O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyati



Download 3.21 Mb.
Sana12.01.2017
Hajmi3.21 Mb.




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYATI

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI



Jizzax tuman xalq ta’limi

muassasalari faoliyatini metodik

ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli

9 –umumta’lim maktabining

ONA TILI VA ADABIYOT fani o`qituvchisi

MALYAYEVA ZULAYHO ning

5-sinf uchun ADABIYOT fanidan

ALISHER NAVOIY hayoti va ijodi”



mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars



TAQRIZCHILAR:
Ushbu dars ishlanma YaPT, inavatsion usullarini qo’llab yaratilgan. Ishlanma uslub birlashma yig’ilishida ko’rib chiqildi, qo’llanishga tavsiya etiladi

Jizzax tuman Xalq Ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli

Jizzax tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 9-maktabi rahbari: _________ E. Eshonqulov

Jizzax tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 9-maktabi IBM ______ Sh. Qultoyev.

Metod birlashma rahbari _______ G. Almamatova

Darsning mavzusi: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

Darsning maqsadi:

ta`limiy – o`quvchilarga Alisher Navoiy haqida dastlabki ma`lumotlarni berish, adibning hayoti va ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, tushuncha hosil qilish;

tarbiyaviy-o`quvchilarni vatanparvarlik, ajdodlar rihiga hurmat va o`zaro mehr- oqibat asosida tarbiyalash;

rivojlantiruvchi – o`quvchilarning adib haqida olgan bilimini rivojlantirish, hayoti va ijodiga doir tasavvurini shakllantirish.

Darsning jihozi: darslik, ko`rgazmali qurollar, qo`shimcha adabiyotlar.

Darsning usuli: Suhbat

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism:

Ustoz: Assalomu alaykum aziz o’quvchilarim, Adabiyotni sevuvchi bilimga chanqoqlarim.

O’quvchilar: Vaalaykum assalom aziz ustoz – muallim,

Faningizni sevamiz, bizga berasiz ta’lim.



Ustoz: Hozir o’zbek xalq maqolalaridan aytib joyimizni egallaymiz!

(O’quvchilar xalq maqollarini aytib joylashishadi.)



Ustoz: keling, ko’ngil bo’lsin to’q, bugun darsda kimlar yo’q?

(Navbatchi aniqlanib, davomat belgilanadi.)



Ma’naviyat daqiqasi:

Biz buyuk daholar avlodimiz!”

-Aziz o’quvchilar, biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtda yashaymiz, fahr bilan “o’zbekmiz” deymiz. O’zbek xalqi o’zining boy o’tmishiga, o’z tarixiga, buyuk ajdodlariga egadir. Dunyo miqyosiga chiqib Amur Temur, Alisher Navoiy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino deb aytsangiz taniydigan ajdodlarning avlodimiz.

(Keyin esa ularga quyidagi savollarni berish orqali bilimini charxlayman:)

-Tinchlik va ozodlik uchun kurashgan ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?

-Ularning qanday ezgulik yo`lidagi ishlarini bilasiz?

-Fan olamida buyuk o`zgarishlar qilgan, ilm- fan rivojiga hissa qo`shgan allomalardan kimlarni bilasiz?

-Allomalarimiz nomi qo`yilgan shahar, mahalla, maktab nomlarini bilasizmi?

(O`quvchilar bilan suhbat o`tkazgach, faol qatnashgan o`quvchilarga rangli jeton berib taqdirlayman.)

Alisher Navioy ( 1441-1501)

Наг yili 9-fevral kuni butun O'zbekistonda buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning tug'ilgan kuni nishonlanadi. Barcha maktab va oliy o'quv yurtlarida, kollej hamda litseylarda va boshqa muassasalarda bu sana bayram qilinadi. Bu she'riyat bayrami, adabiyot bayrarnidir.

Xo'sh, nima uchun shoir bobomizga bunday ehtirom va e'zoz bildiramiz? Buning asosiy sababi shundaki, Alisher Navoiy bizning Vatanimiz tarixidagi eng ulug' siymolardan biridir. Bu zot millatimizni dunyodagi eng madaniyatli va maWatli xalqlar qatoriga olib chiqqan, jahon adabiyotining ulkan namoyandalari qatorida turadigan zotdir.

Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tugbildi. Bu shahar hozirda Afg'onistonning markaziy shaharlaridan. Alisherning otasining oti G'iyosiddin Muhammad edi. Uni «Kichkina bahodir» ham der ekanlar. Onasining ismi ma'lum emas.

Alisher juda kichik yoshlaridan she'r va musiqaga havas qo'yadi, olim-u shoirlar davrasida ulg'ayadi. Uning otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi. Ularnikiga zamonasining mashhur kishilari tez-tez kelib turar edilar.

Yosh Alisher uch-to'rt yoshlarida she'r yod olib, ko'plarni hayratga soldi. Besh yoshida maktabga bordi. Bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi.

1447-yilda mamlakat podshohi Shohruhmirzo vafot etib, yurtda notinchlikboshlandi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko'chadi. Olti yoshlik Alisher yo'lda bir tasodif bilan zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin All Yazdiyga duch keiadi. Odoh va muoiraia bilan buyuk tarixchi mehrini qozonib, duosini oladi.

Alisher xonadoni Hirotga 1451-yildaqaytadi. Yoldayana qiziq voqea yuz beradi. Ilgari shahardan shaharga karvonlar qatnar, bordi-keldilar shular yordamida bo'lar va ular ko'pincha tunda yurib, kunduzlari dam olar edilar. Xullas, tunda ot ustida mudrab borayotgan o'n yoshdagi Alisher egardan yiqilib tushadi, uyqu zo'ridan uyg'onmay, karvondan ajralib qoladi.

Ertalab uyg'onsa, cho'li biyobon. Nariroqda oti o'tlab turibdi. Odam zoti yo'q. Quyosh ko'tarilib kelmoqda. Bir lahza uni qo'rquv va vahima bosadi, biroq o'zini tezda qoMga olib, yolga tushadi. Ko'p o'tmay, uni izlab kelayotgan o'z kishilariga duch keiadi va eson-omon ota-onasi bag'riga boradi.



1452-yilda taxtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisherning otasi Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher Sabzavorda o'qishni davom ettiradi.

1452—57-yillarda u dastlab Sabzavorda, so'ng Mashhadda yashadi. She'rga, musiqaga mehri oshib bordi. Farididdin Attor, Nizomiy Gan-javiy, Shayx Sa'diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o'qidi. Ayniqsa, Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») kitobi yosh Alisherning xayolini tamom egallab oldi. Ota-ona tashvishga ttishdilar. Kitobni be-kitdilar. Lekin kitob tamom yod bo'lgan edi.

Bular beiz ketmadi. BoMajak shoir yetti-sakkiz yoshlaridan she'r mashq qila boshladi. Ikki tilda she'r yozdi, o'zbekchalariga «Navoiy», forschalariga «Foniy» taxallusini qo'ydi. «Navoiy» «navo» — «kuy» so'zi-dan olingan, «Foniy» esa forscha «vaqtincha» ma'nolarini berar edi.

Shunday qilib, Navoiy 12 yoshlarida o'z she'rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini hayratga soldi. Masalan, to'qson yoshlik Mavlono Lutfiy Lining:
Orazin yopg'och ko'zumdin sochilur har lahza yosh,

Bo'ylakim paydo bo'lur yulduz nihon bo'lg'och quyosh,




Uyga vazifa: Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o`qib o`rganish.

MEN PO’LATOV INOMJON ESHMIRZAYEVICH

1991 YIL 1-YANVAR KUNI JIZZAX VILOYATI JIZZAX TUMANI, RAVOT QISHLOG’I UCHQIZ MAHALLASIDA TAVALLUD TOPGANMAN. 2011 YIL JDPI “ONA TILI VA ADABIYOT” FAKULTETIGA KIRIB, 2015 YIL TAMOMLAGAN. 2015 YILDAN BUYON JIZZAX TUMAN XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI 44 – MAKTABDA ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI LAVOZIMIDA ISHLAB KELMOQDAMAN.



JIZZAX – 2016


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa