Mustaqillik sharoitida milliy mafkurani shakllantirish va hayotga tatbiq etish zarurati



Download 215,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.07.2022
Hajmi215,23 Kb.
#758758
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqillik-sharoitida-milliy-mafkurani-shakllantirish-va-hayotga-tatbiq-etish-zarurati

Birinchidan
, o‘z kelajagini ko‘rmoqchi va qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat 
yoki jamiyat, albatta, o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan 
bog‘liq. Davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat aniq ifodalangan 
mafkura asosida qurilmog‘i lozim. «...Oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya 
asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi». Demak o‘z 
milliy g‘oyasiga tayanmagan jamiyat inqirozga uchrab, o‘z yo‘lini yo‘qotadi. 
Ikkinchidan
, milliy g‘oya asosida O‘zbekiston xalqining, odamlari ongi, 
tafakkurini o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni, 
erkin va farovon hayotni barpo etib bo‘lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan 
g‘oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o‘z-o‘zidan harakatga kelmaydi. 
Ishontirmoq uchun u ilmiy va hayotiy, to‘g‘ri ekanligiga e’tibor berish kerak, maqsad 
va muddaolarni ifodalashi lozim. 
Uchinchidan
, milliy g‘oyaning zarurligi millatning o‘zligini to‘la anglash 
jarayoni bilan bog‘liq. O‘zligini anglagan millat ajralib ketishga emas, balki 
millatlarning ma’rifatlashish jarayoni mustahkamlanib boradi. Milliy g‘oyada 
bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, strategik maqsadlari bilan dialektik 
bog‘lanishi uning yashash shartidir. 
To‘
rtinchidan
, bugun bizning tarixiy o‘zgarishlar davrida totalitar tuzumdan 
erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‘tish 
sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. O‘tish davrida o‘ziga xos 
murakkab g‘ov va to‘siqlarga duch kelish tabiiy jarayon. Demak, milliy g‘oya 
mustaqillikni mustahkamlash g‘oyasining o‘zagi bo‘lgan - tanlagan taraqqiyot 
yo‘limizning to‘g‘ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga ishontirish orqali bunyodkorlik 
ishlariga xalqni safarbar etish uchun xizmat qiladi. 
Mustaqillikni mustahkamlash, avaylab-asrash, himoya qilishda milliy g‘oyaning 
o‘rnini boshqa biron bir omil bosolmaydi. Shu boisdan ham davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalarini ma’naviy jihatdan ta’minlash, bugungi 
kunda mamlakatimiz uchun o‘ta dolzarb masaladir. Ana shu asosiy maqsadlardan 
tashqari, milliy istiqlol mafkura-sining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o‘ziga 
xos maqsad va vazifalari ham bor. 
- Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
978


- mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir 
fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun mas’uliyat sezib yashashga chorlash; 
- ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analari-mizga munosib 
bo‘lishga erishish; 
- yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga 
da’vat etish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - 
milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. 
Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun bir qator quyidagi 
vazifalarni bajarish lozim: 
1) Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to‘la ozod 
bo‘lishi lozim. 
2) Jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayondir. 
3) Millatning o‘zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi, 
vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni kamol toptirish. 
4) Imon-e’tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi 
fazilatlarni yuksaltirish. 
5) Mamlakat ko‘p millatli xalqi ongi va qalbida «O‘zbekiston - yagona Vatan» 
degan tushunchani shakllantirish va mustahkamlash. 
6) Milliy istiqlol g‘oyasini xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng 
zamonaviy, qulay mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim. 
7) Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo‘lishi, yot va zararli 
g‘oyalarning hurujiga o‘z vaqtida javob berishi kerak. 
8) Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma’naviy salohiyatini ro‘yobga 
chiqarish zarur. 
9) Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g‘oyaviy 
himoya vositasi hamdir. 
Mafkuramiz tom ma’nodagi milliy mafkuraga aylanishi uchun quyidagi 
talablarga javob berishi zarur: 
- inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va 
hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etishi, ya’ni bu mafkura har bir fuqaroning 
ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadigan eng maqbul yo‘lni 
ko‘rsata olishi; 
- millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e’tiqod manbai 
bo‘lishi, ya’ni u tom ma’noda so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira 
olishi, O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din 
vakillariga birday taalluqli bo‘lishi; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
979


- har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirishi va har qanday yovuz g‘oyaga 
qarshi javob bera olishi, ya’ni ikkiyuzlamachilikdan holi va jamoatchi-likning 
ob’ektiv fikriga tayanuvchi mafkura bo‘lishi; 
- zamon va davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan manfaat, maqsad-
muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olishi, ya’ni 
yangicha vaziyatga tez moslasha oladigan hozirjavob va ijodiy bo‘lishi. 
Milliy istiqlol g‘oyasi tizimida bosh g‘oya va asosiy g‘oyalar, ular oziqlanadigan 
manbalar, ularning amal qilish tamoyillari muhim o‘rin tutadi. Bu tizim milliy istiqlol 
mafkurasini yaratishga asos bo‘ladi. Ya’ni milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol 
g‘oyasi asosida vujudga keladi. Chunki mafkura g‘oyani amalga oshirish jarayonida 
paydo bo‘ladi. Shu boisdan ham u g‘oyaga nisbatan kengroq tizimni shakllantiradi. 
Xalqimizning milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va 
tamoyillari asosida shakllanmoqda. Shuning uchun milliy istiqlol g‘oyasi tizimidagi 
bosh va asosiy g‘oyalar haqida gapirar ekanmiz, ularni milliy istiqlol mafkurasining 
bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalari deymiz. 

Download 215,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish