Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

Endi avval bir yulduzning qazosi yetib qaylargadir botib ketishi, g‘oyib bo‘lishi voqeasini fizika 



ilmining eng yangi kashfiyotlari asosida tadqiq qilaylik. 

Xo‘sh, yulduz qanday o‘ladi? Fizika va astro-fizikaning kosmik tadqiqotlari masalani bugun katta 

miqyoslarda izohlab berdi. U yoki bu yulduzning energiyasi tamom bo‘lgan paytda, avvalo, uning 

molekulalari harakatdan qoladi va usti-ustiga yiqiladi. Shuning orqasida (shu tufayli) yulduz buzilib, 

kichraya boshlaydi, ma’lum bir vaqtdan keyin esa, elektronlar atom mag‘izlarining markaziga yiqiladi. 

Shu tariqa yulduz atom mag‘izlari uyumi holiga keladi. Bu asno yulduz million-million bora kichraygan 

bo‘lsa-da, uning jozibasi va tiqinligi o‘zgarmagan bo‘ladi. Elektronlarning mag‘iziga yiqilishi, ya’ni 

mag‘zga tushganligi boisidan mag‘izdan kvantlar, nur to‘lqinlari taraladi, bu taralish ritmik holdadir va 

bir tomirga o‘xshab uradi. Bu, o‘layotgan yulduzlarning qalbidagi so‘nggi zarbalardirki, har 0,01-0,02 

soniya sayin to‘lqin-to‘lqin chiqayotgan bu nurlar tomir urishi manzarasini eslatgani uchun, ular pulsar 

("puls" so‘zidan) deb ataladi. 

Quyoshimiz kabi benihoya kichik hisoblanuvchi bir yulduzning o‘limi shunday oqibat bilan 

tugaydi. 

Agar yulduz quyoshdan kattaroq bo‘lsa, u buzilgan vaqtida maydonga kelgan neytron uyumidagi 

gravitatsiya shu qadar kuchli bo‘ladiki, boshqa barcha neytronlar unga tob berolmay eriydi, shiddatli 

bir joziba uyumi tashkil topadi. Bu asno moddiy ko‘rinim, kvant sifatida ham, moddaning atom mag‘zi 

sifatida ham yo‘q bo‘lgan, koinotda ko‘p joylarda qora tuynuklar qolgan bo‘ladi. Voqea ro‘y bergan 

nuqtani rus olimlari "yulduz joylari", amerikaliklar "qora tuynuk" deb ataydilar. Xo‘sh, bu tuynukni 

qanday ko‘rish mumkin, u boshqa joylardan qanday farqlanadi? Biz dastavval bu tunukni uning 

yaqinidan o‘tgan har jismni yutib yuborishidan, har narsani so‘rib olishidan bildik. 

Boston universitetining professori Reymo Rovini buni payqadi, doktor Jon Uiller esa uni "qora 

tuynuk" deb atadi. 

Bu voqea fizik ma’noda bir gravitatsion shok (joziba tufayli o‘pirilish)dir. Ayni chog‘da 

Eynshteyning talabalaridan Auben Xelmer va Shneyder koinotdagi muvozanatni o‘zaro bir-biriga 

bog‘liq ikki hodisaga bog‘laydilar: 

1. Termoyadroviy kengayish. 2. Qora tuynuklar. 

Bu tuynuklar atrofidan (yaqinidan) o‘tgan har qanday moddiy borliq - yulduz, nur - yo‘q 

bo‘lmoqda, aql bovar qilmas joziba tomonidan yutilmoqda. Hatto vaqt ham bu nuqta yaqinida 

tezlashadi, unda sur’atlanish yuz beradi, so‘ngra u ham yutilib, yo‘q bo‘ladi. 

Xullas, "Voqea" surasida Olloh bir necha oyati karimada bu haqiqatni namunaga keltirib, dalil 

qilib (qasam) mahsharni ta’riflaydi: 

Botgan yulduzlarning mavqe’lariga kasamki,

 

Va bu, nakadar ulug kasamligini bilsaydinglar



 

Qur’onning bu qadar aniq mo‘jizasi oldida har qanday odam ham jamiki shubha-gumonlardan 

poklanib, unga qo‘shilishi muqarrardir, chunki bu ilm amrdir. "Yulduz joylari" ("bi mavoqi’ un-nujum"), 

ya’ni "qora tuynuklar" borasida mashhur fiziklarning (yuqorida nomlari keltirilgan ilm ahllarining) 

g‘oyat qiziqarli taxminlari bor. Ba’zilari: 

"bu tuynuklar moddiy borliqlarni shiddat bilan so‘rib olib, 

olamning(koinotning) juda uzoq—uzoqlariga zarb bilan irgitadi

, - deydilar. Ba’zilari: 

"Bu tuynuklar 

sathiga kelib qolgan moddiy borliqlar boshqa o‘lchovlarning, boshqa makonlarning ichida 

g‘ayrimoddiy sifatga 

o‘tadilar", - deyishadi. Bu so‘nggi nuqtai nazar Qur’onda amr etilgan ba’zi 

olamlar haqiqatiga yaqinroqdir. 

Oyati karimaning boshqa hikmatlariga kelinsa: 

a) qiyomat kuni, xuddi "yulduz joylari"ning aql bovar qilmas sirlari kabi, sizlarni boshqa makonga 

o‘tkazaman, deyilgan; 

b) o‘lim, biz aytganimizdek, yo'q bo‘lish emas: qarang, yo‘q bo‘lgandek ko‘ringan bir yulduzning 

joyida ham qanchadan - qancha hikmat to‘la boshqa bir hayot sirlari bor. Siz ham o‘ldik deganingizda 

yanada quvvatliroq bir hayotga yuzma—yuz kelajaksiz; 

v) xilqatning, yaratilishning muhim bir siri voqealarning boshlangan yo‘nalishidan orqaga qaytish 




Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish