www.ziyouz.com kutubxonasi
8
IKKINCHI BO’LIM
TIZIMDAGI HIKMATLAR
Qur’onda oyatlarning va suralarning tizimi favqulodda hassos ilohin hikmatga ega.
Qur’on, aqlni lol qiladigan matematik tizim bilan Davhi Mahfuzdagi "ilohiy bilim markazi" holiga
kelgandir.
Qur’onning inzol bo‘lishi - o‘zi bir tarix. Ya’ni Qur’on, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va
sallamga bu kungi 600 sahifalik kitob holida kelgan emas. Oyat va suralar bugun biz ko‘rib turgan
tartibda yuborilmagan, parcha-parcha indirilib, tamomlangan. Lekin bu bitgan suralar qay tartibda
joy-joyiga qo‘yilishi kerakligi Payg‘ambarimizga bildirilgan. Bu haqiqatni alohida bir bo‘limda misollari
bilan ko‘ramiz.
Qur’onning muhim joylaridan biri shuki, ba’zi suralarning boshlanishida harflar bilan ifodalangan
ramzlar bor. Bu ramzlar aqlni lol qiluvchi haqiqatlarga ega. Ilohiy kalomning o‘ziga xos haqiqati esa
uning tizimidagi ajoyib nazokatni ramziy ishora qilib ko‘rsatadi.
Qur’on tizimidagi yana bir muhim sir oyatlarning favqulodda nomlarida saqlanadi.
Bu nazokatlarni navbatma-navbat misollar keltirib, tushuntirishga harakat qilaman.
A) Oyatlarning joylanish tartibidagi sirlari
Ko‘pchilik olimlar QURUQ oyatlarning o‘zi inzol bo‘larkan, ularning bo‘lak-bo‘lakligi va
xulosalanish navbatiga qarab, Qur’onning Olloh kalomi ekanligini sezganlar.
Masalan, 6-sura 165 oyatdir va Makkada, ya’ni hijratdan oldin nozil bo‘lgandir. Bu suraning 91-
,92-,93-,151-,152-,153- oyatlari oradan bir necha yil o‘tgandan keyin Madinada nozil bo‘lgan. Butun
suradagi ohang hech oqsamagan, aksincha, komil tugallangan.
Yana 9-sura ham Makkada inzol bo‘lgan, 128- va 129-oyatlari Madinada tushirilgan. 75 oyatdan
tashkil topgan 8-suraning 30-36 oyatlari bir necha yildan so‘ng Madinada inzol bo‘lgan. 99 oyatdan
tashkil topgan 15-suraning 87-oyati Madinada indirilgan. 8- va 15-suralarning oralarida nozil bo‘lgan
bu oyatlar avvalgi suralarning ohangi bilan apoq-chapoq, faqat bu oyatlarning ilgari nuzul
qilinmaganining boisi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam tomonidan o‘sha paytdagi Islom
jamiyatini ma’lum bir sura davomida tarbiyalab yetiltirish, yangi tushunchalarga ko‘nikma hosil qilish
hikmati bilan bog‘liqdir.
Oyatlarning bunday tanaffuslar bilan, ma’lum bir tartib asosida emas, ilohiy maqsadga uyg‘un
nozil etilishi haqiqatan ham ilohiy mo‘jizadir.
Olloh ilohiy bilim markazida pishitgan asari Qur’onni, uning nomalari bo‘lmish oyatlarni turli
paytlarda yuborgan va 22 yildan keyin ilohiy asar tugallangan.
Qisqa muddatda bitkazilgan suralarda ham bu farqli bo‘lak-bo‘lakliklar bor.
Masalan, eng avval 96-suraning dastlabki oyatlari kelgan, bu oyatdan so‘ng sura davom
etmagan. 78- va 74-suraning bosh qismlari inzol bo‘lgan, keyinroq esa Bismillo bilan birgalikda
"Fotiha" inzol bo‘lgan. Bu navbat bitgan zahoti 73-,74-suralar va birinchi bo‘lib kelgan oyatlarni o‘z
ichiga olgan "Alaq" surasi tugallangan.
Qur’onning ilohiy kalom ekanligiga inonmaganlar uchun bu tarzdagi inzolning izohini berish
mumkin emas. Hech bir insonning zehni bu tarzdagi mo‘jizaviy galma-gallikni bir nizomga sololmaydi,
bir necha yil burungi ohangni ko‘ngilda jonlantirib, unga aynan mos keluvchi narsa yozolmaydi.
Har oyatning tartib bilan joy-joyiga qo‘yilishida ham bir talay hikmatlar bor, ular bizning mavzu
doiramizdan bir oz chetroqda. Ammo bir misol keltirsam, o‘quvchilarga malol kelmas, degan
fikrdaman.
Qur’onning so‘ngida kelgan oyatlar dunyoning oxiri yaqinlashganda odamzotning yashash tarzi
qanday bo‘lishi to‘g‘risida tushuncha beradi. "Nasr" deb nomlangan 110-sura oxir zamon
yaqinlashganda to‘da-to‘da aqlli kishilar Islomga kirajaklarini ramziy ishora qilib ko‘rsatadi.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |