Qarshi tumani hokimi
B.Yusupovga
Qarshi tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri A.Eshonqulov tomonidan
K A F O L A T X A T I
Men, Eshonqulov Anvar Panjiyevich Qarshi tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida 2018 yil 20 dekabrdan buyon ishlab kelmoqdaman.
O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-sonli Qonunining mazmun va mohiyati bilan shaxsan tanishman.
Ish faoliyatim davomida, shaxsiy va kasbiy sifatlarimni ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida olib boraman hamda o‘z mansab vakolatim yoki xizmat mavqeimdan shaxsiy manfaatlarimni ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda ish yuritmayman, bundan tashqari davlat mulkini talon-taroj qilishga, maktabgacha ta’limga oid noqonuniy hujjatlar tayyorlashga va imzo chekishga yo‘l qo‘ymayman.
Shuningdek, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarimni xolisona, vijdonan, odob-ahloq qoidalariga rioya etgan holda bajaraman hamda xodimlarim tomonidan korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymayman.
Mehnat faoliyatim davomida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ysam, ishlab turgan vazifamdan ozod etilishimga yoki amaldagi qonunchilikka asosan javob berishga roziman.
Yuqoridagilarni inobatga olib, o‘zimni va xodimlarimni ish faoliyatida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnataman hamda ushbu qonunga rioya etishga kafolat beraman.
Qarshi tumani Maktabgacha
ta’lim bo‘limi mudiri A.Eshonqulov
15.03.2022 yil
Qarshi tumani hokimi
B.Yusupovga
Nusxasi: Qarshi tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri A.Eshonqulovga
Qarshi tumani 20-DMTT v/b direktori N.Xurramova tomonidan
K A F O L A T X A T I
Men, Xurramova Noroy Uzoqovna Qarshi tumani 20-DMTT v/b direktori lavozimida 2021 yil 26 oktyabrdan buyon ishlab kelmoqdaman.
O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-sonli Qonunining mazmun va mohiyati bilan shaxsan tanishman.
Ish faoliyatim davomida, shaxsiy va kasbiy sifatlarimni ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida olib boraman hamda o‘z mansab vakolatim yoki xizmat mavqeimdan shaxsiy manfaatlarimni ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda ish yuritmayman, bundan tashqari davlat mulkini talon-taroj qilishga, maktabgacha ta’limga oid noqonuniy hujjatlar tayyorlashga va imzo chekishga yo‘l qo‘ymayman.
Shuningdek, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarimni xolisona, vijdonan, odob-ahloq qoidalariga rioya etgan holda bajaraman hamda xodimlarim tomonidan korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymayman.
Mehnat faoliyatim davomida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ysam, ishlab turgan vazifamdan ozod etilishimga yoki amaldagi qonunchilikka asosan javob berishga roziman.
Yuqoridagilarni inobatga olib, o‘zimni va xodimlarimni ish faoliyatida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnataman hamda ushbu qonunga rioya etishga kafolat beraman.
Qarshi tumani 20-DMTT v/b direktori: N.Xurramova
15.03.2022 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |