Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
QUR’ONI KARIMNING
ILMIY MO’JIZALARI
Onkolog-hakim
XOLUQ NURBOQIY
IKKINCHI NASHRI
Toshkent
«Adolat»
2002
Turkchadan
MIRAZIZ A’ZAM
tarjimasi.
Noshir
TURSUNXO’JA YUSUFXO’JA o‘g‘li XIDOYATXO’JAYEV
Taniqli turk olimi Xoluq Nurboqiy qalamiga mansub ushbu kitobda Qur’oni karimning shu
choqqacha ilm-fanga noma’lum bo‘lib kelayotgan yangi-yangi qirralari g‘oyatda qiziqarli tarzda bayon
etilgan. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Holuq Nurboqiyning "Qur’oni karimning ilmiy mo‘jizalari" kitobi to‘g‘risida
Qur’oni karim inson fikrini, zikrini, sa’i
-
harakatini yagona va to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan, insonga
qiyomatgacha dasturi amal bo‘lgan kitob - Olloh taoloning hikmatidir.
Qur’oni karim Koinot haqidagi shoh asar, bir tomondan, ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi
tomondan, matematika va fizikaga dahldor buyuk kashfiyot. Fizikaning barcha muhim qoidalari
Qur’oni karimda bor. Fizika Ollohning taqdirga oid ta’limoti, faqat jism ilmi emas, balki koinot
nizomidir, deb uqtiradi muallif.
Qur’oni karimning Nur surasi 35-oyatida: "Alloh osmonlar va Yerning "Nuri"dir. Nurining misoli
xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo durdan yaralgan yulduzga
o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy ham bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan
yoqilur. Uning moyi (musaffoligi)dan garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir.
(Mazkurlar qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan
kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlarga (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur.
Alloh barcha narsani biluvchidir".
U shunday bir narsaki, o‘tsiz yonadi va yulduz kabi porlab nur taratadi. "O’t tegmasa ham yoritib
yuboray deydi" mazmunidagi oyatning abjad hisobi hijriy 1284 (melodiy 1867) sanaga teng bo‘lib,
elektr energiyasi kashf etilgan va undan foydalanish ommaviylashgan yillarga to‘g‘ri keladi. Fikr
yuritilsa oyatdagi yashirin sirning qachon kashf qilinishi ham Olloh tomonidan (taqdiri azalda) belgilab
qo‘yilgan.
Elektr lampasini kashf qilgan Edison vafot etganida, javonidan Nur surasining yuqorida zikr
qilingan oyatlari topilgan. Bu, Edison Ollohning kalomiga suyangan holda qat’iyat bilan lampa
yasashga uringanini ko‘rsatadi.
U ilohiy bir mujdaga tayanmaganida yigirma ming martalik urinish va tajriba o‘tkazishga yetarli
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
kuchni qaerdan olardi?
Rivojlangan Amerika, Yaponiya, Frantsiya mamlakatlarining kinoshunos olimlari jismning ovozi
va tasviri uzatilgani kabi hidini ham uzatish mumkinligi to‘g‘risida ish olib borib, ijobiy natijalarga
erishganlar. Kino ekranlari yoki televizor orqali tomosha qilayotgan manzaradagi gullarning xush
bo‘ylari yoki manzaraga xos boshqa hidlarning dimog‘ingizga urilishiga oz yillar qoldi. (Vallohu a’lam).
Zero, Qur’oni karimdagi Yusuf alayhissallom qissasini eslang...
Otasi yig‘lab-yig‘lab, ko‘zlariga oq tushgan va ko‘rmay qolgan...
Hazrati Yusuf ko‘ylagini akalariga berib, otasining yuziga surtishlarini tayinlaydi. Hali ko‘ylak
Misrdan yo‘lga chiqar-chiqmas Kan’ondagi Yoqub (a.s.)ning ruhi ko‘tarilib, tabassum bilan Misr
tomonga qaraydi. Chuqur-chuqur nafas olib, "Men Yusufning hidini tuymoqdaman" (Yusuf, 94)
deydi...
Ingliz kashfiyotchi-muhandisidan muvaffaqiyatga qanday erishganini so‘rashganda u kitob
javonidagi Qur’oni karimga imo qilib: "Kitobingizni o‘qiyman va U (Olloh) ishorat etgan yo‘lda
izlanaman, tadqiqot o‘tkazaman. Siz esa uni saqlaysiz xolos", deb javob bergan ekan.
Olloh taolo butun koinotning Rabbidir. U musulmon, nasroniy deb ajratmasdan, kim harakat
qilsa, o‘shanga beradi ("Hidoyat" jurnali, 2000 yil, 3-son). Agar biz ham Olloh Qur’oni karim
vositasida bildirilgan amrlarga, unda ishorat qilingan haqiqatlarga quloq osib, ularni o‘rgansak va
o‘rganganlarimizga amal qilsak, ya’ni hayotga tatbiq etsak, bu yo‘lda Edison, Galileo Galiley, Holuq
Nurboqiy lar kabi tinmay izlansak, ko‘plab kashfiyotlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Yurtboshimiz "Tafakkur" jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida ta’kidlaganidek, "Har
qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini (avvalo o‘zi uchun) oilasining, millati
va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday
jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham
oson emas" ("Tafakkur" jurnali, 1998 yil, 2-son)
Maqsadga erishish, kashfiyotlarni amalga oshirish uchun ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni
puxta o‘rganishimiz, buyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz kabi koinot sirlarini tashuvchi shifr orqali
tushuniladigan, faqat yurak yo‘li bilan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan Qur’oni karimga suyanishimiz
kerak. Ollohga shukurlar bo‘lsinki, buning uchun mustaqil O’zbekistonimizda hamma sharoit
yaratilgan.
Hurmatli kitobxon!
Taniqli turk olimi, onkolog-vrach Xoluq Nurboqiyning mazkur kitobi Maraziz A’zam tomonidan
tarjima qilingan. Asar Qur’onning tili, qurilishi, matematik, fizik, tibbiy va boshqa mo‘jizalari to‘g‘risida
bahs yuritadi. Kitob 1999 yilda "Adolat" nashriyoti tomonidan 10.000 nusxada nashr etilgan edi. U,
o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va bugungi kunda yana bu kitobga ehtiyoj
sezilmoqda. O’quvchilarning yana shu ehtiyojlarini hisobga olib, nashriyot bu kitobni ikkinchi marta
chop etmoqda.
Noshir Tursunxo‘ja Yusufxo‘ja o‘g‘li Xidoyatxo‘jaev