya sayin tozalay borish har birimiz ning farzandlik,
fuqarolik burchimizdir. Til – o‘zagimiz ning, o‘zligimizning, o‘ziga bekligimizning bosh belgisidir. Til – millatning ruhi, – deyiladi, – til yo‘qolsa,
millat ham tamom bo‘ladi. Til yashasa, millat ham yashaydi.
Topshiriq. Shoir To‘ra Sulaymonning fikrlarini tinglang.
Til – millatning ko‘zgusi, deydilar. Bu ko‘zguni gard-g‘ubor lardan, chang-to‘zonlardan soniya sayin tozalay borish har birimiz ning farzandlik, fuqarolik burchimizdir. Til – o‘zagimiz ning, o‘zligimizning, o‘ziga bekligimizning bosh belgisidir. Til – millatning ruhi, – deyiladi, – til yo‘qolsa, millat ham tamom bo‘ladi. Til yashasa, millat ham yashaydi.
1-mashq. Alisher Navoiy aytgan hikmatli so‘zni sharhlang.
Tilga e’tibor – elga e’tibor.
2-mashq. Quyidagi fi krlarga qo‘shilasizmi va nima uchun?
1. Til bilmasdan chet ellarga borgan odam qiyin vaziyatga tushib
qoladi.
2. Til yo‘qolsa, millat ham yo‘qolib ketadi.
3. Inson o‘z hayoti davomida ko‘plab tillarni o‘rgana olishi mumkin.
4-mashq. Til haqidagi maqollarni davom ettiring.
Taom lazzati tuzida,…
Til bor, bol keltirar,…
Tig‘ jarohati bitar,…
Tilingda bo‘lsa boling,…
IV. Guruhlarda ishlash:
Dars o'tish jarayonida o'qituvchi o'quvchilarni sinfdagi o'quvchilar soniga qarab kichik-kichik guruhlarga bo'lib oladi. Yangi darsning mazmunini guruhlarda musobaqalar, o'yinlar orqali guruhlarda ishlatiladi.
“G‘oyaviy charxpalak metodi”
“G‘oyaviy charxpalak” metodining ta’rifi, foydalanish doiralari, afzalliklari va kamchiliklari haqida fikr yuritamiz.
Ta’rifi: 1. Guruhda 20 nafar o'quvchini 5 nafardan 4 ta guruhga bo‘lib olamiz. Kichik guruhning har bir ishtirokchisiga toza oq varaq beriladi va bir xil savol beriladi. Agar zarur bo‘lganda o‘qituvchi guruhning har bir ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi ham mumkin. Barcha ishtirokchilar og‘zaki fikr almashmasdan, o‘zlarining varaqlarida savollarga bo‘lgan javoblarning ifodalarini yozadilar.
2. Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli huddi soat millarining harakatlanishi bo‘yicha kichik guruhdagi qo‘shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so‘ng har bir ishtirokchi varaqda bor bo‘lgan yozuvlarni takrorlamasdan, yangidan yozuv kiritishi kerak. Har bir ishtirokchining varag‘i o‘ziga qaytib kelgandan keyin o‘yin yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi,baholanmaydi va tanlab olinmaydi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Nima kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv qurolidir?
2. Nimaning vositasida fikrlaymiz va boshqalarga fikrimizni uzatamiz?
3. Tilga e’tibor – elga e’tibor degan hikmat kimga tegishli?
VI. Yakuniy qism. Dars xulosalanadi. Darsda faol ishtirok etgan talabalar baholanadi. Dars davomida sust qatnashayotgan talabalarga qo‘shimcha savollar beriladi. Shu tariqa o‘qituvchi bu o'quvchilarga savollar berib ularga va boshqa o'quvchilarga mavzu yuzasidan berilgan savollariga javob oladi va ularga uyga vazifa topshiradi. Dars yakunlanadi.
VII. Uyga vazifa: 5-mashq. Uyga vazifa. Til haqida maqol, she’r, rivoyatlar topib, yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |