MA’RUZA 8. Shakllar, Shakllar ustasi, avtoformalar, shakl konstruktorining asosiy elementlari, shakl konstruktorida ishlash, shakl maydonlari, belgilar kiritish, maydon va belgilarni formatlash, shakl rejimlari, shakl xossalari.
Reja:
1. Shakllarni aks ettirish holatlari
2. Diagrammali shakllarni loyihalash
3. Tarkibli (murakkab) shakllar yaratish
4. Tarkibiy formani shakllantirish.
5. Boshqarish elеmеntini qo`shish
6. Formani saqlash va tahrirlash.
Ma’lumotlarni Access ga ikkita usulda kiritish mumkin: jadvalga va shaklga. Ma’lumotlarni kiritish usuli kelajakda ularni o‘zgartirish chastotasiga bog‘liq.
Agar kiritilgan ma’lumotlar ahyon-ahyonda o‘zgartiriladigan bo‘lsa u holda ular bilan ishlashda jadvallardan foydalangan ma’qul. Jadval rejimini ma’lumotlarni to‘liq ko‘zdan kechirish zaruriyati tug‘ilganda ham qo‘llash tavsiya etiladi. Agar kiritiladigan ma’lumotlar tez-tez o‘zgartiriladigan bo‘lsa ularni shaklga kiriting. Chunki bu holat e’tiborni aniq yozuvlarga tegishli ma’lumotlarga qaratish imkonini beradi, masalan aniq mijozga tegishli ma’lumotlar.
Ixtiyoriy shakl Access - jadval yoki so‘rov asosida quriladi. Maydon nomlari jadval spesifikasiyasidan olinadi, ularni shaklda joylashtirish esa o‘zimizning ixtiyorimizda bo‘ladi. Maydonlarning shaklda joylashish ketma-ketligini mantiqan bog‘langan maydonlarni guruhlarga jamlab aniqlash kerak bo‘ladi; shakllarga boshqarish elementlarini ham qo‘yish zarur bitta jadval asosida foydalanuvchi bir nechta shakl yaratishi mumkin: bittasini raxbar uchun, boshqasini buxgalter uchun, uchinchisini ombor xizmatchisi uchun va hokazo. Shaklning barcha ma’lumotlari uning boshqarish elementlarida saqlanadi, ba’zilari esa bazaviy jadval maydonlari bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Bunday elementlarda jadval maydonlarining qiymatlarini ko‘rsatish va ularga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Shaklning boshqa elementlari, masalan maydon nomlari, ularni jihozlash uchun hizmat qiladi.
Shakllarni uch xil usul bilan hosil qilish mumkin:
Shakllar konstruktori yordamida - shakl maketi yaratiladi va foydalanuvchiga shakl yaratish uchun mo‘ljallangan uskunalar to‘plamini (usta va quruvchi kabi avtomatlashtirish vasitasilari ham) tavsiya qiladi.
Shakl ustasi yordamida - shakllarni loyihalash jarayonini “boshqaradi”. Foydalanuvchi va ustaning shakl yaratish bo‘yicha muloqoti natijasida tayyor forma paydo bo‘ladi.
Avtoshakldan foydalanib - tanlangan jadval asosida quyidagi tur shakllardan biri hosil qilinadi: В столбец, Ленточную, Табличную.
Shakl yaratish uchun ma’lumotlar bazasi oynasining Формы qo‘yilmasidagi Создать tugmasi bosiladi. Ekranda Новая форма muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynada dastur foydalanuvchiga shakl yaratish usulini tanlashni tavsiya qiladi. Shakl yaratish usullari ro‘yxatidan tanlashdan oldin oynaning pastki qismida joylashgan maydonda shakl yaratishda asos qilib olinayotgan jadval yoki so‘rov ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatdan Автоформа: в столбец elementini tanlang va OK tugmasini bosing.Biroz vaqtdan so‘ng ekranda tayyor shakl paydo bo‘ladi. Agar siz uni yopmoqchi bo‘lsangiz Access bu shaklning saqlanmaganligi haqida eslatadi va uni ВЕДОМОСТЬ СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Siz bu nomni o‘zgartirishga haqlisiz.
8.1 Shakllarni aks ettirish holatlari
Har bir Access-shaklni ekranda quyidagi holatlarda aks ettirish mumkin:
konstruktor holatida;
shakl holatida;
jadval holatida.
Ko‘rsatilgan holatlarni o‘zgartirish Вид menyusi buyruqlari yordamida yoki uskunalar panelidagi holatlar nomlari ro‘yxatini ochuvchi Вид tugmasi yordamida amalga oshiriladi.
Konstruktor holati. Shakllarning konstruktor holati Вид menyusining Конструктор buyrug‘i yordamida o‘rnatiladi va shakllarni loyihalash uchun mo‘ljallangan.
Shakl holati. Вид menyusining Режим формы buyrug‘i shakllarning ishchi ko‘rinishini o‘rnatadi. Bu holatda foydalanuvchi shakl yaratilgan jadvalda qo‘shish, o‘chirish, yangilash va ma’lumotlarni aks ettirish ishlarini bajarishi mumkin. Ma’lumotlar yozuvlar bo‘yicha (faqat bitta yozuv ma’lumotlari ko‘rinadi) yoki jadval ko‘rinishida (ekranda bir nechta yozub paydo bo‘ladi) aks ettiriladi. Yozuvlar bo‘uich tasvirlashni ma’lumotlarni qo‘shish va o‘zgartirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.
Jadval holati. Shakllarni jadval holatida tasvirlash Вид menyusining Режим таблицы buyrug‘i yordamida analga oshiriladi. Bu holatda foydalanuvchi bir paytda bir nechta boshqaruv elementlarisiz formatlanmagan yozuvlarni ko‘rishi mumkin. Jadval holatida tasvirlangan shakl har doim ham shakl uchun asos bo‘lgan jadval bilan bir xil bo‘lmaydi. Maydonlarning shaklda va joriy jadvalda joylashish tartibi farq qilishi mumkin.
Shakldagi yozuvlarni ko‘rish shakl oynasining pastki qismida joylashgan strelkali tugmalar hamda [PageUp] va [PageDown] tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Aktivlashtirilgan maydon tashkil qiluvchilari belgilanadi. Shakl maydonlarini tashkil etuvchilarini almashtirish mumkin bo‘lgan tahrirlash holati [F2] tugmasini bosish yordamida o‘rnatiladi. Maydon tashkil etuvchilari o‘zgartirilganda shakl oynasining belgilash ustunida qalam tasviri paydo bo‘ladi.
Shaklga yangi yozuvlar kiritish mumkin. Buning uchun Записи menyusining Ввод данных buyrug‘i mo‘ljallangan. Uni ishga tushirganda yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bo‘sh yozuv paydo bo‘ladi. Shakldan yozuvlarni o‘chirish [Delete] tugmasi yordamida amalga oshiriladi. O‘chiriladigan yozuv belgilanishi hart. Buning uchun belgilash ustunida sichqonni bosish etarli. Yozuvlarni belgilash ustunidan tashqarida sichqonni bosish bilan bekor qilinadi. Belgilangan yozuvlar Правка menyusining Вырезать и Копировать buyrug‘i yordamida almashish buferiga olib qo‘yilishi mumkin. Shakllarda izlash va almashtirish amallarini bajarish mumkin.
8.2 Diagrammali shakllarni loyihalash
Diagrammali shakllar eng ko‘p tarqalgan shakllardan hisoblanadi. Guruhdagi o‘quvchilarning sonini aks ettiruvchi diagrammali shakl tuzishga urinib ko‘raylik. Loyihalashga kirishish uchun ma’lumotlar bazasi oynasidagi формы qo‘yilmasini, so‘ngra Создать tugmasini bosamiz. Ochilgan shakl yaratish muloqat oynasida shaklga asos bo‘ladigan jadvalni tanlaymiz. Kombinatsiyalangan ro‘hatdan СПИСКИ ГРУПП jadvalini, yuqoridagi ro‘yhatdan esa Диаграммаelementini tanlaymiz va ОК tugmasini bosamiz.
Ekranda diagrammalar ustasining birinchi muloqat oynasi paydo bo‘ladi.
Agar shakl jadvalning barcha maydonlaridan tashkil topishi zarur bo‘lsa ikkilangan strelkali (») tugmani bosamiz. Agarda shaklga bir nechta maydonlarnigina kiritish zarur bo‘lganda chap ro‘yxatdagi kerakli maydon belgilanadi, so‘ngra kochirish tugmasi (>) bosiladi. Maydonlarni ular shaklda tasvirlanisi kerak bo‘lgan ketma - ketlikda belgilaymiz.
Access da har xil turdagi diagrammalarni hosil qilish va ularni turlicha formatlash imkoniyani mavjud. Formatni belgilash bilan siz diagrammalarni aks ettirish usuini tanlagan bo‘lasiz.
Далее tugmasini bosgandan so‘ng navbatdagi muloqat oynasi paydo bo‘ladi. Unda diagrammaning yozuvlarini, uning legendasini va hisoblash vturini berish mumkin. Diagrammaga legenda (hartli belgilarni tavsiflash) hosil qilish uchun НомГр maydonini Ряды sohasiga ko‘chirib o‘tkazamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |