www.ziyouz.com kutubxonasi
17
uchun
qasam
so‘zini qo‘llaydi. Shunday qilib, bu oyatda ham Olloh sura ichida qiyomat hodisasini
anglatarkan, koinotdagi eng muhim fizik qonunni namuna ma’nosida shohid qilib ko‘rsatadi. Ya’ni
mashhar qanday bo‘lishi mumkin, savoliga avtomatik bir javob sifatida moddiy olamning eng buyuk
fizik qonunini namuna qilib ko‘rsatadi.
Jozibaga va giroskopik harakatning itarish kuchi haqiqatiga
qasamki"
deb buyuradi.
"Falo uqsimu"
so‘zlari bilan bog‘langan
qasam
ta’biri juda katta haqiqatlar uchun qo‘llaniladi.
Oyatning bunday boshlanishi keltirilgan namunaning koinotdagi eng muhim hodisalaridan biri
ekanligini ko‘rsatib turibdi. Va mana endi, fizika ilmi bu sirlarni bugun aynan qabul qilayotir.
Ikki oyati karimada besh kalima ichida bildirilgan bu muhim fizika qonunining o‘tkirligini yana
shu kalimalar ichida ko‘rish mumkin:
a) koinot muvozanatini ko‘rsatuvchi bu ikki muhim voqeadan, ya’ni gravitatsiya va giroskopik
harakatdan muhimrog‘i va aslrog‘i joziba (gravitatsiya)dir. Shu sababli oyat avval
"xunnas
"ni zikr
etadi.
b) Joziba haqiqatini to‘la tushunib yetish mumkin emas. Faqat uning, harakat energiyasining
siltanish (itarish) sirlari -qarshisida bir tushuncha ichida sezilishi kerak bo‘layotir. Oyat avval tamoman
bilinmas bo‘lgan xunnasni zikr etib, so‘ng (moxrak)dagi bu harakatning, ya’ni giroskopik harakatning
ters tushunchasi bo‘lgan gravitatsiyaga yaqinlashib borishimizni ta’minlaydi.
v) Bugun yer yuzining barcha fizik laboratoriyalari gravitatsiyaning sirlarini yechishni istaydi.
Holbuki, Qur’on bu savolning javobini 15 asr avval bergandir.
Xunnas
o‘z burjiga yashiringan, o‘z ichida bir harakat faoliyati bilan aylanayotgan quvvatdir.
Shunday qilib, qimmatli o‘quvchilarim, Qur’onning eng muhim mo‘‘jizaviy hikmatlaridan biri, jild-
jild kitoblar aytolmagan haqiqatlarni o‘z sistemasi ichida bir necha kalima bilan anglata olganligidir.
Qur’onning ilohiy bo‘lishidagi hikmat shunday aniqdir.
Qur’on oyatlari orasida shunday hukmlar borki, ularni hayotga tatbiq qilish qiyin deb o‘ylaymiz.
Holbuki, shunday kunlar keladiki, bu hukmlar bashariyatni boshi berk ko‘chalardan olib chiqajakdir.
Bu oyat bilan arabcha iboralar orasidagi bog‘lanishga yana diqqatingizni tortayin.
16-oyatdagi
"al—javoril"
kalimasi ham muhim tafsir moddasidir: zero,
"al—javoril"
mutlaqo
tayinli bir o‘tish yo‘lida (trassada, yo‘nalishda) takrorlanadigan harakatni bildiradi.
«Kunnas» -
bu,
harakatni ishga soladigan muallifdir. Uzil-kesil giroskopik harakatni bildiradi.15-oyatdagi
"xunnas"
kalimasi
"al-javoril
kalimasiga imoli harakatning tersi, o‘z ichida yashirin, ters harakat demakdir. Bu
esa to‘la-to‘kis ma’noda gravitatsiyani bildiradi.
Falo uqsimu bi’l xunnas.
Al-javoril kunnas.
Shunday qilib, bu hayratli fizik qonunlar majmuasi shu ikkigina "xunnas" va "kunnas" kalimasi
zamirida yashiringandir.
V) Koinotdagi qora tuynuklar (Moddiy olamning eng katta sirlari)
"Voqea"
surasi (56-sura) 75-oyati:
Falo uhsimu bi mavohi’ un—nujum,-
deb boshlanadi.Yuqorida ko‘rganimizdek, bu yerda ham
Olloh katta koinot sirlarini ko‘rsatayotir, ya’ni:
Botgan yulduzlarning joylariga qasamki...
So‘ng oyat juda qiziq jumla bilan davom ettiriladi:
Va innahhu lo qasamu lav ta’lamuna a’zim
(76-oyat)
Ya’ni:
Va bu, naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar...
Bu oyat keltirilgan sura "voqea"ning ma’nosi "mudhish hodisa"dir. Endi yer yuzining man-man
degan fiziklaridan: "Koinotda eng mudhish hodisa nima?" - deb so‘rang, oladigan javobingiz bitta «bu
-qora tuynuklar» bo‘ladi. Qora tuynuklar - bu, qazosi yetib, botib ketgan, g‘oyib bo‘lgan, yo‘qolgan
yulduzlarning joylari, mavqe’laridir. Qur’on mo‘jizasini, bu aql bovar qilmas mo‘jizani ko‘rmayotirsizmi?
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |