www.ziyouz.com kutubxonasi
16
abadiyat
faqat Ollohga xos xususiyatdir. Bu xususiyatning tersi barcha yaratiqlarning tamal
xarakteridir. Ya’ni:
a) ko‘p bo‘lmoq,
b) ziddi va esh tengi bo‘lmoq.
Shunday qilib, juft yaratilishning tamal hikmati shudir. Parite nazariyasidagi fizik hodisaning
sababi ham bir yerda shu hikmatdan tug‘ilmoqda.
Blak holesning olamdagi ahvolni anglatishicha, har Blak holesga qarshi bir boshqa makonda bir
kvazar bor, bu esa yaratilishning zid eshlar printsipini yana bir bor to‘g‘ri deb tasdiqlaydi.
B) Gravitatsiya va giroskopik harakat
Koinotdagi jamiki moddiy borliqlar o‘zlarida mavjud joziba kuchi (o‘zaro tortishuv kuchi) bilan
oyoqda turadi. Ahvol shundayki, agar bir boshqa ta’sir bo‘lmasa edi, jamiki moddalar bir zumda bir-
biriga yopishib, koinot toq bir jism holiga kelar edi. Moddalardan tashkil topgan koinotning tarqoq
holdagi muvozanati giroskopik harakatning siltanish (itarish) kuchi bilan saqlanadi. Bu jihatdan barcha
moddiy borliqlar tinimsiz aylanma harakatini davom ettirib turadi.
Elektron - atom mag‘zi (yadrosi) atrofida, quyosh - somon yo‘li o‘qi atrofida betanaffus
aylanmoqda, shu tariqa gravitatsiya jozibaga qarshilik qilib, hayotini davom ettirmoqla. Agar joziba
bo‘lmasaydi, harakatdagi bir jism koinot so‘ngsizligiga uchib tushib, g‘oyib bo‘lardi. Giroskopik itarish
kuchi bo‘lmasaydi, bir jism boshqa jismga yopishib, yo‘q bo‘lardi.
Moddiy koitnotning yaratilishidagi bo‘lakchalar nazariyasi (buni keyingi bahslarda ko‘ramiz) bu
yashirin ikki kuchni moddiy koinotning yashash sharti deb qabul etmoqda.
Hozirgacha gravitatsiyaga (jozibaga) qoniqarli ta’rif berilgani yo‘q. Buning iloji bo‘lmayotir.
Qur’onda joziba itarish kuchining ziddidir (gravitatsiya- giroskopik itarishning ziddidir), degan
ma’noda bir ta’rif keltirilgan. Bundan ham go‘zalroq fizik tushuncha berishning iloji yo‘q.
"Takvir" surasi (81), 15-oyat.
Falo uqsimu bi’l xunnas...
Ya’ni:
U holda xunnasga qasamki...
Arabchada "xunnas"ning ikki ma’nosi bor: biri
"xunnas" -
"bir burchakka tortilgan"dir. Lekin
izohli lug‘atda aytilishicha,
"xunnas"
kalimasi harakatga qiyosan qo‘llanilsa, ters harakat qilib ichiga
tor o‘tilish ma’nosida keladi.
Buni qarangki, bu oyatdan keyingi oyat, ochiqdan-ochiq oqib turgan orbital harakatdan bahs
etayotir (81-sura, 16-oyat):
Al—javoril kunnas...
Arabchada
"kunnas" -
bir harakatning maqsadi, o‘tish yo‘li, orbitasi, yo‘nalishi, makon chizgisi
ma’nolarini bildiradi. Oyatning ma’nosi
"orbitada harakat qilayotganga..."
demakdir: ya’ni tom ma’nosi
bilan giroskopik harakat kuchini ta’riflayotir.
Demak, ikki oyat birgalikda
"o‘ziga qaytib yashiringan kuchga (jozibaga) va orbitasida oqib
kelayotganga qasamki..."
tarzida tarjima qilinadi.
Bu yerda va Qur’onning boshqa suralarida tez-tez
"qasam"
ta’biri ishlatiladi. Boshqa tillarda
aynan o‘xshashi bo‘lmagan
"qasam"ni
sharhlab o‘tmasa bo‘lmaydi, menimcha.
Qur’onda va umuman arabchada
qasam -
ont ichishni bildiradi.
"Qasam
kalimasi yo bir o‘zi va yo
"va" bog‘lovchisi bilan birga - ikki xil tarzda keladi. Lekin arabchadagi bu
qasam
lar bizning tilimizdagi
ont ichishlardan bir oz farq qiladi.
Arab adabiyotida qasam asosan shohid va dalil ma’nosida qo‘llaniladi. "Valloxi" demak ham
Ollohga ont ichaman emas, Olloh shohid bo‘lsin deganidir.
Yana arab adabiyotida bir qator muhim mavzularning anglatilishida ilmiy asoslashlar
"qasam"
bilan boshlanadi. Qur’onda
qasam
umuman ilmiy haqiqatlarga namuna ma’nosidadir. Olloh bir amrni
berarkan, yulduzlarning, quyoshning nizomini dalil ko‘rsatish, bu haqiqatlarni bo‘rttirib ko‘rsatish
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |