www.ziyouz.com kutubxonasi
30
OLTINCHI BO’LIM
QUR’ONNING HAR XIL ILMIY MO’JIZALARI
1. KOINOTNING MAXFIY HAQIQATLARI
Ilmning koinot mavzuida yecha olmagan ikki muhim savoli bor:
a) o‘zgaruvchan makonlar va o‘lchovlar;
b) koinotdagi magnit tarangligi.
Tashqi borliqlarning bir butun bo‘lib, bir-biri bilan bog‘liq holda turishi, boshqacha aytganda,
butun borliqning skeleti sirlari o‘lchovlarda yashiringandir. Bu skeletlarni tutib turuvchi so‘ngsiz kuch
magnit tarangligida ko‘rinadi. Hamonki, bu ikki tushuncha biz uchun sirliligini yo‘qotmagan ekan,
koinot haqidagi jamiki ilmlarimiz taxminlardan nariga o‘tolmaydi.
Qur’onda bu mavzularga oid oyatlar juda ko‘p. Men bu bo‘limda tushunish oson bo‘lgan 4
oyatnigina sharhlayman. Ana unda siz bugungi koinot ilmlari Qur’ondan naqadar orqadaligini ko‘rib,
uning mo‘jizalariga hayronlar qolasiz.
A) Cheksiz o‘lchovlar
Ilmda eng qiyin idrok etiladigan mavzu o‘lchovlardir. Yo‘nalishga oid boshlang‘ich o‘lchovlarni
oson idrok etish mumkin. Birinchi o‘lchov uzunlikdir: qarshimizda cho‘zilib yotgan tomon birinchi
o‘lchovdir. Unga tik bo‘lgan ayni tekislikdagi o‘lchov, ya’ni en - ikkinchi o‘lchovdir. Bu tekislikka
yuqoridan quyiga tik bo‘lgan o‘lchov (bo‘y, en, uzunlik) birlikda bir makonni, bir joyni bildiradi. Ammo
ahvol shundayki, ish shu bilan bitmaydi. Agar biz taqvim yoki soat nuqtai nazaridan qarasak, to‘rtinchi
o‘lchovga duch kelamiz. Koinotda bundan boshqa yana bir talay o‘lchovlar bor. Ular nazariy jihatdan
"n" harfi bilan ifodalanadi. Cheksiz o‘lchovlar... Bu o‘lchovlarning bir qanchasi bir joyga jamlansa,
o‘ziga xos makonlar yaratadi.
Moddiy olam esa to‘rt o‘lchovdan yaraluvchi makondir.
Bu asosiy fizikaviy ilmdan so‘ng Qur’onning mo‘jizaviy ta’rifini kuzataylik. ("Saf", 37-sura, 5-
oyat):
Rabb us—samovoti val—arzi va mo baynaxumo va rabbul—mashoriq.
Ya’ni:
U, osmonlar, yer va orasidagilarning Rabbi, kunchiqarlarning ham Rabbidir.
Bu oyatdan chiqadigan birinchi ma’no: kunchiqar (mashoriq) tushunchasi osmonlar, yer va
orasidagilar tushunchasidan farqli ekan. Agar shunday bo‘lmasa edi, oyat faqat: "U osmonlar, yer va
orasidagilarning Rabbi" tarzida bo‘lardi. Lekin oyat borliqlarni ikkiga ayirgan:
1)..osmonlar, yer va orasidagilar;
2) kunchiqarlar.
Bu ayrilish koinot fizikasiga oid chin haqiqatning ifodasidir. Zero, osmon, yer va orasidagilar
Ilohiy kuch tomonidan yaratilgan yaratiqlardir. Kunchiqarlar esa bizning tushunchamizdagi ma’noda
yaratilgan yaratiq vasfiga ega emas, matematik bir sistemadir. Chunki kunchiqarlar bugungi fizika
atamasi bilan aytadigan bo‘lsak, o‘lchovlardir. Olloh bu sharofatli oyatida olamlarda o‘zi yaratgan ikki
farqli sistema haqida gapirgan. Bulardan biri yeru osmon va ular orasidagi fizik borliqlar, ikkinchisi esa
kunchiqarlar (o‘lchovlar) atamasi bilan anglatish mumkin bo‘lgan matematik sistema haqiqatlaridir.
Bunisi bizning tushunchamizda yaratiq (maxluq) bo‘lolmaydi, faqat Haq-Taoloning olqishiga sazovor
bo‘lgan ilohiy iroda tartiblaridir.
Bu oyatdan va boshqa bir qator oyatlardan bilamizki, Olloh borliqlarni va o‘lchovlarni alohida-
alohida yaratgan. Kunchiqarlar (mashoriq) kalimasining tomonlar, yo‘nalishlar, o‘lchovlardan boshqa
ma’nosi yo‘q.
Arabchada ko‘plik, umuman, juda ko‘pni ifoda qiladi. Ma’lum sonlar ko‘plik ifodasi bo‘lmaydi va
ko‘plikda bildirilmaydi. Zotan, osmondan uch o‘lchovli makon bor bo‘lganligidan, bu yerdagi
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |