Yer rentasi
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (
realizatsiya
qilish)ning shaklidir. Yer
rentasining bir qancha tarixiy koʻrinishlari mavjud.
Yer rentasi (nem. Rente — ortga qaytarilgan) — yer egasining oʻz yerini tabiiy resurs tarzida
ijaraga taqsim etganligi uchun oladigan daromadi; bevosita q.x. ishlab chiqaruvchilari tomonidan
yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning yer egalari tomonidan mulk egaligi huquqiga koʻra
oʻzlashtiriladigan qismi. Q.x.da foydalaniladigan yer maydonlari tabiatan cheklanganligi sababli
(inson yer resurslarini koʻpaytirishga qodir emas) barcha yerlar mustaqil tovar ishlab
chiqaruvchilar tomonidan egallab olinadi va yerga xoʻjalik obʼyekti sifatida monopoliya vujudga
keladi. Natijada yer b-n bogʻliq renta munosabatlari paydo boʻladi.
Q.x.da yer egasi foydalanuvchilardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlov oladi, yaʼni yer egasi
(davlat, shirkat, xususiy shaxs) faqat yer egasi boʻlganligi uchun yaratilgan qoʻshimcha
mahsulotning bir qismini ijara haqi koʻrinishida oʻzlashtirib oladi. Davlat oladigan yer soligʻi,
xususiy yer egalari yerdan foydalanganlik uchun undiradigantoʻlovlar Ye.r. hisoblanadi. Ye.r.ning ,
mas, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul soligʻi (mas, xiroj) kabi bir qancha
tarixiy koʻrinishlari bor.
Hoz. davrda Ye.r.ning asosan, differensial renta va absolyut renta koʻrinishlari mavjud. Yer
uchastkalarining tabiiy va iqtisodiy unumdorligi hamda joylashgan oʻrnidagi farqlar natijasida
olinadigan qoʻshimcha sof daromad — differensial renta deyiladi (qarang
Differensial renta
).
Koʻpgina mamlakatlarda sifatidan qatʼi nazar ekin ekiladigan yerning xususiy mulk boʻlishi uni
ijarachilarga foydalanish uchun berishdan muqarrar suratda daromad keltiradi.
Yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga berishi va ulardan yerdan
foydalanganlik uchun toʻlovlar olishi natijasida absolyut Ye.r.si vujudga keladi. Shuningdek,
rentaning yana bir turi — monopol renta ham mavjud. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy
sharoit, baʼzan noyob q.x. mahsulotlari yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday
mahsulotlar monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori boʻlishi koʻpincha toʻlovga qodir
talab darajasi b-n belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual
qiymatidan ancha yuqori boʻlishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkoniyatini
beradi (yana. q.
Renta
).
Risolat Ishmuratova.
[1]
Masalan, uch shakldagi:
barshchina (ishlab berish),
obrok (natural soliq) va
pul soligʻi shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga
qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
absolyut yer rentasi,
differensial (tabaqalashgan) renta I va II,
monopol renta,
qazilma boyliklar,
qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik
tadbirkorlar
oʻrtasida qayta
taqsimlanmaydigan qoʻshimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini
ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xoʻjalik
yuritish uchun yaroqli boʻlgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab boʻlmasligida oʻz
ifodasini topadi. Ikkinchi sababi — yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik obʼekti yoki
xoʻjalik yuritish obʼekti sifatidagi
monopoliyaning
mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa,
koʻp mamlakatlarda
qishloq xoʻjaligidagi
kapital uzviy (organik) tuzilishi, yaʼni doimiy va
oʻzgaruvchi kapital oʻrtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi
va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qoʻshimcha daromad (qiymat)ning bir
qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xoʻjaligida eng muhim
ishlab chiqarish vositasi — yerning miqdori va sifatini tabiatning oʻzi cheklab qoʻygan, uni inson
koʻpaytirishga qodir emas.
Turlari
Shuningdek qarang
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Agrosanoat
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Yer_rentasi&oldid=2002427
"
dan olindi
Manbalar
Manbalar