Al Bukhari university 1.13 group Erkinjonov Umidjon Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. - Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda.
. SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi.
Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.
Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
1. Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.
2. Mantiq.
3. Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.
4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom.
Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning muallifidir.
Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo‘linishlari va turli ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari – ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya’ni ilmiy istilohlar masalasiga to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, sub’ekt (ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga urinishi alohida e’tiborga sazovordir.
Sharq falsafasi va uning tarmoqlari bo‘lgan tavhid, kalom, tafsir, hadis, ruhiy va tabiiy fanlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etib, buning o‘zaro uyg‘un rivojlanish yo‘llarini kashf etgan, fan va din bir-biriga dushman emas, do‘st ekanligini dalillab bergan atoqli faylasuf Muhammad Abu Homid G’azzoliy asarlari jahondagi juda ko‘p donishmand, faylasuflarning e’tiborini jalb etib kelgan
Sharqda G’azzoliyni bilganlari uchun buyuk faylasuf Dekartning nazariyasiga o‘xshash gapni aytgan shaxs ham borligini eslab qo‘yadilar. Ba’zi birlari jur’at qilib Dekart va G’azzoliyning shaklarini solishtirib ham qo‘yadilar. Ammo bu boradagi xaqiqatni xech kim bilmaydi.
G’azzoliy «Kimyoi saodat»da bunday hikoyani keltiradi: Bir guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay, chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va «Kimdir yo‘limizga to‘siqlar qo‘yibdi» deb shikoyat qiladilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar. Darvoqe’, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi ko‘pchilik hikoyatlar
«Ihyo»dan: «Nafs (ruh) chavandozga; badan otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘rligi otning ko‘rligidan zararlioqdir. Yana: Aql qalbga qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda aql-fazilat emas».
Imom Muhammad G’azzoliyning nomi va asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar. So‘fiy amakisi ularni boqib, tarbiyalab, maktab va madrasalarda o‘qitdi.
Arab olimi Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozishicha. Zayniddin fiqq (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur olimi Ahmad bin Muhammad Rodgoniydan Oltan. Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom ettirgan. Bu yerda unga Makka va Madina imomi Juvayniy ustozlik qilgan. 1085 yilda Juvayniy vafot etgach Zayiyh’ain Nishopurdan ketib. Shom. Quddus. Makka, Madinani ziyorat qilib, Bag‘dodga keladi. Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlanadi.
inson Olloh irodasini bilish yo‘lida nimalar qilgani to‘g‘risida umrining o‘tgan qismi ustida mulohaza yuritsa, bu bilan u bir navi o‘z qalbini yuvgan bo‘ladi. G‘azzoliy olim bo‘l, yo ilm o‘rganuvchi, yo tinglovchi, yo ilmni sevuvchi bo‘l! Beshinchisi bo‘lma - mahv bo‘lursan, deb xitob qiladi. Uning fikricha nafsni yengishning xisob kitobini muhabbat bilan qiyoslash mumkin, ya’ni nafs bor joyda muxabbat ham yashirin bo‘ladi. Inson uchun ixtiyor erkinligi beriladi. Inson o‘z nafsi bilan hisoblashsa, bu dunyodagi amallari go‘zallashadi. Nafsni yengib Allohning muhabbati bilan bu dunyoni charog‘on etishi inson umrining maqsadi bo‘lishi zarur.
G‘azzoliy o‘zining “Ihyoi ulum ad din” asarida muhabbatni inson hayotining mazmuni va bir bo‘lagi deb hisoblab uning 5 turini ko‘rsatib o‘tadi ular 1)insonning o‘ziga o‘z kamoloti va sog‘-omonligiga muhabbati; 2)insonning o‘z hayotini davom ettirishni ta’minlovchi uni asrovchi undan turli halok etuvchilarni nari tutuvchi vali ne’matlariga muhabbati; 3)insonning garchand o‘ziga yaxshilik qilmagan bo‘lsa ham boshqa insonlarga xizmat ko‘rsatgan yaxshilik qilgan zotlarga muhabbati; 4)insonning tashqi yoki ichki qiyofadagi barcha go‘zallikka muhabbati; 5)insonning o‘zi bilan botiniy yashirin o‘xshashligi bor bo‘lgan zotlarga muhabbati2. G‘azzoliy bu fikri bilan insonning o‘z-o‘ziga muhabbati bilan ichki botiniy muhabbati orasida bilvosita bog‘lanish borligini ko‘rsatib, buyuk muhabbatga inson nafsdan kechish va komillik yo‘lini tanlaganidagina yetishish mumkinligini ta’kidlaydi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |