www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Bismillohir Rohmanir Rohim
So‘z boshi
Qur’on boshdan-oyoq mo‘jizadir, mittigina yuragi bilan koinotlarni o‘zida aks ettirgan inson kabi
ilohiy bir mo‘jiza...
Shu bois "Qur’on mo‘jizalari" degan ibora kalom ahli uchun bir oz g‘arib bo‘lib ko‘rinadi. Ustiga-
ustak, yangi avlodlarga ko‘p beo‘xshov tarjimalarni tavsiya qilgan bugungi kunimizda shu ta’bir bilan
yo‘lga chiqish majburiyatida qoldik.
Qur’onni o‘qib tushunish uchun yaxshi niyat bilan o‘rganishga kirishuvchilar Qur’onning haqiqiy
sirlarini mutlaqo bilishlari shart. Aks xolda uning ilohiy kalom ekanligini his qila olmaydilar.
Bu kitobimizni o‘qiganda aqli va insofi bo‘lgan har o‘quvchi Qur’on ilohiy kalom ekanligini
ko‘rajak, inshoolloh.
Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam "Qur’on bilan chin inson - egiz aka-uka" deb amr
qilganlar, bu - ayni chog’da ul Zotning Qur’onga bergan ta’riflaridir. Inson aqlni hayratga soluvchi
ilohiy san’at asari sifatida koinotning barcha
sirlarini
qay darajada tamsil etsa, Qur’on ham koinotning
barcha
haqiqatlarini
shu darajada tamsil etadi.
Qur’on ilohiy amrlarning kalomga, kalomdan ovozga, ovozdan qalbga o‘tishidir. Uning barcha
boshqa yozuv va so‘zlardan farqi ham shunda. Inson til bilmasa ham, uni tinglaganda qalb yo‘li bilan
ilohiy hikmatlarni sezadi, eshitadi va ruhan Qur’on dunyosida yashaydi. Uni o‘rgangan kishi esa, aql
darchasidan koinotni bemalol tomosha qiladi, inson haqiqatini yaxshiroq anglaydi.
Bilmaganlarga mubolag‘a bo‘lib ko‘rinuvchi bu haqiqatlarga kitobimizni o‘qiganingizdan keyin siz
ham haq berajaksiz. Ammo bu ta’rifu izohlarimizni juda yuzaki deb topishingiz ham ehtimoldan uzoq
emas.
Yana shuni ham unutmangki, Qur’onning sirlari uni muntazam o‘qib va tinglab turilgandagina
bizning botinimizda, ya’ni ruhiy olamimizda yashaydi. Agar undan uzilgan holda yashasak, ko‘ngil
sathimiz hosil bermaydigan tuproqday qotib qolishi hech gap emas va u holda biz haqiqatlarni
ko‘rmaydigan va sezmaydigan bo‘lib qolamiz.
Qur’on mazmun to‘la hikmatlari bilan bizga "sirri Muhammadiy"ni, ya’ni ko‘ngillar haqiqatini naql
etadi. Uning "alhamdulilloh", ya’ni "Ollohga hamd" kalimasi bilan boshlanishi hikmati ham mana shu.
Ko‘ngillarda hamd tug‘ilganda koinotning eng oliy mavjudoti Rabbimiz, ya’ni Egamizga bir ma’no
oqimi oqib boradi va Qur’on sirlari bizni Ollohning borligi va birligini tushunib yetgan chinakam
insonga aylantiradi.
Olloh hammamizni bu ilohiy ne’matning eng go‘zali bilan mukofotlasin (sharaflasin).
Xoluq NURBOQIY,
doktor-onkolog
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |