Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari.
Xoluq Nurboqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
BESHINCHI BO’LIM
QUR’ONNING TIBBIY MO’JIZALARI
A) Tahorat va g‘uslning sirlari
Hech qanday mubolag‘asiz iddao qilamanki, bir kun kelib hamma (bu kun inonmaganlar ham)
tahorat ola boshlaydi. G’usl-ku (vujudni boshdan-oyoq yuvmoq) qandaydir ma’noda butun dunyoga
yoyildi. Tahorat ham shunday bo‘lajagi shak-shubhasizdir.
Endi tahorat va g‘usl jarayonida tibbiy jihatdan yuz beruvchi hikmatlarni aytib beray, keyin 5-
sura, 6-oyatni ko‘ramiz.
Tahorat va g‘usl natijasida tanda 3 muhim tibbiy mo‘jiza yuz beradi:
a) vujudda birikkan elektronlar chiqarib tashlanadi va ular ta’sirida bo‘layotgan jismoniy
og‘irlashuv yo‘qoladi;
b) umumiy qon aylanishidagi kamchiliklar tuzaladi, qarish sekinlashadi;
v) sog‘liqni saqlash tizimida asosiy negiz hisoblangan limfa (organizmda qon bilan to‘qimalar
o‘rtasida modda almashinuvini ta’minlovchi suyuqlik) aylanishi eng yaxshi saviyada bo‘ladi.
Va bu uch hodisa, asosan, tahorat va g‘usl olinayotganda yuz berishi ochiq-oydin tasdiqlangan.
Endi bu hodisalarni izohlab beray:
a) Vujudning statik-elektrik muvozanati masalasi
Normal vujudning qurilishi negizida elektrning katta ahamiyati bor. Tani sog‘liq ko‘p jihatdan
uning muvozanatiga bog‘liq. Ahvol esa shundayki, havoda elektr kuchlanishlari buzilib turadi, ta’siri
ko‘p bo‘lgan sun’iy tolali kiyimlar kiyamiz, mingan ulovlarimiz, mashinalar ichida o‘tayotgan kunlarimiz
statik-elektrik muvozanatni buzadi va biz uchun jiddiy muammolar yaratadi. Avtodan tusha solib
xonaga kirganda va yo oromkursidan qo‘zg‘alganda kondensator kabi ashyolar ta’sirida ortiqcha
elektronlarga to‘lib ketamiz.
Bular, undan tashqari, chekish ham bizni qaritadi, bizga bemavrid ta’sirlar o‘tkazadi, ayni
chog‘da, juda ko‘p psixozmatik (ruhiy, asabiy) kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu manfiy (salbiy)
natijalarning birdan-bir chorasi tahorat va g‘usldir. Shuning uchun ham tahorat olganlarning yuzlari
nurli bo‘ladi. Ajabo, Olloh, tahorat oling, deb buyurganda shu maqsadni ko‘zlaganmidi, deguvchilar
bo‘lsa, javobimiz tayyor: faqat bu emas, tayammum ham tahoratdan olinadigan foydani ta’minlay
oladi. Agar bunday bo‘lmasa, tayammum amr qilinmagan bo‘lardi. Tahoratdan boxabar bo‘lganlar,
vujudning elektr-statik muvozanati buzuqligini daf qilmoq uchun butun dunyoda akapunktur (nina
bilan davolanish)ga vaqt sarflab, o‘zlarini ilma-teshik qilib o‘tirmasdilar.
b) Sirkulyatsiya masalalari
Sirkulyatsiya - yurakdan to‘qimalarga, to‘qimalardan yurakka ikki taraflama oqim tizimidir.
Ayniqsa, to‘qimalarda bu tizimning ulovi tomirlar qildan ham ingichka naychalar holida ishlab turadi.
Mana shu ingichka kapillyar naylar tizimi, ichki doirada ishga tushmay qolgan oziq-ovqat qoldiqlari
tufayli va boshqa turli sabablar bilan torayib yoki umuman bekilib, to‘qimalar kerakli moddalar bilan
ta’minlanmay qoladi. Mana shu hodisa vujudning bemahal qarishiga asos-sabab bo‘ladi. Bu tarz-
qarish tomirlarning yillar bo‘yi davom etgan shunday hayoti bilan bog‘liqdir. Tomirlar rezinka singari
egiluvchan va cho‘ziluvchan bo‘lib tursa, ishlar osonlashadi, aksincha, torayib-qattiqlashsa, ishlar
orqaga qarab ketadi, yashash og‘irlashib boraveradi.
Bu muammolar amaliy hayotda tahorat va g‘usl orqali hal bo‘ladi. Turli issiqlikdagi suv terimizga
tekkanda bir jihatdan tomirlarning ochilib-yopilish ekzersisi (mashqi trenirovkasi) ko‘payadi, ikkinchi
jihatdan endigina bo‘g‘ilib tiqilib qolgan tomirlar ochilib ketadi.
Vujud to‘qimalarida birikkan ortiqcha moddalar umumiy tsirkulyatsiyaga o‘tadi. Shu tariqa
to‘qimalarda tiriklik g‘irillab ketadi ya’ni jonlanish tetiklanish yuz beradi. Ajabo tahorat shu maqsadda
qilinadimi? Bu savolga ham javobimiz tayyor: chiqit birikmalar asosan qo‘l oyoq va yuzning kapillyar
naychalarida to‘planadi. Tahorat amallari esa sizga ma’lumki shu joylarimizga taalluqlidir.