Mustaqillik sharoitida milliy mafkurani shakllantirish va
hayotga tatbiq etish zarurati
R.Jumayev
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya:
Maqolada jamiyat hayotida, kishilik tarixida muhim rol o‘ynagan
mafkuralarning xususiyatlari, ularning namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra turlari,
ularni tizimli asosda o‘rganishning o‘ziga xos ahamiyati, jamiyatimizning g‘oyaviy-
mafkuraviy poydevorini, targ‘ibot tizimini mustahkamlashning dolzarbligi haqida
so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
jamiyat, mafkura, milliy mafkura, g‘oya, targ‘ibot, tarixiy
taraqqiyot, millat
The necessity of forming and implementing the national
ideology in the conditions of independence
R.Jumaev
Bukhara State University
Abstract:
The article describes the characteristics
of ideologies that play an
important role in the life of society, the history of mankind, their types according to
the forms of manifestation, the importance of studying them on a systematic basis,
strengthening the ideological and ideological foundation of our society, the
propaganda system
Keywords:
society, ideology, national ideology, idea, propaganda,
historical
development, nation
Jamiyat hayotida, kishilik tarixida muhim rol o‘ynagan mafkuralarning
xususiyatlarini, ahamiyatini tahlil qilish, ularning namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra
turlarga ajratish, ularni tizimli asosda o‘rganish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu
esa, kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning g‘oyaviy-mafkuraviy
poydevorini, targ‘ibot tizimini mustahkamlash, yot g‘oyalar tajovuziga qarshi tura
olish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, va nihoyat, yurtimizning yuksak
taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatini chuqur
o‘rganish imkonini beradi.
Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili mafkuraning jamiyat hayoti sohalari
bilan bog‘liqligini, milliy mafkura to‘g‘risida,
uning ahamiyati, jamiyat hayotidagi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
974
vazifalari, mafkuraviy jarayon mazmu-mohiyati, uning vujudga kelishi, rivojlanish
jarayonlari bilan bog‘liqligi, O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy
g‘oya konsepsiyasi bilan mushtarakligi haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Mafkuraning
jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligini, mafkuraning turlari, shakllari, tarkibi,
jamiyat hayotidagi vazifalari, uning vujudga kelishi va jarayonlar bilan bog‘liqligini,
uning xususiyatlari, rivojlanish
mexanizmlari va vositalarini, milliy g‘oyaning
O‘zbekiston xalqining ishonch e’tiqodi ekanligini, xalqni xalq, millatni millat
qiluvchi ma’naviy kuchga ega ekanligini, O‘zbekistonda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va
targ‘ibot-tashviqot institutsional tizimining rivojlanish xususiyatlarini o`rganib,
malaka hosil qiladi. Yoshlarning milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodi hamda faolligini
oshirishda mafkuraning zarurligini anglab yetish, g‘oyaviy jarayonlarni ilmiy
o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq qilish vositalarini qo‘llay olish, yot va zararli
g‘oyalarni farqlash, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat
bilan
kurashish, yoshlarda turli tahdidlarga nisbatan ogohlik va dahldorlik
tuyg‘ularini tarbiyalab borish, yoshlarni milliy g‘oyaning asosiy tushunchalariga
ishonch ruhida tarbiyalay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Mafkuraviy jarayonlarning
tizimli tahlili - mafkura sohasida tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, tugatilishi
hamda ularning turlari, tuzilmalari, funksiyalari va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, tadqiqotchilar turli tadqiqot usullari, jumladan, tahlil va sintez;
induksiya
va deduksiya; analogiya; ajratib olish; ideallashtirish; konkretlashtirish;
tasniflash; qiyoslash majmuasidan foydalanadi.
Mafkura tushunchasi (arabcha «mufakkir» “mufakkiratun” so‘zlaridan olingan
bo‘lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. Mafkura tushunchasini
ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura
tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar
shakl va
mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy,
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif
beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy,
ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab
beriladi. Demak, mafkura - muayyan
ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki
davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy
tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari
tizimidir. Unda manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi
kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.
Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan
iborat bo‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch
e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi.«G‘oya» va «mafkura»
tushunchalari
bir-biriga yaqin bo‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak.